Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#HududlardanXabarlar #Xorazm

🔼Xorazmda “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” aksiyasi faol o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” ijrosi yuzasidan yurtimiz hududlarida ekologik tozalikka oid aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 2025-yil 25-iyun kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani “Gulg‘uncha” MFY hududida tashkil etildi. “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida viloyat prokuraturasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi boshqarma xodimlari, “ECO-KLASTER” MCHJ vakillari, MFY faollari va ko‘ngillilar ishtirokida tozalash ishlari amalga oshirildi.

Aksiya davomida jami 14 tonna chiqindi yig‘ilib, belgilangan chiqindi poligonlariga olib chiqildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham aksiyada faol ishtirok etib, mahallangiz ozodaligiga hissa qo’shing.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Sevara Nazarxon: “Tabiatga mehr, o‘zimizga hurmatdir!”

Mashhur xonanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon jamiyatni tabiatni asrashga, ekologik mas’uliyatni his qilishga chaqirdi. San’atkor o‘zining dam olish vaqtida boshqalar tomonidan tashlab ketilgan chiqindilarni yig‘ishtirib, nafaqat namunali harakatni amalga oshirdi, balki keng jamoatchilikni ham ongli bo‘lishga undadi.

Sevara Nazarxon ijtimoiy tarmoqdagi chiqishida: “Dam olish yaxshi, ammo ketishda atrofni o‘z holiga qaytarib ketish undan ham muhim. Har birimiz tabiatni asrashga hissa qo‘shsak, o‘zimizga ham, kelajak avlodga ham yaxshilik qilgan bo‘lamiz”, — deya fikr bildirdi.

San’atkor barcha fuqarolarni sayohat va hordiqdan so‘ng o‘zlaridan qolgan chiqindilarni yig‘ishtirib ketishga, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Bu tashabbus keng jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab qo‘llab-quvvatlovlar bilan baham ko‘rilmoqda. Sevara Nazarxon o‘zining ushbu ibratli harakati bilan ekologik madaniyatni rivojlantirish yo‘lida muhim hissa qo‘shmoqda.
💬

Севара Назархан: «Любовь к природе — это уважение к себе!»

Известная певица Севара Назархан призвала общественность беречь природу и проявлять экологическую ответственность. Во время отдыха артистка собрала мусор, оставленный другими отдыхающими, тем самым не только подала личный пример, но и обратилась к людям с призывом быть сознательными.

В своём обращении в социальных сетях Севара Назархан отметила: «Отдых — это прекрасно, но ещё важнее — оставить после себя чистоту. Если каждый из нас внесёт свой вклад в охрану природы, мы сделаем добро и для себя, и для будущих поколений».

Певица призвала всех граждан убирать за собой мусор после отдыха и бережно относиться к окружающей среде.

Эта инициатива была положительно воспринята общественностью и получила широкую поддержку в социальных сетях. Своим примером Севара Назархан вносит важный вклад в развитие экологической культуры.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #ЗнаетеЛиВы

Chiqindi qutisiga qaysi turdagi mahsulotlarni tashlash mumkin yoki mumkin emasligini bilasizmi?

🔄Mumkin!
🟠Organik va maishiy chiqindilar (oziq-ovqat chiqindilari);
🟠Konserva va qadoqlangan chiqindilar (tetrapak va alyumin idishlar);
🟠Kiyim-kechak va oyoq kiyimlar;
🟠Qog‘oz va karton;
🟠Plastik chiqindilar;
🟠Shisha idishlar;
🟠Yog‘och mahsulotlari.
💬

Taqiqlanadi!
⚫️Qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘simlik qoldiqlari;
⚫️Qurilish chiqindilari
(g‘isht, gipsakarton, qum, shag‘al, kafel);
⚫️Qattiq, suyuq yoqilg‘i va neft qoldiqlari (kul, bo‘yoq, moy);
⚫️Batareyka va akkumulyatorlar;
⚫️Turli xil elektr lampalari;
⚫️Avtomashina shinalari;
⚫️Elektron chiqindilar;
⚫️Tibbiyot chiqindilari;
⚫️Yirik hajmdagi chiqindilar (mebel, eshik-deraza romlari, matras)

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BizKorrupsiyagaQarshimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish” yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-yil 6-iyuldagi 5177-sonli Prezident qaroriga muvofiq, Agentlikda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlar:
- Xodimlar uchun muntazam trening va seminarlar tashkil etilmoqda;
- Ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilmoqda;
- Davlat xaridlari jarayonida ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan;
- Korrupsiya haqida xabar berish uchun maxsus axborot kanallari hamda ishonch raqamlari ishga tushdi;
- Xodimlar o‘rtasida korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida so‘rovlar o‘tkazilmoqda;
- “Korrupsiyadan xoli soha” tamoyili asosida keng qamrovli targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat nazorat emas, balki har bir xodimning mas’uliyatli yondashuvi va jamiyatdagi adolatga bo‘lgan ishonchining ifodasidir!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Elon #Объявление

☄️ Uyingizdan chiqmagan holda muammongizni hal eting!

🔈 Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi hamda tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga tegishli aniq va konkret masalalar yuzasidan takliflar, shikoyatlar, murojaatlar bormi?

Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling!

➡️ Batafsil
💬

У вас есть предложения, жалобы, обращения по вопросам управления с отходами и деятельности структурных организаций?

Тогда звоните на горячие линии 1205 и 1275 Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики
при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата!
➡️ Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlaynkuzatuv #онлайннаблюдение

🚯2025-yilning birinchi yarmida chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 15 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlandi


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish bo‘yicha tizimli faoliyati doirasida chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni davom ettirmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/66118

🚯Почти 15 тысяч случаев незаконного выброса отходов выявлено за первое полугодие 2025 года

Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата в рамках системной работы по обеспечению экологической безопасности и предотвращению загрязнения окружающей среды продолжается мониторинг соблюдения законодательства в области обращения с отходами.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/66118

🚯Nearly 15,000 Cases of Illegal Waste Dumping Detected in the First Half of 2025

As part of ongoing efforts to ensure environmental safety and prevent pollution, the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change continues systematic monitoring of compliance with waste management legislation.
https://gov.uz/en/eco/news/view/66118

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar #Jizzax

👮‍♀️ Jizzaxda ekologik tartib buzilishlariga qarshi reyd tadbirlari o‘tkazildi

Jizzax viloyatida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi hamda
viloyat IIB PPX bo‘limi bilan hamkorlikda ekologik reyd tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida aniqlangan holatlar:
- “Kimyogar” MFY hududida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilar belgilangan joyga emas, muassasa hududiga noqonuniy tarzda joylashtirilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mas’ul xodimga 1 875 000 so‘m (BHMning 5 baravari) miqdorida jarima qo‘llanildi.

- “Eko-patrul” guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat davomida Jizzax shahri “Shifokorlar” ko‘chasida joylashgan tibbiyot muassasasi tomonidan qurilish chiqindilari belgilanmagan joyga tashlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan MJtKning 91^1-moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma tuzilib, mas’ul shaxsga 750 000 so‘m (BHMning 2 baravari) miqdorida jarima belgilandi.

Chiqindilar maxsus texnika yordamida shu kuning o'zida bartaraf etildi.

⚠️ Diqqat! Belgilangan joylarga tashlanmagan chiqindilar atrof-muhitga zarar yetkazadi va bu holat ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Har bir fuqaro ekologik madaniyatga rioya qilishi lozim!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” aksiyasi qizg‘in davom etmoqda

Aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni asrash va toza hududlar sonini ko‘paytirish maqsadida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ekotarg‘ibot aksiyasi doirasida bir qator hududlarda mahallalar, jamoat joylari, chiqindi yig‘ish shahobchalari va yo‘laklar tozalanib, 89 tonnadan ortiq chiqindi yig‘ildi hamda chiqindi poligonlariga olib chiqildi.

Hududlar kesimida yig‘ilgan chiqindi miqdori:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 47,6 tonna chiqindi;
📍Xorazm viloyati – 14 tonna chiqindi;
📍Sirdaryo viloyati – 7,5 tonna chiqindi;
📍Samarqand viloyati – 10,5 tonna chiqindi;
📍Toshkent shahri – 1,4 tonna chiqindi;
📍Buxoro viloyati – 8,4 tonna chiqindi.

Ushbu amaliy sa’y-harakatlar ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, yashash hududlarini obod etish, hamda fuqarolar o‘rtasida chiqindi madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar #Namangan

🚛 Qattiq maishiy chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy texnik baza yaxshilanmoqda

Namangan shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimini yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududlarda ko‘cha va mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida to‘plash hamda olib chiqib ketish borasidagi xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida “Musaffo iqlim” MChJ tomonidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan:
- nosoz holatdagi 15 dona maxsus texnika kapital ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi;
- 100 dona avtomobil shinalari xarid qilinib, texnikalarning barqaror ishlashi ta’minlandi;
- shahar markaziy yo‘l bo‘yidagi maishiy chiqindilarni tozalash ishida foydalanish uchun “Samsung” rusumli zamonaviy ekskavator xarid qilindi.

Mazkur texnik salohiyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar shahar hududida ekologik holatni yaxshilash, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash hamda xizmat sifati oshirish, murojaatlarga yechim va aholi roziligi yo‘lida xizmat qiladi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar #Andijon

📍 Andijonda chiqindi yoqish zavodi qurilishiga start berildi

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 140 mln AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bu orqali kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
➡️ Batafsil
💬

В Андижане старт строительству завода по сжиганию отходов

Общая стоимость данного проекта составляет 140 миллионов долларов США. В рамках проекта ежедневно будет перерабатываться 1,5 тысячи тонн отходов, а годовой объём производства электроэнергии составит 240 миллионов кВт·ч.
➡️ Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/08 00:37:46
Back to Top
HTML Embed Code: