Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Rahim Azim
#Suhbat / #Mulohaza Obsidian ikkinchi miya haqida | Mulohaza https://www.youtube.com/watch?v=v4kNSvv7xnI
#Comment

Obsidian haqida qisqacha video chiqargan edim va shu video'da foydali savol beribdilar.
Bugun “National Geographic” da yer va undagi hayot paydo bo’lishi haqida ko’rsatuv tomosha qildim.

Hikoya ateistar ham imkor qila olmaydigan haqiqatdan boshlandi. Ya’ni boshida hech narsa yo’q. Katta portlash. Quyosh, sayyoralar, lavadan iborat yer. (Shu joyiga, yer faqat lavadan iboratligi e’tibor bering). Million yillar o’tib yer sathi sovidi. Metiorit yomg’iri ichida suv va tuz bo’lgan metiorni olib tushdi.

("Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba'lardan yuritib qo'yganini ko'rmadingmi?" Zumar 21 oyat.)

Suvda qayerdandir bir kletkalik bakterya paydo bo’ldi va million yillar davomida rivojlanib bir kletkalik bakteryadan daraxt, baliq, dinazavrlargacha aylandi. Hikoya uzun. Sog’lom mantiq qabul qilolmaydi. Xatto ko’rsatuv ijodkorlari lavalar bosib dizinfeksiyalanib turgan yerda qanday qilib bakterya paydo bo’ldi buni bilishmas ekan. Katta jumboq deb o’tib ketishdi. Hikoya uzun ohiri maymunlar va maymunlar odamlarga aylanib ketdi.

Hayratlandim! Qanday qilib olimlar shu absurd o’zlari ham taxmin va ixtilofda bo’lgan teoriyalarga odamlarni bazilarini, o'zlarini va boshqa olimlarni ham ishontira olishdi?

Keyin boshqa yangiliklar kanalida isroil degan qattol tuzulma o’zini himoya qilish huquqiga ega ekanligini, oldingi va hozirgi hamma harakatlari, qatliom va genotsidlari, 40 000 dan ko’p begunoh bola, ayol va erkakalarni (rasmiy malumotlarda 40 000 norasmiylarda 180 000 dan oshdi deyishmoqda) o’ldirganligi faqatgina o’zini himoya qilish uchun va u dunyodagi eng g’amxo’r va insoniy tamoyillarga asoslangan armiyaligi haqida ko’rsatuv chiqdi. Ajablanarlisi va absurd tarafi buni yoqlab, isroilni himoya qilib uni bayrog’ini ko’targan ko’plab odamlarni va elita vakillarini, hususan yevropa va aqsh amaldorlarini ko’rdim.

Keyin hayratlanmay qo’ydim!
⚠️ BOYSUN: Qorni och bilan qorni to'qni ishi yo'q(mi)?

Falokat xronologiyasi:
■ 1-kun: 1-Sentyabr Vodorod Sulfid gaz otilib chiqdi
■ 16-kun: 16 kun davomida tuzatishdi
■ 17-kun: 17-Sentyabr. Ikkinchi portlash ro'y berdi
■ 25-kun: 25-Sentyabr gaz chiqishi to'xtatilmadi.
■ — (hozir ham gaz chiqyapti)

Boysunliklar tilidan parcha:
— O‘sha kuni u: «Biz o‘lyapmiz, bizni olib ketadigan hech kimimiz yo‘q», deb yig‘lab telefon qildi. Soat tungi 2:30 atrofi edi, men boshqa mahalladagi o‘rtoqlarimga telefon qilib, ular haqida aytdim. Mashinalari bilan kelib, o‘sha oilani olib ketishdi. Bugungi kunda ular ham mening oilam kabi sarson-sargardonlikda yuribdi.

— Xolamning nevaralarini kasalxonaga olib borib ko‘rsatsak, gazlanib bo'lishgan ekan.

— Kechasi sham yoqib, oynalarni berkitib har soatga budilnik qo'yib uxlayapmiz, kechasi bolalarga qaramasak xushidan ketib qolganini bilmay qolyapmiz.

— Homilador ayollarimiz tug'ilmagan chaqaloqlarini o'ylab tinmay ko'z yosh to'kyapti...

— Birov aholining holidan xabar olgani yo‘q. Nafaqat «Ko‘lqamish», balki butun Boysun aholisi bu gazdan jabr chekishda davom etyapti.

❗️ Davlat axborot vakillari yoshi katta otaxonlarni qo'rqitib "hammasi yaxshi, gaz hidi kelmayapti, aholini kayfiyati yaxshi" kabi shirin so'zlar bilan o'zlari xohlagancha intervyu olib ketishdi.

Gaz oqibatida kuzatilayotgan asoratlar:
- bosh og'rig'i
- ko'ngil aynishi
- nafas olish qiyinlashuvi
- kuchli yo'tal
- ongni yo'qotish (dezorientatsiya)

Og'ir holatlarda esa:
- koma, tutqanoq, o‘pka shishi.
kabi alomatlar aholi orasida ko'payib boryapti
4 kishiga allaqachon janoza o'qildi


■ Aholi ishlolmayapti
■ Bolalar zaharlanyapti, darsdan ham qolib ketyapti
■ Puli bor 3-4 ta oila allaqachon Toshkentga ko'chib ketgan 130,000 kishida halovat yo'q
■ Sharoiti yo'qlar boshqa joyga ko'chib ketish tugul, ijaraga Termizga ko'chib ketgani puli yo'q

⁉️ J I D D I Y S A V O L ⁉️
Tasavvur qiling: Toshkentdagi bir rayonda barcha kattakon amaldorlar yashaydi va shu rayonda xuddi shunday avariya sodir bo'ldi, mas'ullar qancha vaqtda xavfni bartaraf qilar edi?

25 kundami?
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
KATTA YURAKLI HOT-DOGchi

Ishda, qornim ochgach soat 3:00 larda, lavash olish uchun tashqariga chiqdim. Uzoq bo‘lmagani sababli moshinani ishxonada qoldirib, piyoda yo‘l oldim.

Svetofor bekatida joylashgan MaxWayga borib yetganimda, kassadagi xodima yopilish vaqti kelganini aytdi. So‘ng boshqa Fast-Food joyi haqida so‘rasam, EVOSni ko‘rsatishdi. U yerga yetganimda ham, ular ham yig‘ishtirayotgan edi. 1 ta lavash so‘rasam, ular ham berkilganini aytdi.

Boshqa joy uzoq bo‘lgani sabab ishxonaga qaytib, velosipedni oldim. Rasmiy uchrashuvlar bo'lmaydigan kunlari qadimiy kiyimlarimni kiyish odat bo'lgani uchun yuvilmagan velosipedga juda mos edim.

Havo harorati 13°C (gradus) velosipedda tez yurish foydali bo'lmaydi, lekin yo'l uzoq xullas "Fedup"ga yetib bordim. Lekin u yerdagi ishchilar ham yopilishga tayyorlanayotgan ekan.

Keyin, "Yangi Hayot" tomonidan 3-bekatga yetib bordim. U yerda kichik do‘konning chirog‘i yoniq edi, u go'yoki najot nuri edi. Do‘kondagi hot-dogchi, taksistlar bilan yaxshi kayfiyatda edi. Men hot-dog bera olasizmi deb so‘radim.

— "Qanaqasidan tayyorlab beray?"
deb so‘radi u.

Rasmda 17,000, 24,000 va 32,000 so‘mlik hot-doglar bor edi. Men 32,000 so‘mlik qanday bo‘lishini so‘radim. Sotuvchi qo‘shimcha bedana tuxumi va go‘sht qo‘shilgan hot-dogni tasvirladi.
(hot-dogchini har bir savoliyu muomalasi judayam a'lo edi)

Pulim asosan kartada edi va yonimda faqat parkovka uchun olib qo'yilgan 5,000 so'mliklardan iborat 30,000 so‘m pul bor ekan, "24,000 so‘mlik hot-dog qibera qoling" dedim. Lekin HotDogchi, 32,000 so‘mlik hot-dog tayyorladi va mendan tabassumli hurmat bilan 24,000 so‘m olib, yoqimli ishtaha tiladi.

* * *

— Bugun qonun chiqaruvchilar: "yana qanday qonunlar chiqarsak, xalqni 15 kunlik topadigan pulini bittada olib qo'yamiz" deb o'ylayotgan paytda,
— Amaldorlar esa: "nima qilsak loyihalarni qilmaslik evaziga budjetdan urib qolsak bo'ladi" deb o'ylayotgan paytda,
— Boylar esa, 2 qavatli uyini 3 qavat qilish haqida o'ylayotgan bir vaqtda oddiy bir hot-dogchi naqadar buyuk ish qildi!

Haqiqatan ham, "Yaxshilik qilish uchun katta odam bo‘lish shart emas", edi.

────────────
Odamlar yashaydi, hatto eslolmaysan ham,
Odamlar yashaydi, aslo unutmaysan ham!
Baxtli odam yasholmas faqatgina foniyda,
Chin baxtiyor yashaydi odamlarning qalbida.


(Rahim Azim, 30.09.2024 4:52)
2024/10/01 06:11:37
Back to Top
HTML Embed Code: