Telegram Web
🚨Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi xonadonlari, ishlab chiqarish korxonalari, sog‘lomlashtirish maydonchalar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, qurilish obyektlari  bozorlar va savdo do‘konlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, evakuatsiya yo‘llarining ochiqligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi holati nazoratdan o‘tkazilib, ishchi xodimlarga maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilmoqda.

✍️Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani

Quyi Chirchiq tumani FVB ogohlantiradi!

⚡️Belgilanmagan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!

🔹Yoz mavsumi boshlanishi bilan aholi cho‘milib, hordiq chiqarish maqsadida suv havzalari tomon otlanadi. Albatta, yoz faslida suvda cho‘milish kishiga o‘ziga xos maroq bag‘ishlaydi. Jazirama saratonda tanaga huzur bag‘ishlovchi havzalar o‘z bag‘riga chorlaydi. Ammo, belgilanmagan joylarda cho‘milish esa qanchalar tashvishli ekanligini, sokin kechayotgan hayotning bir lahzada qayg‘u-alamga bog‘lanishini bilamizmi?..

🏊‍♂️ Shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida Quyichirchiq tumanida FVB xodimlari tomonidan reydlar o‘tkazilmoqda. Cho‘kish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda cho‘miluvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔸Quyi Chirchiq tumani FVB

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Radikallashuvga_qarshi_kurash

⚡️O‘zbekiston Respublikasi DXX-IIVning 26.12.2024-yildagi “Radikallashuvga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori hamda Toshkent viloyati DXXB-IIBBning 06.01.2025-yildagi qo‘shma qarori yuzasidan Quyichirchiq tuman hududida Radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilish lozim bo‘lgan 21 ta yo‘nalishlar bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar yuzasidan tuzilgan 11 ta guruhlarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

BATAFSIL 👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
2025/07/13 13:27:57
Back to Top
HTML Embed Code: