Telegram Web
⚡️ Қуйи Чирчиқ тумани марказида жойлашган мусиқа мактаби олдида қавариқ пиёдалар ўтиш жойи ташкил этилди.

🖥 Вилоятда болалар иштирокида содир бўлиши мумкин бўлган йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси қошидаги Эксплутация монтаж бошқармаси ходимлари томонидан Қуйи Чирчиқ туманидаги 4-сонли болалар мусиқа ва санъат мактаби олдида “Баланд пиёдалар ўтиш жойи” ташкил этилди. Шунингдек, мазкур жойга махсус йўл белгилари ўрнатилди.

📱Телеграм 📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezidentimiz tashabbuslari bilan yosh sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining

Boks yo‘nalishidagi mintaqaviy bosqichi Zangiota tumanida bo‘lib o‘tdi.

📍Musobaqada Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq, Toshkent, Chinoz, Zangiota tumanlari hamda Yangiyo‘l shahridan iqtidorli sportchi-yoshlar ishtirok etdi.

📍Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ostida o‘tgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va irodasini namoyon etishdi.

📍Musobaqada Quyi Chirchiq tumani 2-son sport maktabi sportchilari quyidagi natijani qayd etishdi:

🥇 5 ta

🥈 1 ta

🥉 1 ta umum jamoa hisobi bo‘yicha 🥇o‘rini egalladi

📍Mazkur musobaqalar yosh avlodni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Olimpiya zaxirasini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат #Тезкор

⚡️⚡️“Ташаббусли бюджет”нинг 2-мавсуми 15 июлдан бошланади

“Ташаббусли бюджет” жараёнларининг 2025 йилги 2-мавсуми 15 июлдан бошланиб, 31 август куни охирига қадар давом этади.

Бунда:
1️⃣ Лойиҳа киритиш босқичи — 15 июль – 3 август;
2️⃣ Саралаш босқичи — 4–18 август;
3️⃣ Тарғибот босқичи — 19–21 август;
4️⃣ Овоз бериш босқичи — 22–31 август кунлари ўтказилади.

Жорий йилдаги 2-мавсум ғолиблари 1 сентябрь — Мустақиллик байрами куни эълон қилинади.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Siyosiy_ma'rifat_soati

⚡️Joriy yilning 04.07.2025 yil kuni 08:00 da "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. Ma’rifat soati tuman hokimligi zalida tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, hamda Mahalladagi 7 lik ham ishtirok etdi.

📍Siyosiy-ma’rifat soatida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqidagi voqealar tafsiloti hamda huquqiy savodxonlik va dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan muhim siyosiy voqealar (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) batafsil yoritilib berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat
#Quyi_Chirchiq_tumani

⚡️@QuyichirchiqliklarUz telegram ijtimoiy tarmoqlarida ‼️YANA BIR MASHHUR FIRMA ORQALI QURILAYOTGAN DOM BITMASDAN TO‘XTATILDI

📍Quyi Chirchiq tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining ayrim bloklari davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, belgilangan hujjatlarsiz va davlat nazoratisiz barpo etilayotgani yuzasidan tarqalgan materialga rasmiy munosabat.

📍Quyi Chirchiq tumani hududida qurilish-ta’mirlash ishlari hajmi yildan yilga o‘sib bormoqda, bundan tashqari aholini turar joy bilan ta’minlash darajasini oshirish yuzasidan tuman hududida har yili 4-5 ta ko‘p qavatli turar-joy obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.

📍Quyi Chirchiq tuman hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S.Botirov tomonidan Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan pastki qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lgan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat yuzasidan  obyekti bo‘yicha pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ rahbari va ta’sischilari bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida Qurilish qonunchiligi, Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda Qurilish me’yorlari va qoidalari hujjatlariga asoslangan holda nimalar qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirish berildi.

📍Hozirgi kunda pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ A9, A10, A11, A12 va D1, D2 bloklar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” davlat muassasasiga topshirilganligini bayon qildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
2025/07/13 11:42:02
Back to Top
HTML Embed Code: