Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
Oʻzbekiston Coursera’ning “Outstanding Achievement Award 2025” mukofotini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston ilk bor Coursera Inc. kompaniyasi tomonidan 8–10-sentabr kunlari AQShning Nevada shtatida oʻtkazilgan “Coursera Connect 2025” tadbirida ishtirok etdi.

💻Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov rahbarlik qildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar Coursera’ning soʻnggi yangiliklari – “Role Play for Authors”, “Course Builder for Partners”, va “Skill Tracks for Enterprise” kabi innovatsion yechimlari bilan tanishdilar.

⭐️ Bundan tashqari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT ta’lim uyushmasi Oʻzbekistonning “Learning Hero” toifasidagi “Outstanding Achievement Award 2025” mukofotining “Global Finalist”i sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Coursera’ning “Outstanding Achievement Award” mukofoti onlayn ta’lim orqali katta samara ko‘rsatgan hamkor tashkilot va institutlarga beriladi. U, avvalo, keng auditoriyaga bilim yetkazish, innovatsion yechimlarni joriy etish, o‘quvchilarning aniq natijalarga erishishi, hamjamiyatda faol ishtirokni ta’minlash hamda Coursera’ning inklyuzivlik, barqarorlik tamoyillariga sodiqlik kabi mezonlar asosida taqdim etiladi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85257

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍6👏1
Forwarded from Digital.uz
AQShda Amazon, IBM, Google va Cisco kabi korporatsiya vakillari bilan raqamli ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

🔠AQShda boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi “Coursera Connect 2025” tadbiri doirasida bir qator dunyoning yetakchi korporatsiya vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

🛡Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida oʻtgan muzokaralarda raqamli ta'lim yo'nalishida yoshlarni AT sohasiga jalb qilish, AT eksporti imkoniyatlarini oshirish, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili yoʻnalishidagi qoʻshma tashabbuslar hamda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85350

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
Forwarded from ICT WEEK UZBEKISTAN 2025
🚍 ICT Week Uzbekistan 2025 ishtirokchilari uchun BEPUL avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi!

23–26-sentyabr kunlari Toshkentda yilning eng yirik texno-haftaligi — ICT Week Uzbekistan 2025 start oladi.

4 kun davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalariga oid yirik forumlar, startaplar, uchrashuvlar va innovatsiyalarning guvohi bo‘ladilar.

❗️ DIQQAT! tashrif buyuruvchilar uchun quyidagi manzillardan BEPUL avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:

🚇 «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati
🏨 «O‘zbekiston» mehmonxonasi
🏢 IT Park Uzbekistan (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy)

📍 Manzil: CAEx, Toshkent
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish: ictweek.uz/uz/register/visitor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🙏2
Forwarded from ICT WEEK UZBEKISTAN 2025
Avtobuslar qatnovi soat 8:00 dan 18:00 gacha har soatda amalga oshiriladi.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This video briefly shows how upcoming ICT Week Uzbekistan is full of exciting events organized by The Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan, IT PARK Uzbekistan, IT Education Association and other partners!

Mark on your calendar and register beforehand in order to get the most out of this important week in the ICT field of Uzbekistan!

#ICT_Week #Uzbekistan #AI
👍4🔥2
Forwarded from Digital.uz
💻ICT Week Uzbekistan 2025 tadbirlarini jonli efirda tomosha qiling!

➡️Toshkent shahri butun dunyo tadbirkorlari, investorlar, texnologiya yetakchilari va ekotizim quruvchilarini bir joyga to‘playdi.

🔔 Bu haftalik – startaplar uchun yangi imkoniyatlar, investorlar uchun innovatsion loyihalarni kashf qilish, texnologiya ixlosmandlari uchun esa so‘nggi trendlar va tajribalarni o‘rganish maydonidir.

Ushbu forumda siz:
— dunyo miqyosidagi spikerlar ma’ruzalarini tinglaysiz,
— yangi hamkorliklar uchun eshiklar ochasiz,
— O‘zbekistonning raqamli kelajagini birinchi bo‘lib his qilasiz.


🔗 Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va o‘zingizni global texnologiyalar maydonida ko‘rsating!
👉 https://www.ictweek.uz/oz/#participate-top

📥 Shuningdek, ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligida ishtirok etish uchun mobil ilovalar (Google Play va App Store)ni yuklab, olib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

🚌 Tashrif buyuruvchilar uchun quyidagi manzillardan soat 8:00 dan 18:00 gacha har soatda BEPUL avtobuslar qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi:

🚇 “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati
🏨 “O‘zbekiston” mehmonxonasi
🏢 IT Park Uzbekistan (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy)


📍 Manzil: CAEx, Toshkent

📹 Shuningdek tadbirlarni quyidagi havolalar orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin:

™️ Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom
💬 Facebook: https://www.facebook.com/ictweekuzb
📺 Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz/streams


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🟪Microsoft jamoasi bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

🗣️ Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi AT ta’lim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, joriy etilgan dasturlar, xalqaro sertifikatlar hamda malakali mutaxassislarni tayyorlayotgan AT ta’lim markazlari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ekotizimning AT mutaxassislarining rivojlanishi va munosib rag‘batlantirilishini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.


Microsoft jamoasi mazkur tashabbuslarga katta qiziqish bildirdi. Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yuqori malakali AT mutaxassislari shakllanganini qayd etib, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏32
2025/10/22 07:38:45
Back to Top
HTML Embed Code: