Telegram Web
So'rovnoma: Qaysi yo'nalishda faoliyat olib boryapsiz? (Ushbu so'rovnomani to'ldirish orqali siz bilan yaqinroq bo'lishimizda yordam berasiz)
Anonymous Poll
21%
Sohaga endi kirib kelyapman
23%
SMM loyihalar bilan ishlayman
22%
Marketologman
8%
Targeting bo'yicha ishlayman
26%
Boshqa
O'zbek tilida ham ko'z tegmasin marketing, SMM, keyslar, kommunikatsiya, maqolalar va tavsiyalar berib boradigan kontentlar ko'paymoqda.

Lekin saviyalilari kam yoki yaxshi keyslarni va tavsiyalarni boshqalar bilan ulashishni ma'qul ko'rishmaydi. Yaxshilarini esa ko'pchilik ko'rmagan va bilmaydi.

Aslida keyslar va tajribali mutaxassislarning birgina keysi va tavsiyasi sizga ancha yordam berishi mumkin.

Xullas ana shunday tajribali mutaxassislarning Telegram kanallarini bitta papkada to'pladik. Barcha kanallarga birgina havolani bosish orqali qo'shilib olishingiz mumkin.

Havola: https://www.tgoop.com/addlist/ReV13exg31U4MDA6
1. Sog'lik
2. Pul
3. Erkinlik

Inson hayotidagi eng muhim uchta jihat bo'lib, ular bir-biriga chambarchas bog'liq.

Birinchidan avvalo – Sog'lik. Doim gripp bo'lganimda, yoki uyda sog'ligim tufayli yotib qolganimda sog'lik muhimliligini eslayman.

Pul, erkinlik va barchasi keyingi darajaga tushib qolishini bilganman.

Ikkinchidan Pul – bu insonning moliyaviy barqarorligi va hayotiy/shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan vosita.

Lekin pul tez kelmaydi, tez kelsa demak u vaqtinchalik, davomiy emas. Men sohaga kirib kelganimga 4 yildan oshdi, hozirga qadar yangi narsa o'rganib maza qilaman va pulni o'zi yangi bilimlarim orqali keladi.

Hozir lekin juda ko'p kuzatilyapti, sohaga pul uchun kiradi va pul deb ketiladi. Pul esa yuqorida aytganimdek tez kelmaydi. Xullas bu mavzuda gapirilsa gap ko'p.

Uchinchidan Erkinlik – bu insonning o'z hayotini o'zi boshqarish va o'ziga mos keladigan tanlovlar qilish imkoniyatidir.

Erkinlikning yaxshi va yomon taraflari bor. Erkin grafikda ishlash qaysidir tomondan yaxshi va o'z hayotini mustaqil ravishda rejalashtirishi, istalgan vaqtda ishlashi mumkin bo'lsa, bir tomondan erkinlik ma'suliyatli bo'lishni, aynan belgilangan vaqtda emas, kechasi ham va xullas ixtiyoriy vaqtda ishlashni talab qiladi.

Erkinlikda ishlashni sohaga endi kirib kelganlarga tavsiya qilmagan bo'lar edim,

@ramzbek
Bizni sohamizda komfort zonaga tushib qolish holatlari tez kuzatiladi.

Oʻzimda ham bu narsa yaqin oylar ichida kuzatildi bu bundan chiqib ketish oson boʻlmadi.

Komfort zonaga tushib qolishda nimalar roʻy beradi - birinchi oʻrinda ishdan zerika boshlaymiz. Sababi stabil bir xil narsa boʻlgani uchun.

Eng asosiy sabab shu. Doimiy bir xil ish.

Komfort zonadan chiqish uchun 4 ta maslahat:

1. Rutina bilan tajriba qilish: Bir kunda qiladigan ishlaringizni boshqacha tarzda tashkil qiling. Birinchi qiladigan ishingizni oxirgi qilib ko'ring yoki vaqtini o'zgartiring.

2. Yangi bilimlar o'rganish: Doimiy ishingizga yangilik kiritish uchun yangi ko'nikma yoki texnika o'rganib ko'ring. Bu kichik o'zgarish ham bo'lishi mumkin, lekin yangi narsalarni o'rganish doimiy rutindan chiqishga yordam beradi.

3. Hobbi: Ishdan tashqari vaqtingizda yangi hobbi topish hayotingizga rang qo'shishi mumkin.

4. Kichik maqsadlar qo'yish: Har kuni yoki hafta uchun kichik maqsadlar qo'ying. Ularni bajarish sizga qoniqish hissini berishi mumkin.

Bu yondashuvlardan birini sinab ko'rish orqali ishdagi zerikishni kamaytirishga harakat qilib ko'ring.

@ramzbek
Ko'p vazifalarni bajarmasligimiz, ko'p narsalarni bilishimiz ammo uni qo'llamasligimiz bu aniq strategiya yo'qligida deb bilaman.

Yoki vazifalar juda koʻp va qaysini, qayerdan boshlashni bilmaysiz.

Shunday holatda vazifalarni priorititligi boʻyicha timeline qilib chiqish kerak.

Muhim vazifalarni birinchi 10 kunlikda, keyingi vazifalarni keyingi 1 haftada - masalan.

Shunda koʻpdan buyon surilib yurgan vazifalar bajariladi.

Bunda Miro juda zoʻr yordam beradi. Shaxsan oʻzim maza qilaman, ishlab🙂

@ramzbek
Shu vaqtgacha Qarshi shahridagi koʻplab tadbirkorlar bilan muzokaralarda boʻlganman.

Loyihani sotsam ham, sotmasam ham bu menga tajriba boʻlgan.

Koʻp marketing/SMM loyihalarini olishda tadbirkorni kutuvini eshitish kerak va kutuvi notoʻgʻri boʻlsa mutaxassis konsultatsiya berish kerak.

Masalan SMM xizmatimizni sotishda tadbirkorni kutuvlarini eshitaman va savdoni oshirish kerak deyishadi, lekin uni qanday oʻlchaysiz raqamlarda deganimda javob berolmaydi.

Aslida savdo oshishi uchun marketing, sotuv ishlashi va SMM ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlishini tushuntiraman.

Oʻzi tadbirkor SMM xizmatingizdan foydalanishda umumiy 2 ta maqsadi boʻlishi mumkin:

1. Brendni tanitish
2. Savdoni oshirish (marketing boʻlimi bilan amalga oshiriladi)

@ramzbek
2024-yildagi eng soʻnggi kurs – “Standart SMM”

— Oʻzi guruh koʻp ochmayman, 2023-yilda 1 ta guruh yakunladik, boshqa ochmadim;

Sababi bor fokusimni jamoaga qaratdim va koʻplab loyihalar oldik;

— 2024-yilda 2 ta guruh yakunladik, ikkinchisi hozir amaliyotda, shu oy yakunlanadi;

— Koʻplar soʻragani uchun oktyabr oyida yana guruh ochyapman, shu bilan yil yakunlanadi.

— Bu kursda yuqoridagi kabi bir qancha check-list va shablonlar boʻladi;

— Darslar Qarshi shahrida oflayn boʻladi va guruhga suhbat asosida qabul qilinadi;

— Kursga suhbat asosida 10 kishi olinadi faqat.

Qiziq boʻlsa suhbat uchun roʻyxatdan oʻting, oʻzim aloqaga chiqaman, gaplashamiz.

➡️ Suhbatga yozilish

@ramzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda progrev va kecha darslarni boshladik

Har safar guruhga o'quvchilar Instagramda progrev orqali to'ladi. Stories axvati 250-300 ko'riladi.

Kecha Standart SMM kursini ilk darslari boshlandi. 10 ta o'quvchi qabul qilamiz degandik, undan ko'proq keldi.

Qarshida kursimiz Top of Mindda turibdi va asosan o'quvchilar tavsiya orqali kelishadi va instagramda progrevdan keyin kursga yozilishadi.

Ketma-ketlik bir xil. Instagramda progrev qilinadi, sotuv bo'limida ham o'zim, lidlar bilan o'zim gaplashib chiqaman birma-bir.

@ramzbek
Telegram kanaldagilar uchun mini product qilmoqchiman! Narxi ham mini boʻladi, aynan ushbu kanaldagilar uchun :)

Nima deysizlar?

@ramzbek
Yangi narsa o'rganishni juda yaxshi ko'raman

Blog yozishda davom etamiz. Bugun o'zimni xarakterim deydimi buni – yangi narsa o'rganishni juda yaxshi ko'raman, shu haqida yozaman.

Odatda soha bo'yicha yangi narsa o'rgansam va uni hayotimda / ishimda qo'llasam maza qilaman. Mana shu bo'lsa kerak ishini sevish.

Qiziqarli yashash uchun ham odam o'z oldiga mana shunaqa o'zi uchun qiziq bo'lgan narsalarni qo'yishi kerak deb o'ylayman.

Masalan, hozir notion darslarini ko'rib chiqyapman. Menimcha juda ko'pchilik bunchalik ishlashni bilmasa kerak notionda. Bilardim-u, lekin bunchalik imkoniyatlarini ishlatib ko'rmagan ekanman.

Siz ayni vaqtda nimalarni o'rganyapsiz, ulashib keting!

@ramzbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu vaqtgacha kurslarimizni tamomlagan o'quvchilarimizni bugun chaqirib mafia o'ynadik

Shu vaqtgacha barcha kursimizni tamomlagan o'quvchilar Communityga qo'shilaveradi va mana shunaqa ko'rishib turishni ham reja qilib boryapmiz.

Birinchi yig'ilishimiz Mafia bilan boshlandi.

Fikr kelib qoldi, agar siz qarshidan bo'lsangiz va bizni sohaga aloqador bo'lsangiz networking qilish uchun Mafia tashkil qilsak nima deysiz?

@ramzbek
Loyihalarni olishda koʻpchilikda boʻladigan muammo LTV kichik boʻlishi.

SMM yoki marketing loyiha boʻlsin uzoqqa bormaydi — 2-3 oy.

LTV ni oshirish uchun nima qilish kerak deb oʻylasizlar? 👇🏻 keyin oʻzim fikrlarimni yozaman!

UPD: post yozishga hojat qolmadi. Izohlarni oʻqing 😊
Bugun kursimizda o'qib kelayotgan va oldin tamomlagan o'quvchilarimiz bilan birinchi marta futbol tashkil qildik.

Bundan 3-4 yil oldin qarshida sohamiz bo'yicha mutaxassislar yo'q deb xafa bo'lib yurardim.

Yaxshi niyat qilib atrofimizda ushbu sohadagilarni ko'paytirib kelyapmiz, ko'z tegmasin Qashqadaryoda ham ko'payishib qolibmiz.

@ramzbek
700 ta obunachi va 250 stories koʻrishlar soni bilan Qarshi shahrida qanday qilib 3.000.000 soʻmlik kursimga 10 ta sotuv qilganim qiziqmi? (Bu 4-patok)

Har bir bosqichini aytib video qilmoqchiman
Ortga nazar

Bundan 5 yil oldin 2019-yil men endi talaba bo'lgan edim. Bu sohaga esa qiziqishim undan ham oldin boshlangan.

Talabalikka erishishim ham oson bo'lmagan, 3 yil abituriyent bo'lganman va Toshkentga o'qishga kirmoqchi bo'lganman. Lekin afsuski ball yetmadi va Toshkentga emas TATU Qarshi filialiga grant asosida o'qishga kirdim.

Matematika va fizika fanidan 3 yil tayyorlandim, lekin hozir mendan hech kim matematikani so'ramasada aniq fanlar fikrlashingizni, dunyoqarashingizni o'stiradi, kelajakdagi hayotda esa juda katta yordam beradi.

Universitetda o'qish mobaynida ko'plab tanish-bilish va do'stlar orttirdim. Shu bilan birga SMM sohasini ham o'rganib qo'yaverdim. 4 yil men uchun o'zini yo'lini topib ketish imkoniyati bo'ldi.

Sohaga juda qiziqardim va bu sohani ichida yashadim. Hozir o'quvchilarimizga ham shu narsani aytib kelyapman. Faqatgina darsga kelib-ketib, vazifalarni bajarishni o'zi yetarli emas, uni ichida yashash kerak.

Rasm va videolarda eski abituriyentlikdagi daftarlarimizni topib olgandim, o'shani ko'rsatganman🙂

@ramzbek
2024/11/19 23:53:00
Back to Top
HTML Embed Code: