Telegram Web
Forwarded from Rassomlar
​​Mashhur rus shoiri Mixail Yuryevich Lermontovni ko'pchilik shoir, prozaik, dramaturg sifatida taniydi, ammo uning rassomchilik mahoratiga ham ega bo'lganini juda kam insonlar bilsa kerak. Buning sababi shuki, Lermontovning rassomchilik ishlari o'z vaqtida ochilmagan, uzoq vaqt ommadan sir tutilgan, menimcha, bu uning quvg'inlikdagi hayoti bilan bog'liq bo'lsa kerak. XX asrning 30-yillarida shoirning asarlarini keng nashr etish boshlanganda, uning rassomchilik ishlari ham yuzaga chiqa boradi.

Lermontov yoshligidan rasm chizishni sevardi. U chizgan suratlarda ko'pincha o'z avtobiografiyasini aks ettirgan. Masalan, shoir o'zining quvg'inda bo'lgan yillarida ko'plab suratlar qatorida o'zining mashhur avtoportreti¹ni ham yaratgan (1837-38-yillar, qog'oz, akvarel).

Lermontov rassomchilik bo'yicha ta'limni dastlab rassom Aleksandr Stepanovich Solonitskiydan olgan. Keyinchalik Pyotr Yefimovich Zabolotskiydan dars oladi.

Lermontov chizgan suratlari mavzular va janrlar bo'yicha bir necha guruhlarga bo'linadi: harbiy mavzu; manzaralar; portretlar; karikaturalar; eskizlar va boshqalar. Lermontovning rassom sifatida 13 ta moybo'yoqda ishlangan kartinalari, 40 dan ortiq akvarel ishlari va 300 dan ziyod qoralamalari saqlanib qolgan.

Lermontov ishlagan suratlar mutlaqo mustaqil ma'noga ega va shoir tashrif buyurgan joylar bilan bog'liq.

P. S. ¹Pastdagi suratda Lermontovning avtoportreti berilgan.

@Rassomlar
Forwarded from Rassomlar
Lermontovning mo'yqalamiga mansub kartinalari:

1. Kavkaz manzaralari tuyalar bilan
1837-1838-yillar
Xolst, moybo'yoq
Qoraagach qishlog'i yaqinidagi Tamarasxe qoyasining xarobalari

2. Tegirmon va ahil uchlik bilan peyzaj
1835-yil
Qog'oz, akvarel

3. Emiliya, «Ispanlar» pyesasi personaji
1830-1831-yillar
Qog'oz, akvarel

4. Tiflis manzarasi
1837-yil
Karton, moybo'yoq
32.2×39.5 sm

5. 1831 yil 21-avgust kuni Varshava yaqinida gusarlar leyb-gvardiyasi hujumi
1837-yil
Karton, moybo'yoq
65.8×79.3 sm

6. «Andrey Nikolayevich Muravyov portreti»
1836-38
Karton, moybo'yoq
31.1×25.4 sm

7. Dengiz manzalari yelkanli qayiq bilan fragment
Qog'oz, akvarel
9×15.5 sm

8. «Gersog Lerma»
1832-1833-yillar
Xolst, moybo'yoq
60×51 sm

9. Kavkaz manzaralari tog'liklar uyi bilan
1837-1838-yillar
Karton, moybo'yoq
36×43.5 sm

@Rassomlar
Pol Sezan. "Magdalina yoki qayg'u" (1867).

@rassomlar
"Mantilladagi qiz"
1917 yil.
Pablo Pikasso.

@rassomlar
Xudodan qaytmasa rozi emasman xudoga soldim👆
4 kunda qaytsin.

@rassomlar
Бенковни зиёрат қилиб кетай)
Асар ўта катта. Келинглар, кўринглар. Самарқандда бу
100минг йиғиб беринглар яшаб кетишим учун🥲

9860030318979736
2025/07/04 02:08:50
Back to Top
HTML Embed Code: