Telegram Web
Qarshi shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda

Bugun, shuningdek viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydon hamda Navro‘z xiyobonida ham obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qarshi shahar hokimi rahbarligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi!

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari hamda tegishli shahar tashkilotlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda mahalla yettiligi oldiga qo‘yilgan vazifalar, hududlarni obodonlashtirish, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida ishlash tartibi muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofini ozoda saqlash, chiqindi tashish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida undirish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бокуда тантанали кутиб олинди.

Главу нашего государства торжественно встретили в Баку.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qarshida “Chiqindisiz shahar” shiori ostida nazorat reydlari davom etmoqda

Bugun, shahar hududida Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya hamda Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat reydi davomida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan 6 nafar fuqaro aniqlanib, huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91−1-moddasi 1-qismi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanmoqda!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni (“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Hurmatli fuqarolar!
Siz subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali:
🔗 https://my.gov.uz/oz/service/325
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi murojaatlari asosida amaliy ishlar boshlandi

Qarshi shahri hokimi qabulida bo‘lgan Aralovul mahallasi aholisi vakillari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va ko‘chaga shag‘al yotqizish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan edi. Mazkur hududda yangi uylar qurilib, aholi yaqinda ko‘chib o‘tgani bois, ko‘chalar hali shag‘allashtirilmagan edi.

Aholining murojaatidan so‘ng hokim topshirig‘iga asosan yo‘lni tekislash va shag‘al yotqizishga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

Shu bilan birga, hududdagi qo‘lbola simyog‘ochlar o‘rniga zamonaviy temir-beton ustunlar o‘rnatish va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari ham olib boriladi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/07/04 15:21:48
Back to Top
HTML Embed Code: