Har kim oʻz hayotini xohlagan joyiga tiqishi mumkinligidan foydalanib bir qancha vaqtdan beri instagram tarmogʻidagi vaynerlarni kuzatishni boshladim. Xulosam shuki, ularning orasida eng rasvolari buxoroliklar ekan. Eng koʻp soʻkinishlar, eng behayo vaynlar, eng bachkana vaynlar shularga tegishli. Ularning orasida kuzatuvchilari bir necha oʻn mingligi ham, bir necha millionligi ham bor. Bilmadim, sogʻlom jamiyatda bunday videosi tarqab ketgan kishi uyatdan koʻchaga chiqolmasligi kerak. Bular esa ongli ravishda shu ishni qilishyapti. Talabalik yillarimda buxorolikman deb faxr bilan aytardim, chunki boshqa hudud vakillari Buxoroga, uning kadrlariga ixlos bilan qarashardi. Mana bu vaynerlar koʻpaygandan soʻng esa qayerdanligimni aytishga uyalib ham qoldim. Aktyorlik mahorati, puxta ssenariy, gʻoyaviy maqsad kabilar nari tursin, oddiy fahm-farosatdan ham mahrum masxarabozlar koʻpayar ekan, oxiri nima boʻladi, bilmadim...
Masalan, shu kitobni men tarjima qilganman. Nashrdan chiqibdi. Oʻqib chiqishga ulgurganlar ham bor. Asar mazmuni haqida ilgari yozgandim.
Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim:
– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki, Liza. Bitta odamni tanirdim. Turqidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi tomizmas, qizidan esa soʻngi chaqasini ham ayamas, qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyda qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
– Qizlarini hurmat-izzatda uzatish nari tursin, sotishga ham rozi oilalar qancha.
– Sevgi nimaligini bilmaydigan badbaxt oilalarda shunaqa boʻladi. Sevgi yoʻq joyda aql ham boʻlmaydi.
@salimov_blogi

Hammasi bir vaqtga toʻgʻri keldi. Muammolar girdobida qoldi. Aksiga olib doimgiday eng muhim pallada salomatligi pand bera boshladi. Ruhiy holati doim salomatligiga bevosita taʼsir qiladi.
Kurashishning foydasi yoʻq, qiladigan ish yoʻq, faqat kutmoq va umid qilmoq kerak. Bunday pallada eng muhimi chalgʻish, nimalar bilandir shugʻullanish, kim bilandir suhbatlashish.Ahvolini hech kimga bildirmaydi. Zero muammolarini oʻzi hal qilishi kerakligini, hech kimdan hech narsa kutmaslik kerakligini ancha oldin anglab yetgan. Biroq shunchaki suhbatlashish, vaqt oʻtkazish qiyin emas-ku, toʻgʻrimi? Ammo hayot tez, hamma oʻz tashvishi bilan band. Odamlar bir-biriga hech bir sababsiz vaqt ajratmay qoʻygan. Oila, bola-chaqa, ish, uyda choʻzilib yotish...
Yaqinlari haqida-ku gap boʻlishi mumkin emas. Uzoqdagi odam butun oʻrmonni, oʻrmon ichidagi odam bir nechta daraxtni koʻrgani kabi, yaqinlari uni hammadan koʻra kamroq taniydi.
Doimgi ishlarini qilaveradi. Hazillashadi. Tortishadi. Ichidan sekin nurab boraveradi hech kimga sezdirmay. Ozgina, ha, mana shunchagina eʼtibor bergan odam nimadir joyida emasligini tushungan boʻlardi. Koʻzlariga qarash kifoya. Biroq hech kim qaramaydi, qarolmaydi. Yashiradi u nigohlarini. U uchun koʻz xuddi soʻz kabi qadrli. Behudaga ishlatib boʻlmaydi. Muhim gap boʻlmasa birovning koʻziga qarab gapirmaydi.
Ha, kutmoq va umid qilmoq kerak. U oʻzidan boshqa hech kim bilmaydigan urush ichida. Bundan yo yanada kuchli, yo yanada ojiz boʻlib chiqadi. Chiqolmasligi ham mumkin...

Yolgʻizning gʻamini yemaydi hech kim,
Himoyasi uchun yelmaydi hech kim.
Eslashsa, dunyodan oʻtdi u, derlar,
Dunyodan oʻtkazdik, demaydi hech kim.
Abdulla Oripov
Himoyasi uchun yelmaydi hech kim.
Eslashsa, dunyodan oʻtdi u, derlar,
Dunyodan oʻtkazdik, demaydi hech kim.
Abdulla Oripov
Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" asari adibning eng mashhur romanlaridan biridir. Bu asar teran falsafaga yoʻgʻrilgani bilan ajralib turadi. Roman insonning ichki va tashqi go‘zalligi, jamiyatdagi tengsizlik, axloqiy qadriyatlar va insoniyatning ikkiyuzlamachiligini aks ettiradi. Asar voqealari 17-asr Angliyasida sodir bo‘ladi va jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasidagi keskin farqlarni ochib beradi.
Asar markazida Guinplen ismli qahramon turadi. U yoshligida odam savdogarlari tomonidan o‘g‘irlanib, yuzida jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan, natijada uning yuzini tabassum hech qachon tark etmaydigan boʻlib qolgan. Guinplen o‘zining fojiali tashqi ko‘rinishi tufayli ko‘pchilikda qiziqish va nafrat uyg‘otadi.
Qisqa xulosa qilganda mazkur asarda:
– Insoniyatning ikkiyuzlamachiligi: Jamiyatning tashqi ko‘rinishga haddan ziyod ahamiyat berishi tanqid qilinadi;
– Ichki go‘zallikning ustuvorligi: Guinplenning tashqi qiyofasiga qaramay, uning samimiy va pok qalbli ekanligi namoyish etiladi;
– Adolat va tenglik: Asar ijtimoiy tengsizlikka qarshi chiqadi va inson qadr-qimmatini ulug‘laydi.
"Kulayotgan odam" nafaqat bir insonning fojiali taqdiri haqidagi hikoya, shuning bilan birga insoniyatga koʻzgu tutadigan falsafiy asardir. Gyugo bu asar orqali jamiyatni o‘z xatolarini tan olishga va yaxshilik tomon intilishga chaqiradi.
Xullas, mana shunday ajoyib asar mohir tarjimon tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilibdi. Ming afsuski, quyidagi kulguli muqovada nashr qilinish arafasida. Yuqoridagi mulohazalarning oʻziyoq asarning qanchalar jiddiy mavzuda ekanini koʻrsatib turibdi. Nashriyot ham mana shunday jiddiy yondashmogʻi kerak. Muqova dizayni sunʼiy intellekt orqali qilingan. Ammo sun'iy intellektni yaxshi ishlatish uchun avvalo insonda tabiiy intellekt yaxshi ishlashi kerak. Ta'riflashda ijodkorona ruh kerak. Shunda sun'iy intellekt sizga tuzukroq muqova tayyorlab beradi.
Qolaversa, 600-700 betlik kitobni ikkiga boʻlib chiqarishga ham hojat yoʻq. Bosmaxonalarning texnik imkoniyati bunga bemalol yetadi. Muqova esa albatta oʻzgartirilishi kerak. Multfilmmas-ku axir bu, doʻstlar...

– "Kulayotgan odam" yaxshi kitob, lekin bu muqovada oʻqib boʻlmaydi, Olrij.
– Endi nima qilasiz, afandim?
– Pdf qilib, boshqa muqovada chiqarib olaman oʻzim.

Fyodor Dostoyevskiy – "Yer ostidan maktublar"
Dostoyevskiydan ilk oʻqigan kitobim "Oydin tunlar" edi. Keyin "Telba", "Jinoyat va jazo", "Iblislar"ni oʻqidim. Shulardan soʻng uning ilk asari boʻlmish "Kambagʻallar"ni oʻqiganimda umuman yoqmadi. Nahotki shuni ham Dostoyevskiy yozgan boʻlsa deb oʻylanib qoldim. Oʻtgan yillar davomida uning koʻp kitoblarini oʻqigach shunday xulosaga keldim: Dostoyevskiy asarlari bir-biridan butkul farq qiluvchi ikki guruhga boʻlinadi.
Qahramonlar ruhiyatidagi qarama-qarshiliklar, psixologik va falsafiy tahlillari jihatidan "Yer ostidan maktublar" asari "Telba", "Jinoyat va jazo", "Aka-uka Karamazovlar" bilan bir guruhga kiradi. Aynan shu asari Dostoyevskiy ijodida yangi davrni boshlab bergan.
Bosh qahramon oʻzini yer osti odami deb ataydi. Bunga sabab u ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etmaydi, jamiyatdan oʻzini ajratib qoʻyadi, odamlardan nafratlanadi, oʻzini ulardan ustun qoʻyadi va bir vaqtning oʻzida ularga hasad qiladi.
Asar ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismda qahramon oʻz hayotiy qarashlarini monolog shaklida bayon qiladi, shaxsiy falsafasini asoslaydi. Uning falsafasiga koʻra, hayotda doim ham aql, mantiq bilan ish koʻrib boʻlmaydi, hissiyotlarga ham katta eʼtibor berish kerak. Ikkinchi qismda esa syujet orqali qahramon shaxsiyatidagi qarama-qarshiliklar koʻrsatib beriladi. Bu ayniqsa boshqalar bilan onda-sonda boʻladigan aloqalarida koʻzga tashlanadi.
Inson ekzistensiyasidagi ziddiyatlar tahlilidan iborat boʻlgani uchun mazkur asar ekzistensial adabiyotning dastlabki namunalaridan biri sifatida koʻriladi. Qahramon jamiyatdan nafratlanadi, biroq uning oʻzi shu jamiyatning bir parchasi. Adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, axloq inqirozi, absurd munosabatlar tufayli jamiyatdan begonalashadi, iztirobga tushadi, biroq yolgʻizlikdan yanada koʻp iztirob chekadi. U jamiyat bilan ham, jamiyatsiz ham yasholmaydi. Mana shu paradoks hayotini zaqqumga aylantiradi. Dostoyevskiy bunga yechim bermaydi, u shunday muammo borligini birinchi boʻlib adabiyot orqali koʻrsatib bergani hamda chuqur tahlil qilgani uchun eʼtirof etiladi. Zero muammoni payqash yechim tomon qoʻyilgan ilk qadamdir.

Qachondir shunday boʻlsa, ya'ni kanalim oʻchib ketsa shu kitob mendan va kanalimdan esdalik boʻlib qoladi. Tez kunda! @ZabarjadMedia – kuzatib boring.
Goʻzallik, poklikdan uyalib,
Qisilib, qimtinib turasan.
Qop-qora devorga suyanib,
Yop-yorugʻ xayollar surasan.
Iloham, tong kabi yuzingga
Hirslanib, hezlanib boqarlar,
Koʻzlarin qoqarlar koʻzingga,
Qalbingni azoblab yoqarlar.
Yiqilma, oʻzingni ushlagin,
Otsinlar jaholat toshini,
Labingni qattiqroq tishlagin,
Koʻrsatma koʻzlaring yoshini...
Shavkat Rahmon
@salimov_blogi
Qisilib, qimtinib turasan.
Qop-qora devorga suyanib,
Yop-yorugʻ xayollar surasan.
Iloham, tong kabi yuzingga
Hirslanib, hezlanib boqarlar,
Koʻzlarin qoqarlar koʻzingga,
Qalbingni azoblab yoqarlar.
Yiqilma, oʻzingni ushlagin,
Otsinlar jaholat toshini,
Labingni qattiqroq tishlagin,
Koʻrsatma koʻzlaring yoshini...
Shavkat Rahmon
@salimov_blogi
Stendalning "Qizil va qora"sini oʻqiyotib, bosh qahramon – Jyulenning quyidagi ruhiy holati eʼtiborimni tortdi, u Matildaning ishqida yonib yurganidagi tasvirni bir oʻqing:
"Uch kun burun u abbat Kastanedni jon deb otib tashlagan boʻlardi. Biroq endi Strasburgda bironta goʻdak u bilan bahslashib qolgudek boʻlsa, u oʻzi emas, ana shu goʻdak haq boʻlsa kerak, deya oʻylardi. Oʻz hayotida toʻqnashgan barcha raqib va dushmanlarini eslar ekan, Jyulen endi doim, ayb ularda emas, oʻzimda boʻlgan, degan qarorga kelardi".
Menimcha, asarda oʻzimizga tanish narsalarni koʻrib qolganimiz uchun ham adabiyotni sevsak kerak. Hammani oʻtmishi, hislari, kechinmalari turlicha, shu bois bitta kitobdan hamma har xil narsani topadi. Masalan, yuqoridagi holatni bir vaqtlar boshdan kechirgandim.
Shunday ruhiy holatga tushgandimki, butun gunohlarim koʻz oldimda gavdalandi, faqat men qora, qolgan barcha oppoq koʻrindi koʻzimga. Hech kimga qattiq gapirmay qoʻydim. Odamlarning koʻnglini ogʻritishdan qochdim. Hatto oʻzim boshini aylantirgan hamma qizdan kechirim soʻrab chiqqandim, eslasam kulgim keladi hozir. Aksiga olib roʻyxat uzun edi, qaysidiri bu qiligʻimdan kuldi, qaysidiri ta'sirlandi, bittasi erga tegib ketgan ekan, sal qoldi eri bilan orasi buzilishiga)
Rivoyat qiladilarki, bir kishi donishmanddan maslahat soʻrabdi:
– Hech kimga muhabbatim yoʻq, hatto ota-onamga, farzandlarimga mehrim yoʻq, diydam qattiq. Nima qilay?
Donishmand maslahat beradi:
– Echki boqib oling, har kuni uni oʻz qoʻlingiz bilan ovqatlantiring, yuvintiring, erkalang, sayrga olib chiqing. Uch oy shu ishlarni ogʻishmay qiling, keyin uni qassobga topshiring.
Maslahatga qat'iy amal qiladi. Shundan soʻng oʻzgarib qoladi. U echkiga oʻrganib qolgandi, undan ayrilish koʻnglini yumshatadi. Hatto bitta hayvonga mehr qoʻysak va undan ayrılsak, ozmi-koʻpmi dard chekamiz, qiynalamiz. Endi kimgadir chinakam koʻngil qoʻyish va undan ayrilishni tasavvur qilib koʻring. Sevgi dardini chekkan odam halim, beozor, tushunuvchan boʻlib qoladi. Bir soʻz bilan aytganda, insoniylikka ega boʻladi. Sevgi shunday yuksak tuygʻuki, sevgining nafaqat visoli, balki ayriligʻi ham insonga koʻp narsani oʻrgatadi.
Seving. Imkoni boʻlsa ayrilmang. Ayrilsangiz ham gʻam chekishdan uyalmang. Mana shu gʻam sizni sevgisiz insonlardan ancha yuksakka olib chiqib qoʻyadi.

Yana yurdim bugun o‘sha yo‘llardan,
Yayov tentiradim oqshomga qadar.
Bizlar baxtli edik ! Men oshiq edim !
Bugunda sen yo‘qsan, men bir darbadar...
Qo‘l ushlashib ketdi bir yigit, bir qiz,
Birdan yetmay qoldi menga havolar.
O, ular naqadar baxtiyor juftlik !
O, ular bo‘lajak baxtiqarolar !
Ilhom Salimov

Stendal – "Qizil va qora"
Men bu kitobni ancha yil avval armiyadaligimda oʻqib chiqqandim. Xonada oʻzi sanoqli kitob bor edi, yupqaroqlari allaqachon egalarini topgandi. Vaqtni oʻldirish uchun shundan boshqa variant qolmagandi. Oʻzi zerikishdan qochib oʻqigan boʻlsam-da, kitob battar zeriktirgandi. Kitob yoqmagani uchunmi, na boshi, na oxiri yodimda qolgan, kimdir oʻzi bu asar nima haqida deb soʻraguday boʻlsa, "Uni sevamanmi, yoʻq-yoʻq, buni sevamanmi?" deb yuruvchi beqaror yigit haqida deb qoʻya qolardim.
Vaqt sinovidan bejizga oʻtmagandir, balki oʻshanda issiq havo va biqiq muhit ongimni xiralashtirgandir, degan gumonda qayta oʻqidim. Mutolaa yana zerikarli kechdi.
Avvalgi safar gʻashimga tekkan masalani bu safar nihoyatda tabiiy qabul qildim. Ya'ni sevgidagi ikkilanishni. Oʻzini tahlil qila oladigan odam, sevgi borasidagi adashishlarini hech boʻlmasa oʻzining oldida tan oladi. Gohida biriga koʻngil qoʻyib, usiz oʻlib qolaman, deb oʻylaysiz. Biroq vaqt oʻtib uni koʻrgani koʻzimiz, otgani oʻqimiz qolmaydi. Gohida bir inson bilan munosabatda boʻla turib, boshqasiga nisbatan ham iliqlik his qilamiz. Stendal inson tabiatidagi mana shu jihatlarni tahlil qilib, muhabbat haqida alohida risola ham yozgan ekan. "Qizil va qora"da oʻsha nazariyasiga badiiy toʻn kiydirgan boʻlsa, ne ajab. Jyulen chin muhabbat va shunchaki havas arosatida adashadi.
Jyulen Sorelning muhabbatlari fonida Stendal Napoleondan keyingi Fransiyani, burjuaziya va zodagonlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni, jamiyatning siyosat va din bilan chalkash munosabatlarini tasvirlaydi. Bunda psixologik realizmdan foydalanadi. Jyulen Martin Iden kabi quyi tabaqadan yuqori tabaqaga intiladi. Biroq unda Martindagi kabi toza qalb, vijdon, samimiy havas, ixlos yoʻq edi. Jyulen eng boshidanoq oʻzi intilayotgan jamiyatdan nafratlanardi, uning har bir harakati ostida pastkash niyatlar yotardi.
Nega qizil va qora? Qizil Napoleon davri, jang, harbiy yurishlar, qora esa cherkov, monarxiya ramzi. Yoki romantik yondashsak, qizil ehtiros, visol, qora esa ayriliq, oʻlim ramzi.
"Qizil va qora" oʻqimasa ham boʻladigan kam sonli klassik asarlardan biri. Bunga sabab shunchaki menga yoqmaganimi? Yoʻq. Asarda kamchiliklar bisyor.
Asar dinamikasi juda sust. Ortiqcha detallar haddan ziyoda koʻp. Bosh qahramonning xarakteridagi mantiqsizliklar shundoq boʻrtib turadi. Harakatlari bir-biriga toʻgʻri kelmaydi, yetarlicha asoslanmaydi. Ikkinchi darajali qahramonlar umuman ochib berilmagan, ayni shu kamchiligi boshqa klassik asarlar oldida "Qizil va qora"ning sayozligini koʻrsatib bergan. Boshqalar faqat Jyulenning atrofidagi yordamchi detal sifatida tanlangani sezilib qoladi. Garchi roman realistik adabiyot sirasiga kirsada, unda romantizm ruhi ufurib turadi. Muallif realistik asar yozmoqchi boʻlgan, biroq qahramonlarning xarakteri, qarorlari, ayniqsa asar yakuni oʻsha davrda urfdan qolib borayotgan romantizmga tortib ketadi. Stendalning oʻzi Napoleon muxlisi boʻlgani uchun qoʻmondonga nisbatan simpatiyasini asarga majburlab qoʻshadi. Birinchi qismda Napoleonga muhhabati Jyulen uchun hayot-mamot masalasi sifatida koʻtariladi, keyingi qismlarda esa bu shunchaki unutib yuboriladi.
Stendal gazetada ikki ayolning boshini aylantirib, soʻng oʻlimga hukm qilingan yigit haqidagi maqolani oʻqib, "Qizil va qora"ni yozish fikriga tushadi. Asarning poydevori oʻsha maqola ustiga quriladi, muallifning qoʻshimchalari esa poydevorga yopishmagani juda sezilib qolgan. Xullas, "Qizil va qora" shunchaki oʻz davrini koʻrsatib bergani uchungina qiymatli, badiiy jihatdan esa nihoyatda boʻsh va zerikarli. Ikki marta oʻqigan odamning fikriga ishonavering.