Telegram Web
Maqsadli reklamani ham o'ziga yarasha sir-sinoatlari borda

💻 Zamonaviy kasblardan biri boʻlgan targeting sohasiga talab
shunchalik kuchayib boryaptiki, agar ushbu sohada tajribangiz boʻlsa har qanday joyda ham ish topishingiz muammo boʻlmaydi. Ammo bunday kasb egalarining malakali yoki yetarli malakaga ega emasligini qanday bilish mumkin? Javob quyidagicha:

1️⃣ Tajribali targetolog har qanday ish qilishdan oldin, kam xarajatli sinovlarni oʻtkazadi va natijaga qarab harakat qiladi, tajribasiz targetolog esa bir martada bor mablagʻni sarflaydi natijaga kelganda: men to'g'ri bajargan edim, ammo mahsulotda kamchiligi bor ekan deydi.🤷🏻‍♂️

2️⃣ Tajribasiz targetolog barcha kompaniyalarning natijalariga qaraydi va yuqori natija koʻrsatgan auditoriyaga reklama beradi lekin oʻz mahsulotini auditoriyasini yaxshi bilmaydi. Malakali mutaxassis esa doimiy ravishda oʻziga: yanada samarali boʻlishi uchun nimalarni sinab koʻrishim mumkin? degan savolni beradi.

3️⃣ Malakasiz mutaxassis maʼno jihatidan bir xil, lekin tashqi qiyofasi bilan ajralib turadigan ijodkorlarni sinab koʻradi, ammo tajribali targetolog reklamalarida sinashga arziydigan kamida 7 ta xabar borligini biladi.

4️⃣ Yaxshi hamda yomon mutaxassislarning asosiy farqi shundaki, yaxshi har doim oʻrganadi, izlanadi va faol rivojlanadi, yomoni esa faqat oʻrganganiga amal qiladi rivojlanishga va yangi bilimlar olishga hech qachon eʼtibor qaratmaydi.

P/S: Siz ham ularni bir-biridan ajratishni bilasizmi? Izohlarda javobingizni kutaman🤓

📲 @raqamlimarketing
Yangi g'oyalarga yo'l ko'rsatuvchi minora

😎 Kreativlik bu cheksiz ummon, unga sho'ng'isangiz undan chiqolmay qolasiz. Eynshteyn ham bejizga "Tasavvur bilimdan ustundir" deb aytmagan edi.

💡 2013- yilda tashkil topgan bu kompaniya tez sur'atlarda rivojlanishda davom etmoqda va ko'plab mashhur kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelayotgan Pencil Wings kompaniyasi ham yuqoridagi so'zlarimni isbotlab qo'yibdi.

Reklamada shunday deyilgan: "Sizni muvaffaqiyatga yo'naltiradigan g'oyalar biz uchun juda muhimdir".

📌 Ya'ni posterda qalam shaklida mayoq tasvirlangan bo'lib, sizning g'oyalaringizga yo'l ko'rsatishdan biz xursandmiz degan ma'noni tushunishimiz mumkin.

P.S.: Bugunga qadar kreativ reklamalarga guvoh bo'libmiz. Endi sizlarga savol: Kreativlik siz uchun nima?

📲 @raqamlimarketing
Yap-yangi tarmoqdan kutilmagan qulaylik

🔊 Yaqindagina internetda shovqin ko'targan tarmoq Clubhouse rivojlanishdan ortda qolmaslik va o'z o'rnini boshqa tarmoq aniqroq aytganda Telegramga topshirmaslik uchun bir-biridan qulay funksiyalarni qo'shishga kirishibdi.

💰 Gapni indallosiga o'tadigan bo'lsam, endilikda mazkur tarmoqda sahifa yurituvchi sahifa egalariga chin ko'ngildan mablag' jo'natishingiz mumkin. O'tkazgan pulingizdan esa Clubhouse o'zi uchun bir so'm ham olmas ekan.

Ushbu funksiya hozirda kichik guruhlarda test rejimida ishlashni boshlabdi. Agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa tez orada omma uchun ham yangi funksiyadan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin.

P/S: Ijtimoiy tarmoqlar olami shunday beshavqatki, raqiblaringizdan ozgina ortda qolsangiz, kelajakda ularga umuman yetolmasligingiz mumkin. Biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz🤓

📲 @raqamlimarketing
Taktika faqat futbol uchun emas!

Biznes faoliyatini yuritish davomida marketingdan foydalanish har bir kompaniya uchun ustuvor vazifadir. Bugun sizlar bilan marketingda strategiya va taktika, ular orasidagi farq haqida gaplashamiz. Avvalo, strategiya va taktika nima ekanligini aniqlab olsak:

🤓 Strategiya bu - to'g'ri ishlarni bajarish.

⚽️ Taktika esa ishlarni to'g'ri bajarishdir.

💡Strategiya tuzish va uni amalga oshirish uchun, avvalo, bizga SWOT tahlilini amalga oshirish zarur. SWOT tahlili orqali biz kompaniyaning: kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyat va xatarlarini o'rganib chiqamiz.

🚀 Shuningdek, raqobatchilarimiz va maqsadli auditoriyamiz haqidagi ma'lumotlarni aniqlab olish ham to'g'ri marketing strategiyasini tuzish va samarali taktika orqali biznesni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.

P.S: Nima deb o'ylaysiz strategiya va taktika marketingda qanchalik muhim?

📲 @raqamlimarketing
Qudratimizga shubha qilsang, biz yozgan matnlarga boq

✍️ Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sari ko'plab yangi kasb egalariga ham talab oshmoqda. Xuddi shunday kasblardan biri bu copywriter'likdir. Bu kasb egalariga qisqacha ta'rif beradigan bo'lsam, mazkur kasb egalari siz asosan internet olamida ko'rishingiz mumkin bo'lgan barcha reklama matnlarini yozuvchi insonlardir.

🤓 Shu sohani o'rganishni istovchi do'stlarimizga asosiy maslahatlardan birini taqdim etmoqchiman:

Hech qachon imlo xato qilmang.

Ushbu soha egalari uchun eng asosiy talablardan biri bu imlo qoidalariga amal qilgan holda matn yozishdir. Sababi, har qancha ma'noli maqola yozsangizda kichik imlo xatolar maqolaga katta ta'sir ko'rsatadi. Ish bor joyda xato bor deyilganidek, agar xato qilsangiz darhol uni to'g'irlashga harakat qiling.

Unutmang, oddiygina imlo xatolar ham kompaniya uchun katta zarar keltirishi mumkin.

P/S: Wunday ekan, hozirda men qilayotgan hatolarni takrorlamang, va wunday yozishni bas qiling. 4unki bu matn yozganda ham sizni chalgitadi 😁

📲 @raqamlimarketing
Facebook'dan Ramazon tuhfasi

Mana bugun Ramazon oyi ham kirib keldi. Buni inobatga olgan holda, Facebook kompaniyasi foydalanuvchilari uchun yana bir qulaylik, Ramazon tabriklari funksiyasini ham ishga tushirdi.

😍 Bu kabi qulayliklar Ramazon oyi davomida yaqinlarini, do'stlarini qutlamoqchi bo'lgan insonlar uchun qo'l keladi.

🎯 Covid-19 infeksiyasi tarqalishi va karantin cheklovlari sababli, ko'pchilik insonlar yaqinlari bilan yuzma-yuz ko'rishish imkoniga ega emaslar.

🥳 O'tgan yil davomida 20 mlnga yaqin Ramazon tabrik postlari Facebook orqali ulashildi. Kompaniya esa foydalanuvchilarini o'ylagan holda 2021-yildan maxsus Ramazon tabriklari postlarini yo'lga qo'ymoqda.

🚀Bu yangilik barcha davlatlarda amal qiladi. 30 ga yaqin turli xildagi kreativ Ramazon tabrik postlaridan #MonthofGood heshtegi orqali barcha insonlar foydalanish imkoniga ega bo'ldilar.

P.S: Shu qatorda men ham sizlarni kirib kelgan qutlug' oy Ramazon oyi bilan tabriklayman. Sizlarga ushbu oyda sihat-salomatlik va Ramazon ro'zalarini benuqson tutishingizda sabr tilab qolaman😊
Bo'lajak SMM menejerlar uchun xushxabar!

👨‍💻 Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar bilan birgalikda zamonaviy kasblar ham rivojlanib boryapti. Ayniqsa, grafik dizayn, SMM, dasturlash va hokazo kasblarni o'rganuvchi va o'rganishni istovchi yoshlar soni ko'paymoqda.

