Telegram Web
PIYODALARNING XAVFSIZLIGI TA’MINLANMOQDA

Piyodalarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar viloyatimizda jadallik bilan olib borilayapti. Ayniqsa, maktablar atrofida “qavariq” piyodalar oʻtish joyi tashkil etilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad avtomobil yoʻlida voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hisoblanadi. Shuningdek, viloyat IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya-montaj boʻlimi xodimlari tomonidan avtomobil yoʻllarida koʻrinishi yomonlashgan, yaroqsiz holga kelib qolgan yoʻl belgilari yangisiga almashtirilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
НАЗОРАТДАГИ ШАХСЛАР ЭЪТИБОРДА

Яккабоғ тумани ИИБда пробация гуруҳи ҳисобида турувчи шахслар билан туман прокурори ҳамда бўлим бошлиғи иштирокида учрашув бўлиб ўтди.
Учрашувда назорат остидаги шасларга “Пробация тўғрисида”ги қонуни мазмун-моҳияти ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорида белгиланган имтиёзлар ҳақида тушунчалар берилди. Шунингдек, назорат остидаги шахсларга қайта жиноят содир этмаслик, суд томонидан белгиланган чекловларга амал қилиш зарурлиги тушунтирилди. Сўнгра назорат остидаги шахсларнинг муаммолари ва мурожаатлари тингланиб, ҳал этиш чоралари кўрилди.
Якунда туман Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими билан ИИБ пробация гуруҳи ҳамкорлигида бўш иш ўринлари ярмаркаси ташкил этилди. Унда 4 нафар шахсга ишга жойлашиши учун йўлланмалар берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.

👉 @postdarasmiy
Xavfsiz muhit yaratiladi

To‘raqo‘rg‘on tumani "Isvaxon" mahallasida umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalariga zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga xavfsizlikni taʼminlash maqsadida zamonaviy elektron qulf tizimlari joriy etilmoqda.
Tuman prokurori va IIB boshlig‘i tomonidan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda hududda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha hamkorlik rejasi ishlab chiqilib, tegishli vazifalar belgilandi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
👉 @postdarasmiy
Мен ёқтирган об-ҳаво

Шаҳар айланиб юрган йўловчи бир қариядан сўрабди:
– Мабодо билмайсизми, бугун об-ҳаво қандай бўлади?
Кекса киши унга жавоб қилибди.
– Табиийки, мен ёқтирган ҳаво.
– Айнан сиз яхши кўргандек бўлишини қаердан биласиз?
– Ҳар доим ҳам барча истаклар амалга ошиши имконсиз эканини англаб етганимдан сўнг ҳамма нарсани яхши кўришни, ҳамма нарсага ижобий тарафдан боқишни ўргандим. Айнан шу сабабдан бугун мен ёқтирган об-ҳаво бўлишига ишончим комил.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sen buni zo'r deb o'ylaysanmi? #11
———
Сен буни зўр деб ўйлайсанми? #11
———
Ты думаешь это круто? #11
———
You think it's cool? #11

👉 @postdarasmiy
Қашқадарёда тарғибот автокарвони йўл ҳаракати хавфсизлигига эътибор қаратмоқда

👉 @postdarasmiy
XIZMAT JOYLARIGA YO'L OLISHDI

Kuni kecha IIV Malaka oshirish institutida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining tantanali bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.
Unda so'z olganlar sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy fazilatlar va yetuk salohiyatga ega kadrlar bilan ta'minlash borasida mazkur ta'lim dargohi tomonidan ham ko'plab sa'y-harakatlar amalga oshirilayotgani va buning uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi haqida ta'kidlashdi.
Haqiqiy vatanparvarlik ruhida o'tgan ushbu tadbir ona yurtimizni madh etuvchi qo'shiq va bitiruvchilarning tantanavor marshi bilan yakunlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
TERGOV HIBSXONASIDA SAYYOR QABUL

IIV JIED Oltinchi mintaqaviy hudud 4-sonli Tergov hibsxonasida sayyor qabul otkazildi. Unda muassasada saqlanayotgan xotin-qizlarning mavjud muammolari sohalar kesimida birma-bir organildi. Yakunda bildirilgan murojaatlar, mazkur toifa xotin-qizlarning yashash sharoitini yaxshilash hamda oila aʼzolari bilan bog‘liq murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
X.TOYIROVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Ibrat

Kunlarning birida kirakashga shahardagi mashhur millionerlardan birini qayergadir olib borishga to‘g‘ri keldi. Haligi millioner mashinadagi hisob-kitob uskunasiga qarab oz ham emas, ko‘p ham emas, aniq ko‘rsatilgan qiymatga yarasha haq to‘ladi.
Shunda kirakash so‘radi:
— Kecha o‘g‘lingizni olib kelib qo‘ygandim. U menga choychaqa sifatida 100 dollar bergandi. Siz bo‘lsangiz tiyin-tiyingacha hisob-kitob qilib o‘tiribsiz.
— Nima ham deya olishim mumkin. O‘g‘limning millioner otasi bor, men esa yetimman.
Qissadan hissa. Peshona teri bilan mehnat qilgan odamgina pulning qadrini biladi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2025/04/01 01:01:15

❌Photos not found?❌Click here to update cache.


Back to Top
HTML Embed Code: