Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ “Rektor stipendiyasi” uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

📁 Barcha kerakli hujjatlar fayl papkada taqdim etilishi shuningdek sertifikatlar, diplomlar, maqolalar va tezislar ilmiy kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1.
Talaba ma’lumotnomasi
2. Pasport nusxasi
3. Erishgan yutuqlari ro'yxati (3.4 shakl)
4. Ilmiy salohiyati (ilmiy anjumanlar, maqola va tezsizlar chop etilishi, olimpiadalardagi ishtirok)
5. Reyting daftarchasi nusxasi (dekanat tomonidan tasdiqlangan holda)
6. Xalqaro til sertifikati
7. Fakultet dekani tavsiyanomasi
8. Kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomasi
9. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisining tavsiyanomasi
10. Ko‘rik-tanlov va sportdagi yutuqlari
11. Start-UP loyihalari g'olibligi

‼️ Universitet Ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlar Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga joriy yilning 20-fevral kuniga qadar topshirilishi kerak.

🖥 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2572429

Kanalga ulanish👇
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
Rektor stipendiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi.

Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.

Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.

Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish👇
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident bugun yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatga imzo chekkanini e’lon qildi.

Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bugungi kunda oliygohlarni tugatayotgan 90 ming yoshlar mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda qiynalmoqda.

Shu bois, ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankga 100 million dollar resurs beriladi.

Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiya ish o‘rinlarini yaratish, kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.

Kanalga ulanish👇
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantiriladi

Prezident imzolagan uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.


Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.

Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.

“Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Kanalga ulanish👇
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
®️https://www.tgoop.com/rizayev_jasur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from PRO UNIVER
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
13 000 dan ortiq talabaga ilm berayotgan va 95 yillik tarixga ega oliygoh-Samarqand davlat tibbiyot universiteti haqida video!

Batafsil koʻrsatuvni ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin
https://youtu.be/IVxXO0P0iAc

Doʻstlaringizga ulashib qoʻying!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
YouTUBE | Instagram | Telegram
2025/02/22 23:50:19
Back to Top
HTML Embed Code: