Telegram Web
#jonli_efir

Bugungi jonli efirda Jahongir Tursunboyev va uning tanqidiy fikrlash bo'yicha Respublikada eng yuqori natija ko'rsatgan o'quvchisi Olimboyeva Farzona, hamda Jizzaxni Respublikada birinchi o'ringa olib chiqqan "EDU HILOL" markazi ustozi Abror Yo'ldoshevlar ishtirok etishdi:

Asosiy xulosalar va tavsiyalar:
- tanqidiy fikrlash darslarini ertaroq boshlash. Jahongir ustoz: "Men dekabrda tanqidiy fikrlash mavzularini o'tib bo'laman va keyinroq o'quvchilarga takrorlash qilaman"

- O'quvchilar ustozlari bergan vazifalarni mas'uliyat bilan bajarishi va qo'shimcha testlarni ham yechishi kerak.

- O'quvchilar bilan ota-onalar ko'proq muloqot qilishi, kitoblar o'qitishi va tushunganlarini so'zlab berishini so'rashi lozim.

- Keng qo'llanilayotgan manbalar: Siz lidersiz kitoblari, yosh iqtidor egalari va PMTESTS materiallari bo'lmoqda.

- Ustozlar formulalarning noto'g'ri bo'lib qoladigan qismlariga ko'proq urg'u berishi, inkor jumlalar ustida ishlashi va vaqtni to'g'ri taqsimlashni o'quvchilariga o'rgatishi kerak.

- Imtihonda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan testlarni turli shakllarda berib o'quvchilarni ko'proq sinash tavsiya etildi.

👉👉 @pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardorning 60 ta daftari bor edi. U daftarlarining uchdan bir qismini ukasiga, qolgan daftarlarining chorak qismini opasiga va qolgan daftarlarining beshdan bir qismini sinfdoshiga berdi. Hozir sardorda nechta daftar qoldi?
Anonymous Quiz
14%
13
24%
15
17%
23
33%
24
11%
25
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#latifa
#ovchi_markazlar

– Rostdan ham farzandingiz juda iqtidorli va kuchli bilimga ega ekan, katta ehtimol bilan prezident maktabiga kirib ketadi. Farzandingiz eng yaxshi O'quv markazida tayyorlanishga loyiq!

– Rahmat. Eng yaxshi O'quv markazi qayerda?

– Siz hozir o'sha joyda turibsiz😊

Tayyor o'quvchilarni ovlashdan ko'ra, o'zidagi o'quvchilarga mukammal ta'lim berish jamiyat uchun foydaliroqdir.

👉👉 www.tgoop.com/pmtests
#kun_savoli_05_02_2025

Bir nechta kublar o’zaro hech bo’lmaganda bitta uchi bir-biriga tegadigan qilib fazoda joylashtirildi. Uni oldindan, yon tomondan va yuqoridan ko’rinishi bir xil rasmdagi kabi bo'ldi.

Bu yerda eng kamida nechta kub bo’lishi mumkin?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin1 ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan Bitta 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 www.tgoop.com/pmtests
#kun_savoli_javobi

Markazda bitta kub bo'ladi va uning diagonal qarama-qarshi uchlari bo'ylab videodagi kabi joylashtirish kerak bo'lgan.

Javob 5 ta.

Faqat bu javobni yuborgan ko'pchilik o'quvchilar noto'g'ri joylashtirgan.

Eng to'g'riroq javob egasi:
🥇 Usmonaliyev Diyorbek

Barcha javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
22-tanqidiy fikrlash testi videotahlili

Ushbu videoda 2022-yilda Prezident maktabi asosiy imtihonida tushgan "Tanqidiy fikrlash" savollarini qanday yechish tushuntirilgan.


Tanqidiy fikrlash fanidan bilimini yanada oshirmoqchi bo'lganlar uchun 6-fevraldan Maxsus kurs boshlanadi. Kurs narxi 6-fevralgacha chegirma bilan 250ming 190ming so’m.

Kurs darslari yopiq kanalda seshanba, payshanba va shanba kunlari 20:30-21:30 oraligida Zoom ilovasida bo'lib o’tadi.

A’zo bo’lish uchun:
@pmtests_admin
@pmtests_admin1 ga murojaat qiling.
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 44-online test bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 44-online test bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Tanqidiy fikrlash - COMPLEX” nomli 1 oylik kursni boshlaymiz.

Kursdan asosiy maqsad o’quvchilarni prezident maktabi imtihonida tanqidiy fikrlashdan yuqori natijaga olib chiqish ko’zlangan.

Darslar sesh-pay-shan kunlari kechki 20:30-21:30 da bo’ladi.

Kursga a’zo bo’lish uchun berilgan 250ming 190ming chegirma dars boshlanguncha amal qiladi.

Chegirmada a’zo bo’lish uchun:
@pmtests_admin
@pmtests_admin1 ga murojaat qiling
Mahsulotni bir martada yetkazib berish uchun 5ta katta va 2ta kichik mashina yoki 3ta katta va 8ta kichik mashina kerak. Agar kompaniyada 1ta katta va 3ta kichik mashina boʻlsa, mahsulotni bir martada joʻnatish uchun yana nechta kichik mashina kerak?
Anonymous Quiz
19%
8
20%
9
33%
11
18%
12
10%
13
#kun_savoli_06_02_2025

Ikki turdagi kichikroq va kattaroq kvadratlar mavjud. Kattaroq kvadratlarning to'rttasi kichikroq kvadrat atrofida 1-rasmdagi kabi joylashtirilsa umumiy perimetri 168 cm bo'lgan shakl hosil bo'ladi. Kichikroq kvadratlardan to'rttasi kattaroq kvadrat atrofida 2-rasmdagi kabi joylashtirilsa umumiy perimetri 156 cm bo'lgan shakl hosil bo'ladi.

Agar to'rtta katta va ikkita kichik kvadrat 3-rasmdagi kabi joylashtirilsa, shaklning umumiy perimetri qanday bo'ladi?

Javobingizni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin1 ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi. Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi.

‼️Ham yozma, ham videoyechimni 1-bo'lib yuborgan Bitta 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 www.tgoop.com/pmtests
⚡️ Kun savoli javobi ertaga e'lon qilinadi‼️
Forwarded from Pmtests_admin1
#kun_savoli_javobi

Ma'lumki, to'g'ri to'rtburchakning uchlari kesilishidan hosil bo'lgan shaklning perimetri to'rtburchakning dastlabki perimetriga teng bo'ladi.

1-shakning perimetri tomoni 2a+b bo'lgan kvadrat perimetri bilan, 2-shaklning perimetri esa tomoni a+2b bo'lgan kvadratning perimetri bilan bir xil bo'ladi.
Bundan 2a+b=168:4 va a+2b=156:4 yoki
2a+b=42 va a+2b=39 tenglamalar sistemasini tuzishimiz va a=15; b=12 ni topishimiz mumkin.

Demak, 3-shaklning perimetri tomonlari 15+2×12=39 va 3×15=45 bo'lgan to'g'ri to'rtburchak perimetri bilan bir xil bo'ladi.
P=(39+45)×2=168 cm bo'ladi.

Javob: 168 cm

Kun savolimizga dastlabki to’g’ri javob yuborgan o’quvchilar quyidagilar bo’ldi:
🥇 Xolbekov Xushnudbek
🥈 Muxtorov Hasanxon
🥉 Akbarova Xadichaxon

Barcha javob yuborgan o’quvchilarga rahmat.

‼️ Birinchi to’g’ri javob yuborgan o’quvchiga KYO-2025 savol-javobida qatnashish imkoniyati beriladi.

T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/05/13 10:29:28
Back to Top
HTML Embed Code: