Davlat xafsizligi xizmati chegara Qo’shinlari safida 2024-yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan 7 nafar Qumqo’rg’on tumanining mard yoshlarining namunali xizmati uchun DXX qo’mondonining minnatdorchilik xati ularning ota-onalariga tumani hokimining chegara masalalari bo'yicha yordamchisi A.Ismoilov hamda mayor S.Yangibayevlar tomonidan tantanali topshirildi.
Telegram | Instagram |YouTube | Web-site| Facebook | X

Bugun Qumqo'rg'on tumani hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli farmoyishiga muvofiq konferensiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Konferensiyada "Normurod Baymatov" fermer xo'jaligi raisi Baymatov Allamurod Saparovich yig'ilishni ochib berdi.
Tadbirda, beshta asosiy masala ko'rib chiqildi. Ularning eng muhimlaridan biri Qumqo'rg'on tumanida "Fermer dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining "Fermerlar kengashi" sifatida qayta tashkil etilishi hamda unga yangi rahbar saylash bo'ldi.
Yangi tashkil etilgan "Fermerlar kengashi" rahbari lavozimiga bir necha yildan beri o'zining tajribasi va fidoyiligi bilan bu sohani boshqarib kelayotgan Xoshimov O'tkir Murodullayevich nomzodini ilgari surdi.
Konferensiya qatnashchilari mazkur nomzodni bir ovozdan maqullab, Xoshimov O'tkir Murodullayevich "Fermerlar kengashi"ning yangi raisi etib tayinlandi.
Telegram | Instagram |YouTube | Web-site|Facebook| X

Prezidentimizning 2024-yil 16-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-439-son qarori vohaning turistik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanib, sohani iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur qarorga asosan "Sangardak" va "Omonxona" turizm qishloqlari hamda "Oqtepa" suv omborining qirg‘oq bo‘yida "Obihayot" turistik markazlari bunyod etilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, "Oqtepa" suv ombori atrofida "Obihayot" turistik markazini barpo etish yuzasidan ishlab chiqilgan loyiha-takliflari bilan tanishdi. Mutasaddilarga loyihalash ishlarini jadallashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Arslonboyli" va Sho‘rchi tumani markazida joylashgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash borasida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Xususan, "Arslonboyli" mahallasida yo‘llarni asfaltlash, beton ustunlar o‘rnatish, kommunal xizmatlarni yaxshilash ishlari bajarilgan. Sho‘rchi tumani markazida esa ko‘chalarni tartibga keltirish, savdo nuqtalari tashkil etish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Viloyat rahbari amalga oshirilgan ishlar bilan tanishuv davomida aholi bilan muloqot qilib, mavjud muammolarning hal etilishi haqida suhbatlashdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X