😔 Bunday kasblarda eng birinchi muallim, shubhasiz YouTube desam adashmagan bo'laman. Ammo bir kichik muammo: videodarslar ko'p, lekin ular orasida sifatli, ishonchli hamda eng muhimi tartibli joylashtirilgan videodarslarni topish mushkul.

🤩 Bugun sizlarni ana shunday muammodan xalos etish va zamonaviy kasblardan biri bo'lgan SMM'ni o'rganishga qadam qo'yishingiz uchun YouTube'dagi ishonchli kanalni tavsiya etmoqchiman.

🎞 30 dan ortiq videodarslarni ko'rib chiqib, siz bemalol SMM sohasi aynan siz uchun yoki siz uchun emasligi borasida xulosa qilishingiz mumkin.

👉🏻 Quyidagi havola orqali kanalga o'tishingiz mumkin: youtube.com/watch?v=-CVv3gpDBrA&list=PLt6FsEJVwHDInFKm-Nlc8-kaKZA4YSzVo

P.S.: Siz ham shunday ishonchli kanallarni bilasizmi? Izohlarda javoblaringizni kutaman

📲 @raqamlimarketing
Endi bozorga borishga hojat yo'q

Barchamiz uchun qadrdon messenjerdan kutilmagan yangilikni kutib oling!

🤩 Avvalgi yangilanishda kanal va guruhlarda ovozli chat funksiyasini qo'shib, ko'plab foydalanuvchilar maqtoviga sazovor bo'lgan Telegram bu galgi yangi imkoniyat bilan ham lol qoldirishda davom etmoqda.

💸 Gap shundaki, endilikda messenjerda onlayn do'kon ochish imkoniyati qo'shiladi va unda xaridlar uchun to'lovni plastik kartangiz orqali to'lash mumkin bo'ladi.

💁🏻‍♂️ So'zlarimga ishona olmayotgan bo'lsangiz, ularning qanday bo’lishini Android va macOS tizimi uchun chiqarilgan beta versiya yordamida @TestStore — test do’konida ko’rish imkoniga egasiz.

📝 Telegram quyidagi tizimlar orqali to’lovni qabul qilar ekan:

Payme;
Click;
• Sberbank;
• UMoney;
• Stripe;
• Tranzzo;
• LiqPay;
• ECOMMPAY.

P/S: Sizga bu qulaylik ma'qul bo'ldimi? Izohlarda javoblaringizni kutaman😊

📲 @raqamlimarketing
Ambassadorlar haqida eshitganmisiz?

📌 Ambassador - brendlar uchun xaridorlarga ta'sir o'tkazishning strategik usulidan foydalanib, mijozlarning sodiq qolishini ta'minlashga xizmat qiladigan shaxs.

⚡️ Bugungi kunda savdoni kuchaytirish va brend mashhurligini oshirish uchun mahsulot haqida ijobiy fikr bildiruvchi shaxslar har bir brend uchun juda muhim va shu sababdan, bu kabi shaxslar hozirda marketing maydonida muhim rol o'ynamoqda.

😎 Ambassadorlar sifatida odatda mashhur va taniqli insonlar tanlanib, shu orqali ularning muxlislariga ta'sir o'tkaziladi. Aksariyat, yuqori darajadagi marketing byudjetiga ega kompaniyalar sportchilarni ambassador sifatida tanlab olishadi.

🇺🇿 Ambassadorlar o'zimizda ham topiladi. Faqatgina bizda asosan sportchilar emas, balki aktyor, aktrisa va hattoki TikTokerlar ham tanlab olinadi🙃

P.S: Sizlar ham shunday o'zbek ambassadorlarni taniysizmi?

📲 @raqamlimarketing
Tabriklaymiz, siz Boston marafonidan omon qoldingiz!

🌎 Marketing
dunyosida barcha reklamalar ham muvaffaqiyatli bo'lavermasligini shu vaqtga qadar bilib bormoqdamiz. Bunday xatolarga esa hatto gigant kompaniyalar ham yo'l qo'yishgan.

📩 2017-yilda Boston marafoni ishtirokchilari sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi mashhur Adidas brendidan juda "xunuk" xabarni qabul qilib olishdi.

🌚 Xabar mavzusida shunchaki "Tabriklaymiz, siz Boston marafonidan omon qoldingiz!" deb yozilgan edi.

💡To'g'ri, har qanday sport tadbirlarida bu kabi xabarlar odatiydek ko'rinishi mumkin. Darhaqiqat, odamlar voqeani yakunlash haqida gap ketganda bunday iboralarni ko'p ishlatishadi.

🤕 Ammo 2013 yilgi marafondagi portlash 3 kishining o'limi va 250 dan ortiq odamlarning jarohatlanishiga sabab bo'lgan. Tabiiyki, odamlarning xabarni ushbu voqeaga ishora deb o'ylashi brend obro'sining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

😔 Ular darhol kechirim so'rashdi, ammo allaqachon kech bo'lgan edi.

P.S: Mijozlar ko'ngli shunchalik nozikki, oddiygina xatoyingiz juda katta muammolarga sabab bo'lishi mumkin🙃

📲 @raqamlimarketing
Insonlarga emas, bizneslarga sotamiz

🤔 Oddiy iste'molchilarga emas, balki boshqa bizneslarga yo'naltirilgan savdolarga ishlatiladigan B2B (business to business) atamasi haqida bilasizmi?

🎯 B2B bozori butunlay boshqa maqsadli auditoriyaga ega bo'lib, odatda boshqa korxonalar ishlashi, foyda olishlari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, tayyor qismlar va xizmatlarni taklif qilinadi.

😉 Keling yaxshisi avtosanoat misolida tushunib beraman

😎 Barchamizga mashhur Ford brendi ishlab chiqaradigan avtomobillar boshqa ko'plab B2B kompaniyalarning mahsulotlaridan tarkib topgan. Masalan, transport vositasining ishlashi uchun kerakli shinalar, batareyalar va boshqa ehtiyot qismlar.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni turli xil B2B bizneslaridan sotib oladi va ularni yakuniy mahsulotga qo'shib, tayyor mahsulot holatiga keltirib sotadi.

P.S: Nima deb o'ylaysiz o'zimizni GM ham B2B bizneslar bilan hamkorlik qilarmikan yoki barchasini o'z zavodlarida ishlab chiqararmikan 😉

📲 @raqamlimarketing
Marketing sir-asrorlarini o'rganishda davom etamiz

😎 4P
- iste'molchilar ehtiyojlarini qanday qondirishni aniqlash uchun foydalaniladi.

Xo'sh o'zi 4 ta P ning ma'nosi nima?

🔹 Mahsulot (Product);
🔹 Narx (Price);
🔹 Savdo kanali (Place);
🔹 Reklama (Promotion).

📌 Bu majmua “4P“ yoki “Marketing Miks” deb ataladi va marketologlar isteʼmolchilarni qoniqtirish yoʻlidagi bosh qotirishi zarur boʻlgan asosiy “tashvish“lar hisoblanadi.

🏷 Product - bu kompaniya iste’molchiga taklif etayotgan barcha narsadir. Masalan: Brend elementlari, xususiyatlari, iste’molchilar uchun sifat ahamiyati, ko‘rinishi, assortiment xilma xilligi, qo‘llab quvvatlash hamda xizmat.

🎫 Price - sotuvchi va xarid qiluvchilarning foydalari koʻzlangan holda narx belgilash, turli vaziyat va guruhlar uchun alohida chegirmalar oʻrnatish.

🏢 Place (savdo kanali) – savdo joylarini (doʻkon, internet, ijtimoiy tarmoq) va distribyutorlarni tanlash. Mahsulotning kerakli joyda va kerakli vaqtda taqdim etilishi, zaruriy savdoni ta’minlaydi.

📢 Promotion (reklama) - reklamaning turli koʻrinishlari, savdoni rivojlantirish uchun maxsus tadbirlar, aksiyalar tashkil etish, jamoatchilik va alohida shaxslar bilan aloqalar oʻrnatish.

📲 @raqamlimarketing
Instagram yoki TikTok qay biri reklama uchun ma'qulroq?

Buning uchun aniq javob yo'q, bu sizning biznesingiz va auditoriyangizga bog'liq. Lekin shunday bo'lsada, mazkur ikki tarmoqning o'ziga xos ustunlik va kamchiliklari bor. Ulardan bir nechtasini quyida keltirib o'tamiz:

🛠 Instagram
deyarli o'zgarishsiz faoliyat olib bormoqda. Undagi reklama kampaniyalari allaqachon ishlab chiqilgan va ijtimoiy tarmoq hech narsani o'zgartirmadi. Ya'ni kutilmagan yangiliklarga qo'l urmaydi.

🎯 Agar sizga maqsadli auditoriya kerak bo'lsa, unda Instagramni tanlaganingiz ma'qul, sababi buning uchun Instagram qulay hamda uni sozlash oson. TikTok'dagi reklama esa har doim kreativlikni talab etadi.

🙍 TikTok
yoshlar va ijodkorlar uchun mo'ljallangan. Agar sizning mahsulotingiz o'smirlar va yoshlar uchun bo'lsa, unda siz albatta TikTok'ni tanlashingiz kerak.

🏆 TikTok'da raqobat juda oz. To'g'ri, tarmoqda reklama qanday o'rnatishni aniqlash qiyinroq kechishi mumkin, ammo hozircha ushbu ijtimoiy tarmoqqa brendlar endigina kirishni boshlamoqda.

P.S.: Siz nima deb o'ylaysiz? Qaysi tarmoq reklama uchun qulayroq?

📲 @raqamlimarketing
Qo'li singan ayol va jajjigina bolakay haykali

😔 Ancha vaqtdan beri sizlar bilan kreativ va noan'anaviy reklamalarni bo'lishmay qo'ygan edim. Bunga yakun yasab, sizlarga yuqoridagi sur'atni taqdim etaman.

👩🏻 Unda bir qo'li singan ayol va yerda yotgan holatdagi go'dak haykali tasvirlangan. Qiziq tinib-tinchimas marketologlar bu reklama orqali iste'molchilarga nima demoqchi bo'lishgan?

Ushbu savolga javob topishni esa sizlarga qoldiraman va javobni kelgusi postlarimning birida e'lon qilaman.

P/S: Marketolog tilini marketolog tushunadi. Qani oramizda shunday kreativ g'oyalarga boy marketologlar bormi?😉

📲 @raqamlimarketing
Forwarded from Anonim Marketolog
Starbucks'dan iste'molchilarga ta'sir etish bo'yicha tajriba

1980-yillarda ushbu kompaniya mijozlarni faqatgina qahva ichish uchun tashrif buyurishini emas, balki uzoq vaqtni o'tkaza olishi uchun xaridorlarga qulayliklar yaratishni maqsad qiladi.

Ma'lumki, insonlar ko'p vaqtini ishda va uyda o'tkazadi. Starbucks esa ana shu juftlikka uchinchi bo'lib qo'shildi. Ya'ni, mijozlarga o'zlarini uydagidek his qilishlari uchun yoqimli musiqa, chiroyli manzara va do'stlar davrasida suhbatlasha olish sharoitini yaratib berdi.

Bu bilan, Starbucks mijozlarning hissiyotlari va sezish qobiliyatiga ta'sir etish orqali marketing uslubini qo'lladi.

Shunday ekan, doimo mijozlaringiz haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'ling va ularga mahsulot emas, muammolarga yechim soting.

@anonim_marketolog
Til bilgan marketologning ustunlik tomonlari!

📆 Ayni vaqtda marketing rivojlanib bormoqda, shu bilan birga marketologlar ham yangidan-yangi g'oyalar izlashadi va ularni ish tajribalarida qo'llab rivojlanishda davom etishadi.

Hozirgi kunda sayt va ijtimoiy tarmoqlardan ko'pgina ma'lumot va g'oyalar olishimiz mumkin, ayniqsa chet tillarida izlaganimizda. Ammo ko'p marketologlar til bilmaganligi sababli ko'proq o'zbek tilida ma'lumot qidirishadi.

💡 Shu sababli marketingda til bilish muhim ahamiyatga ega, agarda rus yoki ingliz tilini bilsak, bizda ko'pgina o'zbek tiliga tarjima qilinmagan kitoblarni o'qish va chet el brendlaridan g'oyalar olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Shuning uchun qadrli va qimmatli marketologlar, imkoningiz boricha til o'rganishni maslahat beraman!

P/S: Qani oramizda rus yoki ingliz tilida chet el brendlarini kuzatib boradigan marketologlar bormi?

📲@raqamlimarketing
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aqlli marketing sizni inqirozdan qutqaradi

Rossiya Federatsiyasining Utair aviakompaniyasi bundan bir necha yillar avval juda aqlli marketing yurishini amalga oshirgan edi.

🧐 Gap shundaki kompaniya faqatgina Rossiyaning chekka shahar va qishloqlariga qatnar, mijozlar ushbu kompaniya xizmatlaridan foydalanganlari haqida boshqa insonlarga aytishdan uyalishar edi. Bu esa kompaniyani sekinlik bilan inqiroz tomon ketayotganini anglatardi.

💡 Utair marketologlari bu holatdan chiqib ketish uchun juda ajoyib va samarali uslubdan foydalanishdi. Ular insonlarga baxt ulashishlari va ularni qadrdon insonlari yoniga eltishlarini tasvirlab berishdi. Buning yaqqol namunasi kompaniya shiorida ham o‘z aksini topgandi "Туда, где вас ждут".

🚀 "Ming bora eshitgandan bir bora ko‘rgan yaxshi"
Ushbu marketing strategiyasi esa Utair'ni Rossiyaning eng yirik 2-aviakompaniyasiga aylantirdi.

P/S: Xo‘sh, siz bo‘lajak marketolog sifatida amalga oshirilgan marketing yurishi uchun yana qanday takliflaringiz bor?

@raqamlimarketing
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Coca Cola uchun ishlangan o'ziga xos reklama!

⚽️ Krishtianu Ronaldu
millionlab tomoshabinlarni to'plash uchun maydonga tushishi shart emas. Matbuot anjumanida ham u tomoshabinlarning nigohini o'ziga to'g'rilab qo'yadi.

Ushbu holatdan Coca Cola brendi o'zgacha uslubda foydalandi. Ronaldu kelib Coca Colani chetga surib qo'ydi va oddiy suv foydali ekanligini aytib o'tdi.

🚰Coca Colani chetga surib qo'yganini nimasi yaxshi deb o'ylayapsizmi? Agar Coca Colani Ronaldu qo'liga olmaganida, kamdan kam insonning nigohi kolaga tushgan bo'lar edi. Lekin ushbu PR reklama orqali Coca Cola millionlab tomoshabinlarga UEFA Euro 2020 ning homiysi ekanligini ko'rsatib qo'ydi. (Ushbu video YouTubeda qisqa vaqt ichida millionlab ko'rilgan)

P/S: Biz bu yerda brend uchun arzimagan pulni ham ayab o'tirgan bir paytda, ushbu kompaniyalarning marketologlari qay darajada ishlayotganiga e'tibor bering! Xo'sh siz bu g'oyaga qanday baho berasiz?

@raqamlimarketing
Coca Cola vs Pepsi

🥤 Shirin soda ishlab chiqaruvchilari o'rtasida reklama urushlari 80- yillarning o'rtalaridan beri davom etmoqda. Agar Coca Cola an'anaviy ravishda oilaviy odamlarning eng sevimli ichimliklari bo'lgan bo'lsa, unda Pepsi barcha kuchini yoshlar e'tiborini jalb qilishga qaratgan.

⚔️ Brendlarning turlicha pozitsiyalashganiga qaramay, shunga o'xshash mahsulot deyarli bir asr davomida yetakchilik uchun kurashishni talab qiladi.

P/S: Shaxsan men Coca Cola va Pepsining farqiga borishga qiynalaman, lekin baribir Coca Cola yaxshiroq deb o'ylayman. Siz qay birini tanlaysiz Cola Cola yoki Pepsi?

📲
@raqamlimarketing
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olovsiz tutun bo'lmaydi

🍔 Buyuk Britaniyadagi Burger King AR effektini faollashtiradigan QR kodi bilan reklama taxtalarini joylashtirdi. Agarda siz AR effektiga mobil qurilmangizni to'g'rilasangiz, telefoningiz sizga tutun orqali eng yaqin restoranga yo'nalishni ko'rsatadi.

🔥 Ochiq olovda pishirish - bu Burger Kingni ko'p jihatdan doimo eslatib turadigan xususiyatidir.

💡 Zamonamiz an'anaviy marketingdan raqamli marketingga o'tayotganga o'xshaydi. Ammo bularni bir nuqtaga birlashtirish mumkin. Biz ko'p vaqtni Internetda o'tkazamiz, lekin biz hali ham haqiqiy dunyoda yashayapmiz va bu yerda insonlar bilan aloqalar juda ko'p.

P/S: Hozirda ko'pchilik raqamli marketingdan foydalanishni ustun ko'rmoqda. Siz qanday fikrdasiz? An'anaviy marketingdan to'liq voz kechish kerakmi?

📲
@raqamlimarketing
2024/11/14 12:51:23
Back to Top
HTML Embed Code: