Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Channel created
💡 Tadqiqotchi muammolari: Biz bu yo’ldan o’tdik, endi sizga yordam berishga tayyormiz!

• Siz magistratura yoki doktorantura talabasimisiz va tadqiqot jarayonida adashib qoldingizmi?
• Yoki chet elda PhD o‘qishni rejalashtiryapsiz-u qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
• Balki universitet bir tonna dars soati berib qo’yib, “qachon maqola chiqarasan” deb joniga tegayotgan o’qituvchidirsiz?

🔍 Hammamiz:
• Tadqiqot metodlari bo‘yicha ishonchli maslahat topishning qiyinligi
• Yaxshi jurnallarda maqola chiqarishdagi murakkabliklar
• Xorijda PhD dasturlariga hujjat topshirish jarayonining chalkashligi
• PhDga o’qishga kirib ham tadqiqot ummonida yo’qolib qolish
kabi muammolarni bilamiz

🎯 Shu sababli biz O‘zbekistonlik tadqiqotchilar hamda magistratura/doktorantura talabalari uchun maxsus platforma yaratmoqdamiz! Sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etamiz:

Xorijdagi nufuzli universitetlarning PhD bitiruvchilaridan tadqiqot usullari bo‘yicha amaliy darslar
Tadqiqot muammolari va chet elda PhDga kirish uchun hujjat topshirish bo‘yicha birga-bir maslahatlar
Peer-review xizmati (sohangizdagi tajribali tadqiqotchi sizning ishingizni tekshirib beradi)
AI (Sun’iy ong) yordamchisi

💬 Shuningdek foydali maslahatlar, resurslar va mutaxassis fikrlari uchun bizni kuzatib boring. Tadqiqot yo’lingizni birgalikda osonlashtiramiz! @phdustoz
🔑 Tadqiqotchilar uchun zarur 10 ta bilim va ko‘nikmalar

Muvaffaqiyatli tadqiqot uchun turli xil qattiq (hard), yumshoq (soft) va texnik ko’nikmalar zarurdir.
Internet ma’lumotlari hamda maqolalar asosida shulardan ba’zilarini sanab o’tamiz:

1️⃣ Fan-soha bo’yicha bilim.
2️⃣ Metodologiya – tadqiqot dizayni, uslublari, ma’lumot yig’ish yo’llarini bilish.
3️⃣ Tahlil – yig’ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, ulardan ma’no chiqara olish.
4️⃣ Til – o’qish, tushunish, yozish.
5️⃣ AKT – turli dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.
6️⃣ Sun’iy ong (AI) ilovalaridan foydalana olish. Faqat tadqiqotga endi kirib kelayotganlar imkon boricha AIdan tiyilganlari ma’qul. Sababi oson vositalar natijasida kerakli ko’nikmalarni chuqurroq o’rgana olmaymiz. Poydevor bo’sh bo’lib qoladi, hamda unga qaram va aqlsizroq bo’lib qolamiz.
7️⃣ Tanqidiy fikrlash – olayotgan bilim va ma’lumotlaringizni savol ostiga olish, tahlil qilib, xulosalar chiqarish.
8️⃣ Vaqtni to’g’ri boshqarish.
9️⃣ Muloqot – jamoa bilan ishlay olish, fikr-loyihalaringizni boshqalarga yetkazib bera olish.
🔟 Ahloq – tadqiqotga ma’suliyat bilan yondashish, qing’ir yo’llardan tiyilish, tadqiqot obekti jonli mavjudotlar (insonlar, hayvonlar) bo’lganda, ularning haqlariga e’tiborli bo’lish.

Siz bu ro’yhatga yana qanday ko’nikmalarni qo’shgan bo’lar edingiz?

💡 Ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Foydali maslahatlar uchun bizni kuzatib boring! @phdustoz
🔍 Tadqiqot falsafalari haqida bilasizmi?

Tadqiqotchilar odatda ikkita asosiy savolga javob izlashadi:
“Nimani tadqiqot qilaman?”
“Qanday tadqiqot qilaman?”

Ammo bundan ham muhim savol – “Nega tadqiqot qilmoqchiman?” bo‘lishi kerak.

Bizning qarashlarimiz, avvalgi tajribalarimiz, fan yo‘nalishimiz, hatto ilmiy rahbar yoki muassasaning yondashuvi tadqiqot jarayoniga kuchli ta’sir qiladi. Ba'zilar buni paradigma (Kuhn), boshqalar esa dunyoqarash (Creswell) deb ataydi.

O‘z tasavvurlarimizni savol ostiga olish chuqurroq tafakkurga yetaklaydi va ko‘proq savollar tug‘diradi. Falsafiy yondashuv tadqiqot strategiyasini aniqlashga hamda metodlarni baholashga yordam beradi.

Quyida eng keng tarqalgan tadqiqot falsafalarining qisqacha tavsifini keltirib o’tamiz:

1️⃣ Postpozitivizm:
Klassik ilm-fan dunyoqarashi bo’lib, tajriba va kuzatishlar (empirik ma’lumot yig’ish) orqali obyektiv haqiqatni aniqlashga intiladi. Gipoteza, sabab-oqibat va nazariyalar tekshiriladi.
2️⃣ Konstruktivizm:
Keyinroq paydo bo’lgan, asosan ijtimoiy fanlarga oid dunyoqarash bo’lib, haqiqat odamlarning individual tajribalari va tushunchalari asosida shakllanadi deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvda suhbatlar, shaxsiy tajribalar, va muhit muhim rol o‘ynaydi. Nazariya va ma’no qoliplari yaratiladi.
3️⃣ Advokatlik/Ishtirok:
So’nggi 50 yillarda paydo bo’lgan, ijtimoiy adolat va siyosiy o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan dunyoqarash. Jamiyatdan uzilgan, huquqlari yetarlicha kafolatlanmagan qatlamlarning holatini yaxshilash maqsadida o’tkaziladigan tadqiqotlarda ularga ham tadqiqot savollari, metodlarini belgilashga imkon beriladi. Ular tadqiqot jarayonida faol rol o‘ynaydi va shu yo’l bilan ovozlari eshitilishiga, jamiyatga-siyosatchilarga yetib borishiga harakat qilinadi.
4️⃣ Pragmatizm:
Natijaga erishish uchun eng samarali usul nima bo‘lsa, shu qo‘llaniladi. Falsafadan ko’ra, haqiqat – maqsadga yetib borish ustun turadi. Natijada tadqiqotchi o’ziga eng qulay metodlardan foydalanishiga yo’l ochiladi.

💡 Sizga qaysi tadqiqot dunyoqarashi mos deb o‘ylaysiz? Fikrlaringiz bilan bo‘lishing! @phdustoz
🔔 Taqriz (Peer-Review) xizmati test rejimida ishga tushmoqda!

Taqriz xizmati nima?

Bu tajribali tadqiqotchilar/mutaxassislar tomonidan ishlaringiz tekshirilib, konstruktiv fikr-mulohaza va tavsiyalar beriladigan jarayondir.

Taqriz xizmatimiz quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:
Ilmiy maqola (research paper)
Tadqiqot rejasi (research proposal)
Insho (essay)
Maqsad va motivatsiya xatlari (Statement of Purpose, Motivation Letter)
Grant rejasi (grant proposal)
Rezyume (CV)
Xorijda PhD dasturlariga ariza topshirish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar

Xizmat qanday ishlaydi?
1️⃣ Formani to‘ldirasiz: Maxsus talablaringiz va hujjat yuboriladigan joy nomini ko‘rsatib, fayllarni yuklaysiz.
2️⃣ Mutaxassis topamiz: Topshirgan ishingiz talablariga mos mutaxassisni topamiz, xizmat narxi va bajarilish muddatini tekshiramiz.
3️⃣ Sizga xabar beramiz: Narx va muddat bo‘yicha ma'lumot berib, sizga ma’qul kelsa, ishni boshlaymiz.

Saytimiz tayyorgarlik jarayonida bo’lgani bois, hozircha ushbu xizmatdan quyidagi forma orqali foydalanishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfmp-rAOMu6IK9atBMcmUdFxMMN_Jc1bqStQau-tygoaf3kJw/viewform?usp=header
Nature jurnalida kirish ochiq bo'lgan maqola chiqarish 12 690 $ ekan. Bu pulga mashina sotib olish mumkin debdi post egasi 😅

Siz bu pulni jurnalga to'larmidingiz?
“Кўпчилик илмий даражага давогарлар хатога йўл қўйишади:

- чексиз маълумот тўплашади.
- чуқур билимларни тўплашади.
- адоқсиз рақамларни йиғишади.

Аксарият рақамларга ботиб кетишади, лекин асл мазмунга умуман эътибор қаратишмайди:

• Рақамлар ва маълумотлар «нима бўлди ёки нима юз берди?» деган саволга жавоб беради
• Билим «бу қандай юз берди?» деган саволга жавоб беради
• Тафаккур «бу нима учун муҳимлигини» очиб беради

Яхши тадқиқотчилар шунчаки маълумот тўплашмайди.
Маълумотлар инсон мартабасини белгиламайди.
Улар тафаккурга ундайди.

Яхши олимлар қуйидаги саволларга жавоб беришади:

• Нима учун бу натижалар муҳим?
• Нима учун бу юз берди?
• Энди нима қилиши керак?

Қисқаси, кейинги тадқиқотингиз учун бир тўп жадваллар эмас, чуқур маъноли саволлар керак.”


Nodirali Normakhamatov sahifalaridan
@phdustoz
PhD Ustoz
100 rules for a successful PhD thesis.pdf
🎓 Doktorantura (PhD) yo’lingizni oson bosib o’tish uchun 100 ta qoida:

📚 Umumiy maslahatlar:
1. Doktoranturada o‘qishdan zavq oling
2. Turli fikrlarga ochiq bo’ling
3. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiring
4. O‘zingizga ishoning
5. Qat’iyatli, tirishqoq va sabrli bo‘ling
6. Bardoshli bo‘ling
7. Yuksalish va tushkunlikda o’zingizni qo’lga oling
8. E’tiborni jamlang
9. Intizomli bo‘ling
10. Ishlarga tizimli yondashing
11. O‘z falsafangizni anglang
12. Ko‘p dars bermang yoki baholashga ko’p vaqt ajratmang
13. Yordam izlang
14. Adabiyotlarni o‘rganing
15. Tadqiqotingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling
16. Universitetdagi boshqa doktorantlar bilan suhbatlashing
17. Birga o‘qishga sherik toping
18. Boshqalardan o‘rganing
19. Bitirish muhimligini tushuning

🎯 Ilmiy rahbar topish:
20. Doktorantlar uchun yaxshi qo‘llov tizimiga ega universitetni tanlang
21. Tanlagan sohangiz bo‘yicha tajribasi bor universitetni tanlang
22. Ilmiy faol ustozni tanlang
23. Tadqiqotga doir qiziqishlaringiz o‘xshash ilmiy rahbarni tanlang
24. Siz til topishib keta oladigan ilmiy rahbarni tanlang
25. O’qishga kirishdan avval ilmiy rahbar bilan ishlab ko’ring
26. Ilmiy rahbar bilan yaxshi munosabatlarda bo’ling
27. Ilmiy rahbarning universitetda qolishiga ishonch hosil qiling
28. Ilmiy rahbaringizni avvalgi talabalaridan surishtiring
29. Ilmiy rahbarning rolini tushuning

Siz yana qanday jihatlar muhim deb o’ylaysiz?
Yuqoridagi maslahatlarning tarjimasi qiziq bo’lsa, keyingi postlarda ulashamiz. @phdustoz
🚀 Ijtimoiy tadqiqotlar uchun dasturlash asoslari (Computational Social Science) bo’yicha kurslar!

🌍 Dunyoning 20 dan ziyod shaharlaridan birida ushbu kurslarni o’qish mumkin.

📌 Olinadigan bilimlar:
Ma’lumotlar ilmi va ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha bilimlar
Python, R, machine learning, big data va tarmoq tahlili bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
Dunyo bo‘ylab yetakchi olimlar va tadqiqotchilar bilan networking imkoniyati
Grant asosida bepul qatnashish imkoniyati (lekin yo’lkira va yashashga to’lash kerak)

Kimlar uchun mo‘ljallangan?
• Doktorantura talabalari
• Ilmiy faoliyatini yangi boshlagan tadqiqotchilar
• Ijtimoiy fanlar va ma'lumotlar tahliliga qiziquvchi magistratura talabalari

📅 Onlayn shaklda istalgan payt videolarni ko’rib o’rganish mumkin: https://sicss.io/overview
📅 Offline shaklda ariza topshirish muddatlari va kurs sanalari shaharga qarab farq qiladi: https://sicss.io/locations

👇 O’zbek tilida ham shunday kurslar bo’lishini istarmidingiz? @phdustoz
Forwarded from Muratov universiteti
2 kun oldin Koreyalik prorektorimiz bilan ilmiy tadqiqotlar bo’yicha gaplashganimizda, Koreyada bu bo’yicha alohida jamg’arma borligini, hamda mamlakatda ilm-fan rivojlanishida bu jamg’armaning o’rni katta bo’lgani aytgan edilar. 1-2 yil oldin shu g’oyani bizdagi vazirlik odamalariga ham aytgan ekanlar.

Qiziq tomoni bugungi xabarlarda aynan shu haqida yangilik tarqaldi. Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilayotgan ekan. Uning vazifalari:

• muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
• tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;
• ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.

Bo’lajak tadqiqotchilar ushbu grantlarni olish uchun qalamlarini (bilimlarini) o’tkirlab turishsa bo’ladi.
Tadqiqot bo'shlig'i (research gap)

Ilmiy ish qilishda mavzuning dolzarbligini isbotlash uchun uning noyobligini – qaysidir jihatdan yetarlicha tadqiqot qilinmaganligini, mavzuga doir adabiyotlarda bo’shliq borligini ko’rsatib berishimiz kerak.

🔍 Tadqiqot bo'shlig'i (yoki bilim bo'shlig'i, dalillar yetishmovchiligi) - bu muayyan ilmiy savolga javob topish uchun yetarli ma'lumotning yo'qligi yoki kamligidir. Bu tushuncha bizga qaysi yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borish kerakligini ko'rsatadi.

📖 Tadqiqot bo'shliqlari turlari:

🧪 Daliliy bo'shliqlar: Yangi tadqiqot natijalari avvalgi keng tan olingan ilmiy xulosalarga zid bo'lgan holatdir.
📚 Bilim bo'shliqlari: Mavjud adabiyotlarda tadqiqot savoliga javob yo’qligi.
⚙️ Amaliy bilim bo'shliqlari: Ilmiy tadqiqot natijalari va real amaliyot o'rtasidagi tafovut holatidir.
🔬 Metodologik bo'shliqlar: Tadqiqot metodlari o'rtasidagi farqlar, metodlarning natijalarga ta’siri yoki ma'lum bir yo’nalishda tadqiqot metodlarining yetishmasligi.
📊 Empirik bo'shliqlar: Mavzu ilmiy adabiyotlarda ilgari empirik tarzda o'rganilmagan holat.
🧩 Nazariy bo'shliqlar: Tadqiqotlar faqat bitta nazariya asosida olib borilgan yoki ma’lum nazariyadan boshqalariga qaraganda ko’proq foydalanilgan.
🌍 Aholi bilan bog’liq bo'shliqlar: Muayyan aholi qatlamining (millat, iqtisodiy holat, yosh) tadqiqotlarda yetarlicha o'rganilmaganligi.

🎓 Ilmiy ishingiz qanday bo’shliqlarni to’ldiryapti? @phdustoz
ChatGPT yordamida yozma ishni tahrir qilish 🔧

Sun’iy ong (AI) noldan yaratgan matndan foydalanish nomaqbul ish sanaladi. Lekin ingliz tilida o’zingiz yozgan ishning lingvistik xato-kamchiliklarini AI yordamida tahrirlashingiz mumkin. Huddi ingliz tili o’qituvchisiga tekshirtirgan kabi! 🔍

Buni quyidagicha amalga oshirasiz:

1. ✏️ Maqolani yozing: Avvalo, maqola yoki matnni o'zingiz yozib tugating.
2. 💻 ChatGPTga buyruq bering: Tayyor bo’lgan ishni ChatGPTga quyidagi buyruq bilan berasiz:
"Please remove redundant words and phrases from the following passage and make it coherent, cohesive, and academic."
3. ♻️ Natijani tahrir qiling: ChatGPT tekshirgan matnni shundayligicha topshirib yubormang. Uni qayta ko'rib chiqib, tahrir qiling, va ba’zi o’zgartirishlarni kiriting.

📚 Ingliz tilida yozma ishingizni yaxshilash uchun siz qanday buyruqlardan foydalanasiz? @phdustoz
🆓 Ilmiy ishlarni bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan 40 ta sayt

📖Quyidagi 40 ta platformadan siz ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va nashr arafasidagi ishlarni bepul yuklab olishingiz mumkin:

1. Sci-Hub – sci-hub.se
2. ResearchGate – researchgate.net
3. Academia.eduacademia.edu
4. CORE – core.ac.uk
5. Semantic Scholar – semanticscholar.org
6. PubMed Central – ncbi.nlm.nih.gov/pmc
7. arXiv – arxiv.org
8. SSRN – ssrn.com
9. JSTOR (Free Access) – jstor.org
10. SpringerOpen – springeropen.com
11. DOAJ (Directory of Open Access Journals) – doaj.org
12. EThOS (British Library Theses Service) – ethos.bl.uk
13. Unpaywall – unpaywall.org
14. ScienceOpen – scienceopen.com
15. OpenAIRE – openaire.eu
16. OSF Preprints – osf.io/preprints
17. PaperPanda – paperpanda.app
18. Bielefeld Academic Search Engine (BASE) – base-search.net
19. ERIC (Education Resources Information Center) – eric.ed.gov
20. Citationsy Archives – citationsy.com/archives
21. DeepDyve – deepdyve.com
22. PLOS (Public Library of Science) – plos.org
23. Zenodo – zenodo.org
24. bioRxiv & medRxiv – biorxiv.org | medrxiv.org
25. PsyArXiv – psyarxiv.com
26. PhilPapers+ – philpapers.org
27. HAL Archives – hal.archives-ouvertes.fr
28. Redalyc – redalyc.org
29. SciELO (Scientific Electronic Library Online) – scielo.org
30. WorldWideScience – worldwidescience.org
31. Research4Life – research4life.org
32. Hindawi Publishing – hindawi.com
33. MDPI Open Access – mdpi.com
34. Cambridge Open Engage – cambridge.org/engage
35. Wiley Open Access – wileyopenaccess.com
36. Nature Communications – nature.com/ncomms
37. EBSCO Open Dissertations – opendissertations.com
38. OATD (Open Access Theses & Dissertations) – oatd.org
39. Digital Commons Network – network.bepress.com
40. Internet Archive (Scholar Section) – archive.org/details/scholar

📌Agar maqolaga hech yetib bora olmasangiz, maqola muallif(lar)iga behijolat yozib ko’rsangiz bo’ladi. Odatda tadqiqotchilar o’z ishlarini mamnunlik bilan ulashadilar.
🖋 Yozuvchi bloki (Writer’s Block)

Maktabdan eslaymiz, insho yozish kerak bo’lganda o’zimiz yoki do’stlarimiz “hech boshlay olmayapman”, “bir boshlab olsang o’zi ketadi” degan gaplarni aytar edik. Hozir ham yirik va jiddiy matnlarni yozishda shunday muammoga duch kelamiz.

Fanda buni yozuvchi bloki (yoki ijodiy inqiroz) deb atashar ekan.
Yozuvchi yoki tadqiqotchilar matn yozish jarayonida o‘z fikrlarini qog’ozga tushurishda qiyinchilikka duch kelishadi. Ushbu to‘siq vaqtinchalik bo‘lishi yoki uzoq vaqt davom etishi mumkin.

📖 Sabablari:
1. Perfeksionizm: Yozuvchi har bir jumlani mukammal qilishga intiladi va shu sabab ishni boshlash yoki davom ettirishdan qo‘rqadi.
2. Qo‘rquv va ishonchsizlik: O‘z fikrlarining boshqalar tomonidan qanday qabul qilinishidan qo‘rqish yozuvchilar uchun keng tarqalgan muammo.
3. Motivatsiya yetishmasligi: Ichki yoki tashqi motivatsiya yo‘qligi ijod jarayonini sekinlashtiradi.
4. Charchoq va stress: Jismoniy yoki ruhiy charchoq ijodiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Tashkiliy muammolar: Yozish jarayonini rejalashtirishdagi qiyinchiliklar.

🛠 Ushbu to‘siqni yengish bo‘yicha tavsiyalar:
Muhit ta’siri: ishlashga qulay, chalg’itmaydigan muhit bo’lishi muhimdir.
Reja tuzing: Yozuv jarayonini bosqichma-bosqich rejalashtiring.
Ishni kichik bo’laklarga bo’lib oling: Faqat bir necha jumla yoki paragraf yozishni maqsad qiling.
Erkin yozish mashqlari: Mavzudan tashqari erkin yozish orqali fikrlarni erkin ifoda qilishni o‘rganing.
Boshqa manbalarni o‘qing: Fikr va ilhom olish uchun turli maqola va kitoblarni ko’ring.
Ruhiy holatingizga e’tibor bering: Dam olib ishlang, o’zingizga dalda bering, boshqa ishlarga chalg’ib keyin yana asosiy ishga qaytib ko’ring.

Qo’shimcha tavsiya: Ilhom kelib, kundalik ritmga tushib olganda, vaziyatdan maksimal foydalanish kerak. Orada dam olish kunlari yoki bayramlar bo’lib qolganda ham, imkon darajasida shu ritmni ushlab turishga harakat qilinsa, ish tezroq bitadi. Qaytadan miyani safarbar qilishga ehtiyoj qolmaydi.

✍️ Unutmang! Bu ijodiy jarayonning tabiiy qismi. Muhimi — sabr bilan harakat qilib, to’xtab qolmaslik. 😊

Siz qanday qilib yozuvchi blokini yengib o’tasiz? Do'stlaringizga ham ulashing: @phdustoz
2025/02/19 10:34:30
Back to Top
HTML Embed Code: