Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
🤝 Oracle kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Oracle Cloud kompaniyasining Markaziy Osiyo, Markaziy Yevropa va Balqon bo‘yicha sotuv direktori Kristian Obando bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonda raqamli ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, universitetlarda Oracle Academy dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilar uchun bepul trening va resurslarni taqdim etish, Oracle University orqali raqamli o‘quv yo‘nalishlari va sertifikatlarga kengroq kirish imkonini yaratadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
Forwarded from Digital.uz
🔘UNICEF va Giga jamoasi bilan qo‘shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

⚜️Muloqot davomida Giga tizimiga ulangan maktablar ma’lumotlarini yangilash, shuningdek loyiha doirasida qo‘shimcha kengaytmalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

UNICEF vakillari bilan esa Vision loyihasi doirasidagi masalalar muhokama qilinib, hamkorlikni mustahkamlash va uning ta’sir doirasini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.

➡️Ushbu muloqotlar O‘zbekistonda raqamli inklyuziyani rivojlantirish, maktablar va bolalarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash hamda yorqin kelajak uchun imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Digital.uz
🌐 Meta kompaniyasi bilan raqamlashtirish yo‘nalishida hamkorlik kengaytiriladi

🔠Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Meta kompaniyasining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha davlat siyosati direktori Sarim Aziz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔠Uchrashuvda Meta vakili kompaniyaning mintaqadagi faoliyati haqida ma’lumot berdi hamda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, ma’lumotlar xavfsizligi va inklyuziv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarida hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

⚡️O‘z navbatida vazir o‘rinbosari “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi maqsadlar, jumladan, AT xizmatlari eksporti yo‘nalishida AQSH kompaniyalari bilan olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. 

Shuningdek, AT ta’lim yo‘nalishlari, “One Million AI Prompters” dasturlari, xorijiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan “Zero Risk” dasturi haqida ma’lumot berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/91553

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сирдарёдан “Ювентус”гача бўлган йўл - ўзбекистонлик ёшлар рақамли дунёда

Ўзбекистонда IT соҳаси энди фақат пойтахт аҳли учун эмас: Сирдарёда мактаб ўқувчиси дастур тузиб компания очди, Фарғонада жисмоний имконияти чекланган йигит 3D маҳсулотларини онлайн сотмоқда. Хоразмда ўқувчи “Ал-Хоразмий ворислари” лойиҳаси орқали ота-онасини ватанига қайтариш ҳаракатида.

Улар IT орқали нафақат даромад топиш, балки орзуларини амалга ошириш мумкинлигини исботлашмоқда.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ

Kun.uz расмий канали
👍7💯5🔥2👏1
Forwarded from Digital.uz
Yaponiya bilan raqamli hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

📌 Dastlab, Yaponiya Ichki ishlar va aloqa vaziri o‘rinbosari Imagawa Takuo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi taqdim etilib, ta’limda sun’iy intellekt strategiyasini birgalikda ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. Yaponiya vakillari tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish va kelgusida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/94012

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Forwarded from Digital.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy kun / Historical day 21.10.2025

Bugun davlatimiz rahbari IT park majmuasiga tashrif buyurib, raqamlashtirish sohasida Sun’iy Intellektni rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdilar, yangi marralarga erishish bo’yicha strategiyani belgilab berdilar.

Today H.E. President of Uzbekistan visited IT Park campus. President set new ambitious goals for the development of AI sphere in the country.
Main focus areas #infrastructure #data #talent development.
👍5🔥43
2025/10/21 16:58:57
Back to Top
HTML Embed Code: