Telegram Web
Forwarded from MFaktor.uz
IT Stars bilan aql eksporti va $3000/$4000 maosh

MFaktorning navbatdagi ko'rsatuvi IT Stars loyihasi haqida bo'lib o'tadi.

IT Stars — masofaviy ishlarni ommalashtirish hamda zamonaviy kasb egalarining jahon bozoriga chiqishlariga ko'maklashuvchi loyiha hisoblanadi.

👥 Mehmonlarimiz:
Zafarbek Ibrohimov - IT Stars loyihasi va TechCells kompaniyasi asoschisi

Odilbek Mirzayev - "PDP Academy" asoschisi

🤓 Siz ham zamonaviy kasb egasimisiz va jahon bozorida o'z aqliy mehnatingizni sotmoqchimisiz?

Ushbu ko'rsatuvda jahon bozoriga chiqsh uchun nimalar qilish kerakligi haqida batafsil bilib olasiz.

📅 18-oktabr (bugun) soat 20:00 da MFaktor YouTube kanali orqali jonli efirni tomosha qiling!

👉 https://youtube.com/c/MFaktoruz

@MFaktorUz
Forwarded from Najot Ta'lim
Mission Impossible: Ishga kirish — Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klass

Maqolani eʼtiboringizni hozirda bozorda uchrayotgan qiziq bir holatga qaratish bilan boshlamoqchimiz. Atrofimizga qarasak, juda koʻp yoshlarni, taʼlim olgan, hunar oʻrgangan, biror ishni uddalash darajasida boʻlganlarning ish qidirayotganliklarini koʻramiz.

👨‍💻 Xoʻsh, nahot ishga kirish shunchalar qiyin boʻlsa, nega bunchalik koʻp yoshlar haligacha biror joyda muqim ishlashni boshlamagan deb, vakansiyalar eʼlon qiluvchi veb-saytlarni koʻzdan kechirsak yoki nomi ancha taniqli boʻlib ulgurgan korxonada ishlovchi doʻstimiz bilan gaplashsak, kadr yetishmovchiligidan noliyotganligini koʻrishimiz mumkin.

Qiziq, yuqorida taʼkidlagan sifatlarimizga ega boʻlgan yoshlar ish qidirmoqda, aynan oʻsha yoʻnalish boʻyicha esa bozorda yetarlicha vakansiyalar mavjud.

💸 Unda muammo nimada? Ish beruvchilar koʻp narsa talab qilishmoqdami yoki ularga taklif qilinayotgan maosh yoshlarni qoniqtiradigan darajada emasmi? Yoki ishga kirish uddalab boʻlmas topshiriqmi?

Bozorda qanday kadr qadrlanmoqda, ishga kirish uchun qanday bosqichlardan oʻtish kerak, barcha ketma-ketlik qanday kechadi oʻzi?

Hozir sizga havola etilayotgan video orqali, aynan yuqoridagi savollarga oʻz tajribasidan kelib chiqib javob bergan, yoshlar bilan oʻz bilimlarini ulashgan ustoz Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klassni koʻrishingiz mumkin.

📌 Premyera bugun, 30-oktabr, 20:00 da boshlanadi

🔗 Havola:
https://youtu.be/tU5F2bJvnds
YouTube da 9 soatlik Java videodarsini ko'rgan Boqivoy, ertasi kuni bemalol Hind tilida so'zlashishni boshladi!
Assalamu alaykum.
Odatda bunaqa narsa yozmiman, lekin odam ming yaxshi bo'lishga harakat qilsayam, befarosat-bekorchila (....va yana bir qancha shirin so'zlar) chiqvurarkan asabga tegadigan.

@devel0persaidbek

Iltimos shu akkaunt ga spam bosvorila. Hammaga Rahmat !!!
Akkaunt ga spam berib bo'lmas ekan (bilmagandim). Agar mabodo kimgadir mani nomimdan kimdir yozsa, iltimos username ni yaxshilab tekshirib ko'rila!!!

Hammaga Rahmat va Salomat bo'lila!
Forwarded from Uzbek Diaspora
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
We are pleased to announce another exciting interview! This time our guest is Saidbek Arislonov, a Senior Full Stack Developer at Mastercard and a popular Mentor in the world of programming.

He studied only 3 semesters at New York City College of Technology and dropped out in search of a valuable skill that later turned into his passion and a full time work.

In this interview, we will be talking about his unique professional experience, his transition from a manual labor into a more sophisticated industry of Information Technologies, the value of his skills in his life, the influence of his environment in his decision making, and the future of the IT industry.

During the online event, you get a chance to get answers to your career-related questions live on our social media platforms. Stay tuned!

When: November 14, 2021, 11AM EST
Where: Live on Uzbek Diaspora’s YouTube, LinkedIn and Facebook channels.
#tavsiya

JavaScriptda hamda Leetcode masalarni yechishni o'zbek tilida o'rganmoqchi bo'lganlar uchun quyidagi kanalda yaxshi video darslar joylab borilmoqda. Agarda masala yechishni o'rganmoqchi bo'lsangiz foydalanib ko'ring!

🔗 https://www.youtube.com/channel/UCV_FW8cXHYEmvWkC0Z-JtSA/videos
Forwarded from Yahyo Umarov
​​BEPUL LOGO DIZAYN INTENSIV! (oxirgi kun)

🟣 Anchadan beri dizayn sohasiga qiziqasizmi ?

🔵 Dizayn sohasi sizniki yoki sizga to‘g‘ri kelmasligini bilishni xohlarmidingiz ?

👤 Mening ismim Yahyo Umarov Why marketing agenstvasi asoschisi, 5 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan Dizaynerman, shu paytgacha 50+ dan ortiq Logo Dizayn loyihalarini amalga oshirdim.

Siz ham o‘zingizni dizayn sohasida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz unda sizini 3 kunlik bepul onlayn Logo dizayn intensivimizga taklif qilamiz

🚀 Intensiv davomida real proyekt olib uni g‘oya qidirishdan boshlab tayyor Logo holatiga keltirishgacha bo‘lgan bosqichlarni sinalgan usulda ko‘rib chiqamiz.

5/6/7-noyabr kunlari soat 20:00 da bo'lib o’tadi!

👉🏻 BEPUL RO’YXATDAN O’TING!

Intensivda ko‘rishguncha 😉
Forwarded from Avlo Podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasiga qiziquvchilar koʻrishi shart boʻlgan suhbat | Zafarbek Ibrohimov

🌏 IT dunyoni egallamoqda. Minglab o‘z ishining ustalari jahon bozorida kimo‘zarga bellashmoqda. Ular orasida bizning qorako‘zlar bormi? Umuman, mamlakatimizda IT mutaxassislariga e’tibor qanday?

Qarshi oling! Siz uchun “Avlo Podcast”dan maxsus suhbat! “IT Stars” va “TechCells” kompaniyalari asoschisi Zafarbek Ibrohimov koʻrsatuvimiz mehmoni bo'ldi.

Nega aksariyat yoshlar IT strategiyalariga moslasholmay sohani tark etmoqda? Bunga suhbatimiz davomida javob topasiz.

Shuningdek, siz IT sohasining sir-asrorlari, nazariy va amaliy bilimlarning o‘rni, frelanserlik etikasi, biznes analitikasi, shuningdek, O‘zbekistondagi IT sohasidagi yoshlar va ularning muammolari haqidagi ochiq mulohazalardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

🔴 YouTube

📌 Toʻliq suhbatni bugun, soat 21:00 da YouTube kanalimizda tomosha qiling!
AQSH dagi IT sohasiga qiziqgan tanishlarga yuborib qo'yamiz!

IT sohasida quyidagi kasblar bo'yicha mashg'ulotlarimiz boshlanmoqda:
- Project Manager
- Business analyst
- QA tester

Biz 2010-yildan beri AQSHda ushbu sohada faoliyat yuritamiz va shu davrgacha 400 ga yaqin talabalarni IT sohasida karyera boshlashiga sabab bo'lganmiz!
Barafsil: https://www.youtube.com/watch?v=YnDohDmt3uI
20 daqiqadan so'ng inshaAllah. Suhbat ingliz tilida bo'lib o'tadi.
Forwarded from Uzbek Diaspora
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
We are pleased to announce another exciting interview! This time our guest is Saidbek Arislonov, a Senior Full Stack Developer at Mastercard and a popular Mentor in the world of programming.

He studied only 3 semesters at New York City College of Technology and dropped out in search of a valuable skill that later turned into his passion and a full time work.

In this interview, we will be talking about his unique professional experience, his transition from a manual labor into a more sophisticated industry of Information Technologies, the value of his skills in his life, the influence of his environment in his decision making, and the future of the IT industry.

During the online event, you get a chance to get answers to your career-related questions live on our social media platforms. Stay tuned!

When: November 14, 2021, 11AM EST
Where: Live on Uzbek Diaspora’s YouTube, LinkedIn and Facebook channels.
Forwarded from LiveTalks.TV
🔥🔥🔥Cho’qqini zabt etgan o’zbek programmistlari Orif Turabaev, Sherali Obidov va Azizbek Ergashev lar bilan jonli video muloqot !!!

👉25-dekabr soat 20:30 da

Mavzu: ToshMI Tibbiyot Talabalikdan Facebook da Partner Engineerlikkacha!!!

https://livetalks.tv

https://www.tgoop.com/livetalksTV
Forwarded from MohirDev.uz
​​Chegarasiz taʼlim olish imkonini beruvchi mohirdev platformasi 500 000$ investitsiya jalb qildi.

2021 yil Iyul oyida asos solingan mohirdev.uz platformasining asl maqsadi sifatli va ommabop onlayn taʼlim yordamida yosh mutaxassislarni tayyorlash. Hozirga qadar mohirdev.uz saytida 30 dan ortiq bepul va pullik kurslarda 15000 dan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda.

O‘tgan bir necha oy davomida investorlar bilan muzokaralar olib borgan «mohirdev» loyihasi 29 Dekabr kuni "Pulse Group" O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasi bilan kelishuvga erishdi va platforma rivoji uchun 500 000$ investitsiya jalb qildi.

Shu kunga qadar sanoat va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, keng-tarmoqli “Pulse Group” kompaniyasi uchun ham mohirdev platformasi bilan hamkorlik IT sohasidagi birinchi investitsiya hisoblanadi.

Jalb qilingan investitsiyalar kurslar soni va sifatini oshirish, talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, Markaziy Osiyo davlatlariga chiqish va eng muhimi 2023 yilda onlayn universitet tashkil etish uchun yo’naltiriladi.

mohirdev platformasi asoschilari:

Dr. Anvar Narzullayev
- Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi, sariq.dev loyihasi asoschisi, Axborot Texnologiyalari muhandisi.

Muhammad Xalil - Westminster International University in Tashkent BIS (Business Information Systems) bitiruvchisi. Wasaf Int. Solutions va bir nechta startup loyihalar asoschisi.

Ulug‘bek Samigjanov - 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stask dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasi yetakchi dasturchi-muhandisi, hamda Toptal Freelanse platformasi aʼzosi. Stanford Code In Place va RSSchool maktabi mentori.
2025/07/05 23:54:51
Back to Top
HTML Embed Code: