Telegram Web
PSIXOLOG PROFI | psixolog Akobr Abdullayev| RASMIY KANAL
https://youtube.com/shorts/14opeTcTEA8?si=Yc66Z9-MgO9w4gva
Shukronalikning Kuchini His Qilamiz!

Bugungi kunda shukronalik haqida ko‘p gapiramiz, lekin uning aslida bizning hayotimizga qanday ta’sir qilishini ko‘pimiz anglay olmaymiz. Shukronalik – bu oddiygina "rahmat" aytish emas, balki hayotimizdagi har bir kichik narsaning qiymatini his qilishdir. Bu odatiy narsalarni ham bayramga aylantiradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam shukronalik qilish insonni baxtliroq, xotirjamroq, va ruhiy jihatdan sog‘lomroq qiladi. Har kuni kichik bir narsaga ham shukur qilish – bu qalbingizdagi tinchlikni oshirib, negativ o‘y-fikrlardan xalos bo‘lishingizga yordam beradi.

Shukronalikni amalda qanday qilish mumkin? Har kuni ertalab yoki kechqurun kamida uchta narsani yozing: bugun sizni nimaga shukur qilishga undadi? Bu sizning kayfiyatingizni ko‘tarish va dunyoqarashingizni o‘zgartirishning oddiy, lekin kuchli yo‘li.

Shukronalik – bu eng qimmatbaho sovg‘a, u hamma uchun mavjud va undan cheksiz foydalanish mumkin! Bugun siz ham bu kuchli amaliyotni hayotingizga kiriting va farqni his eting! #Shukronalik #Minnatdorchilik #Baxt



@sportpsixologuz
Instagram ▶️Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Stressdan Sog'lom Yo‘llar Bilan Chiqish: Nima Uchun Muhim?

Bugungi tezkor hayot tarzi ko‘pincha stressni keltirib chiqaradi. Ammo uni sog‘lom usullar bilan boshqarish ruhiy va jismoniy sog‘lig‘imiz uchun juda muhim! Stress bilan samarasiz kurashish, masalan, zararli odatlar yoki cheklovchi fikrlar, faqatgina vaziyatni yomonlashtiradi. Ammo quyidagi sog‘lom usullarni tanlasangiz, o‘zingizni yengil va kuchli his qilasiz:

1. Fizik Faollik: Sport yoki oddiygina sayr qilish stressni kamaytiradi va endorfinlarni ko‘paytiradi.


2. Meditatsiya va Nafas Mashqlari: Ongni tinchlantirib, o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradi.


3. Sog‘lom Uyqu: To‘yib uxlash organizmni tiklaydi va stress darajasini pasaytiradi.


4. Do‘stlar bilan Suhbatlashish: O‘zingizni yolg‘iz his qilmasligingizga yordam beradi.


5. Yangi Mashg‘ulotlarni Sinab Ko‘rish: Stressni unutish va o‘z-o‘zingizni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat!

Unutmang, stress - hayotning bir qismi, lekin u bilan sog‘lom yo‘llar bilan kurashish qo‘lingizda!
PSIXOLOG PROFI | psixolog Akobr Abdullayev| RASMIY KANAL
Video
Gajetlarga qaramlik bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri. Qisqa dam olish yoki bo'sh vaqtni unumli o'tkazish o'rniga ko'pchilik telefon yoki boshqa qurilmalarga sho'ng'iydi. Ushbu qaramlik sog'liqka va ruhiy holatga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin:

1. Ko'rish qobiliyatiga zarar: Uzoq vaqt ekran oldida o'tirish ko'zning charchashi va quruqligiga olib keladi.


2. Uyqu buzilishlari: Gajetlardan ko'p foydalanish uyqu sifatini pasaytirib, uyqusizlikka sabab bo'lishi mumkin.


3. Ruhiy tushkunlik va stress: Doimiy xabardorlik va ijtimoiy tarmoqlardagi mukammallik bilan solishtirish stress va o'zini past baholashga olib kelishi mumkin.


4. Fokus va konsentratsiyaning kamayishi: Biror ishga to'liq diqqatni qaratish qiyinlashib, unumdorlik pasayadi.


5. Ijtimoiy muloqotga salbiy ta'sir: Haqiqiy hayotdagi aloqalar zaiflashib, odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish qiyinlashadi.



Gajetlardan oqilona foydalanishni o'rganing, cheklangan vaqt ajrating va hayotingizning boshqa jihatlariga ham e'tibor qarating. Texnologiya hayotni yengillashtiradi, ammo u qaramlikka aylanganda zararli bo'lishi mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi navbat haydovchilarga🚌 jamoat transporti haydovchilari uchun psixologik treninglar/malaka oshirish darslarini boshladik... Alloh manfaatli qilsin va xayrli bo'lsin🤲

Jamoat transporti haydovchilari uchun psixologik bilimlar juda katta zarurat, albatta buni "pik" payti bir marta avtobusga chiqib korgan odam tushunadi... Uni ustiga tirbantliklar ko'payib, yo'llardagi stresslar oshib borayotgan davrda... #transportpsixologiyasi #malakaoshirish #trening #sportpsixologuz #psixologabdullayev #toshshahartransxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
U17 volleybol bo'yicha milliy terma jamoa bilan ishlab boshladik🇺🇿 #katta_marralar_sari
Muhim post!

Men maksimal darajada axborotlardan miyamni asrayman va chetlashaman. Shunga ko'ra yangiliklarni o'qimayman va podkast eshitmayman. Lekin bugun tasodif tufayli bir podkastni eshitib umuman boshqa holatga tushib qoldim.

Bu odamni hamma taniydi. Shaxsan men uni umuman kuzatmayman. Shunchaki yoshlarni ortidan ergashtira olayotgan, lider inson sifatida qarayman. Ammo bu podkastni qayta qayta ko'rishim va amal qilishim kerak ekan. Siz ham shunday qilishga harakat qiling, podkast ko'rdingizmi, sizga yoqdimi, endi unga to'liq amal qilmaguningizcha boshqa yangi podkast tomosha qilmay turing. Ana shundagina sizga ko'rganingiz foyda bergan bo'ladi. Aksincha amal qilmasangiz u sizning zararingizga ishlaydi...

Quyida podkastni ilova qilaman👇
https://youtu.be/0QJDJpMVYyE?si=w1BW1z7Fo4hlzPHW
2025/06/26 18:06:03
Back to Top
HTML Embed Code: