Qarshi shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Normo‘min Xolboyevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida shahar aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolar tinglanib, ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan jami 25 ta murojaat bildirildi. Ular asosan sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, kredit olish, ish bilan ta’minlash, yo‘l ta’miri, bola puli ajratilishi hamda kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
Murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 9 nafar murojaatchiga qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilgani sababli mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

"Xalqqa yordam — oliy qadriyat" shiori ostida kouching tadbiri o‘tkazildi
Qarshi shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Xalqqa yordam — oliy qadriyat” shiori ostida navbatdagi kouching tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, jumladan:
🔹 bolalar nafaqasini tayinlash,
🔹 “G‘amxo‘rlik” guruhi tarbiyalanuvchilarini qabul qilish,
🔹 psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyati,
🔹 inklyuziv ta’lim imkoniyatlari,
🔹 protez va ortopediya moslamalari, reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash tartiblari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, psixolog tomonidan fuqarolar hamda markaz xodimlari o‘rtasida iliq va samimiy muhitni shakllantirishga qaratilgan amaliy psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi hamda kouching bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.