Telegram Web
Ushbu yuqoridagi video orqali 12 yashar Mirabbosda quyidagi 7ta qobiliyat borligini ko'rdim;

1. Kelajagini oldindan ko'rish qobiliyati
2. Ijobiylik bilan yondashuv qobiliyati
3. O'z-o'zini nazorat qilish qobiliyati
4. Teran fikrli, o'zining tanqidiy fikriga ega qobiliyat
5. Hayoti uchun to'g'ri va noto'g'ri yo'lni ajrata olish qobiliyati
6. Kelajakka dadil qadam qo'yish uchun o'ziga bo'lgan ishonch
7. Hissiy intellektga ega qobiliyat, ya'ni yoshiga mos hissiy dunyosiga ega.


Ushbu videoni ko'rish jarayonida miyamda "Mirabbosning bunday qobiliyatga ega bo'lish uchun ota-onasi nima qilgan ekan" degan savol haqida o'ylab ota-onasi Mirabbosni tarbiyalash jarayonida quyidagi vazifalarni qilganligi haqida xulosaga keldim;

1. Ota-onaning farzandga e'tibor berishi, unga nazoratchi sifatida emas, balki uni o'z yo'lini topishga kompas rolini bajarayotganlik vazifasi

2. Farzand bilan doimiy muloqotda bo'lishlik vazifasi

3. Har bir ko'rgan, o'qigan kitobidan xulosa chiqarishga dalda berishlik vazifasi

4. Hissiy dunyosiga xalaqit bermaydigan muhitni yaratib berganlik, ya'ni bolaga o'zini xavfsiz his qiladigan va his-tuyg'ularini erkin ifoda eta oladigan muhitni yaratib berganlik vazifalarini qilganliklari haqida xulosaga keldim.

Mirabbosning kelajagi porloqligi ko'rinib turibdi. Mana shu porloq kelajaginining tagida bolalikda o'tkazayotgan har bir daqiqasi asos bo'lyapti.
@seul_global_markazi
Opa-Singillar Uyushmasi va WAYU Korea hamkorligida
Mahfuza Baykaraeva (mb_korea) bilan oflayn uchrashuv!

👨‍💼 Agar Koreyada kompaniyalarda ishlashni istasangiz, rezyume yozish, amaliyot qilish yoki networking orqali qanday imkoniyatlar yaratish mumkinligi haqida savollaringiz bo‘lsa — bu uchrashuv aynan siz uchun!

Uchrashuv davomida quyidagi mavzularda suhbat quriladi

Ish beruvchilarga yoqadigan rezyume qanday bo‘lishi kerak?
Ish topish bo‘yicha foydali strategiyalar
Internship imkoniyatlari
Tanishuv (networking) kuchi

🗓Sana: 11-may, yakshanba
Vaqti: 13:00
📍Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi (서울 종로구 돈화문로11가길 99)

📌Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/WXTdR3jqiypb8Gin9

Sizni uchrashuvimizda kutamiz!

Instagram | Facebook | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayrim sabablarga ko’ra uchrashuvimiz ONLINE o’tkaziladigan bo’ldi.
Noqulaylik uchun uzr so’raymiz


Opa-Singillar Uyushmasi
va WAYU Korea hamkorligida
Mahfuza Baykaraeva (mb_korea) bilan online uchrashuv!

👨‍💼 Agar Koreyada kompaniyalarda ishlashni istasangiz, rezyume yozish, amaliyot qilish yoki networking orqali qanday imkoniyatlar yaratish mumkinligi haqida savollaringiz bo‘lsa — bu uchrashuv aynan siz uchun!

Uchrashuv davomida quyidagi mavzularda suhbat quriladi

Ish beruvchilarga yoqadigan rezyume qanday bo‘lishi kerak?
Ish topish bo‘yicha foydali strategiyalar
Internship imkoniyatlari
Tanishuv (networking) kuchi

🗓Sana: 11-may, yakshanba
Vaqti: 13:00 (Koreya vaqti bilan)

Zoom orqali uchrashuv linki:
https://us04web.zoom.us/j/79399026809?pwd=3Mkb1gYpUk1HdOgRGoNQZWwUgMZFqO.1

Sizni uchrashuvimizda kutamiz!

Instagram | Facebook | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jahongir Ganiev⚖️
✖️🛑"Soxta uy shartnomasi " deb atalgan serialimiz davom etadi: Yohud 2-fasl
Incheondagi soxta uy shartnomasi serialimiz endi nihoyasiga yetgandi.Ko'rdinglar 19 nafar talabani hech kimga quloq solmasdan Immigratsiya xodimlari deportatsiya qilib yubordi.Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan bu mavzu yana qaytdi. Hozir esa 전주 Immigratsiya bo‘limida 20 dan ortiq talaba tergovga chaqirtirilgan. Chaqirganlarning deyarli barchasi soxta uy shartnomasi qilganlar ekan.Ulardan nechtasi Immigratsiyaga borgan-bormagani hali nomalum.
Necha marta aytdik — soxta uy shartnomasi qilmanglar deb!
Ozgina gapga quloq solasizlarmi o‘zi?

@ganiev_tarjimon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SALOM KOREYA kanali
📣 Koreyadagi professional va tajribali faollarni birlashtiraylik

Koreyaga kelib, ma'lum bir sohada bilim va tajriba orttirgan, shu yo'lda boshqa hamyurtlarimizga xolis, beg'araz va professional yordam berib kelayotgan faollarimizni birlashtiraylik.

Agar siz shunday faollardan biri bo'lsangiz yoki shunday hamyurtimizni tanisangiz, iltimos, mana bu botga quyidagi ma'lumotlarni yuboring:
- Ism-familiya,
- O'zingiz va loyihangiz/kanalingiz haqida qisqacha ma'lumot,
- Link (ijtimoiy tarmoqlardan qaysi birida professional yordam berib kelayotgan bo'lsangiz, shuning linki).

Ushbu faollar va loyihalarning ro'yxatini jamlab, o'rtoqlashishga oson qilib, alohida post sifatida e'lon qilamiz.

Talablar:
Koreyada bo'lishingiz (yoki bo'lgan),
Koreyadagi hamyurtlarimiz uchun foydali loyiha bo'lishi,
Faoliyatingiz ma'lum bir sohadagi professional bilim va tajribaga asoslangan bo'lishi,
Faoliyatni davomli olib borayotganingizga kamida 1 yil bo'lgan bo'lishi yoki yetarlicha obunachilari/a'zolari bo'lib, kanal/guruh ancha faol bo'lishi,
Xolis, beg'araz (moddiy manfaat ko'zlanmagan, reklamalarsiz) bo'lishi va qonunlarga zid bo'lmasligi,
Quyidagilar mustasno: ma'lum bir yo'nalish bo'yicha tizimli yechim bermaydigan ma'lumotlar, shunchaki shaxsiy blog, ko'ngilochar, tijoriy, noprofessional kontent va shunga o'xshashlar.

Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 www.tgoop.com/SalomKorea

Koreyadagilar uchun guruh:
👉 www.tgoop.com/SalomKoreya

Koreyadagi startapchilarga:
👉 www.tgoop.com/OasisStartup

Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 www.tgoop.com/KoreyaSuhbatlari
Forwarded from Jahongir Ganiev⚖️
Koreyada chet ellik talabalar uchun qonuniy ishlash tartibi (아르바이트)
Talaba vizada (D-2, D-4) bo‘lganlar quyidagi shartlarda qonuniy ishlashlari mumkin:
1. Kimlarga ruxsat beriladi?
✔️ D-2-1 ~ D-2-4, D-2-6, D-2-7 (bakalavr, magistr, doktorantura),D-4-1, D-4-7 (til o‘rganish),D-2-8 (almashinuv talabasi)
✔️ Viza olganiga yoki kirib kelganiga kamida 6 oy bo‘lganlar
✔️ So‘nggi semestr GPA C (2.0) dan past bo‘lmaganlar
✔️ Til kursi (D-4) uchun — qatnashgan davrda 90% dan ko‘p darsda bo‘lganlar
2. Ruxsat olish tartibi:
1. 고용계약서 (ish shartnomasi) tuzish
2. 시간제취업확인서 (universitetdan tasdiq) olish
3. 출입국관리사무소 orqali ariza topshirish (onlayn yoki oflayn)
4. 허가스티커 (ruxsat stikeri) pasportga yopishtiriladi yoki onlayn beriladi
3. Ish vaqti cheklovlari:
●Dars vaqtida — haftasiga 30 soatgacha(u ham topik darajaga qarab kamayishi mumkin)
●Dam olish/ta’tilda — cheklov o‘zgarishi yo‘q(u ham topik darajaga qarab )
●D-2 talaba — bir vaqtda 2 joyda ishlashi mumkin
●D-4 talaba — 1 joyda, 6 oygacha
4. Ruxsat etilgan ishlar:
Tarjimonlik, ofis yordamchisi, restoran xizmati
Duty-free do‘kon, turistlarga yordam
방학 paytida E-1~E-7 sohasida intern sifatida ishlash
제조업 (ishlab chiqarish) — faqat TOPIK 4급 bilan
5. Ruxsat talab qilinmaydi:
■Mukofot pullari, kichik xizmatlar uchun bir martalik to‘lov (사례금)
■Universitet ichidagi ilmiy-tadqiqot (논문, 과제)
6. Taqiqlangan holatlar:
Qurilish sohalari (건설업) — birinchi marta aniqlansa ham deport qilinasiz. Hatto Koreya prezidenti kafil bo'lsa ham.
택배, 배달, 대리기사, 학습지, 방문판매 kabi mustaqil ishlar
Vositachi orqali ishga kirish (파견, 알선)
영어키즈카페, 영어캠п — maxsus hujjatlarsiz taqiqlangan (학원larda o'zbek fuqarolariga ingliz tilidan dars berish ta'qiqlanadi)
7. Kerakli hujjatlar:
︎여권, 외국인등록증
︎성적표 yoki 출석증명서
︎표준근로계약서
︎사업자등록증 사본
︎시간제취업확인서 va 신청서

Iloji boricha Immigratsiyadan ruxsatnoma olib ishlashni maslahat beraman. Hozirgi kunda reydlar judayam kuchaygan.Hayot uchun xavfli bo'lgan ishlar ya'ni qurilish ishlarida Immigratsiyaga tutilib qolsangiz, Deportatsiya qilish ehtimoli katta. Bilaman qonuniy ishlash uchun berilgan soatlar kam, meni vazifam sizlarni ogohlikka chaqirib qo'yish xolos. Qanday qaysi holatda ishlaysizlar, bu shaxsiy tanlovlaring.Osonmas jon saqlab qolish bu yerda.Sizlarni ham tushunaman.

@ganiev_tarjimon
Forwarded from Elga yor (Elyor)
Daejeon Hokimiyati tarafidan na’munali chet ellik deb topilibman. 표창!

Daejeon shahrimizda 7 yildan beri yashab kelsam, oxirgi 4-5 yillikda ijtimoiy faol bo’lishga harakat qildim. Kichik faoliyatimni e’tirof etib na’munali chet ellik deb taqdirlashdi.

Asosiy qilgan ishim: Chet elliklarni shahrimizda qulayroq moslashib yashashi uchun proektlar va programmalarni tashkil qilib, ularda doimo qatnashib keldim. Bu sertifikatni olishda asosiy tavsiyani Daejeondagi Bolalar uyi “yetimxona” direktori va chet elliklar markazi raisi shaxsan yozib bergan deb eshitdim.

Qo’llab quvvatlash maqsadida kelgan akalarga katta rahmat. Shu qatorda shahrimizdagi UCD jamiyatiga ham rahmat.

표창 ni qanday foydalari bor, hali aniq bilmadimu, ammo men qilgan harakatlar e’tiborsiz qolmaganini aniq tasdiqlaydi deb ayta olsam kerak.

P.s: Xo’sh, shahrimizga bir so’z bilan tarif bersam: “Xotirjamlik” qolgan shaharlarga qaraganda ko’zga ko’rinadi.

@Elyorbilan

#natija@Elyorbilan
Forwarded from Jahongir Ganiev⚖️
⚠️ ShOSHILINCH OGОHLANTIRUV.⚠️
Adliya vazirligi nomidan telefon firibgarligiga (bozpishing) aldanmang!

Koreyada ayrim firibgarlar Adliya vazirligi yoki Imigratsiya xodimi nomidan qo‘ng‘iroq qilib, odamlarni qo‘rqitib, shaxsiy ma’lumotlarini so‘rayapti.
1. Telefon raqamlari orqali chalg‘itish:
Firibgarlar quyidagi rasmiy raqamlar bilan telefon qilishadi:
●02-2110-4039 (출입국심사과)
●02-2110-3294 (국제형사과)
●02-2110-3000 (Adliya mijoz markazi)
●02-6908-1345 (1345 Call Center)

Keyin sizdan :
●O‘zini xodim deb tanishtiradi
●Siz jinoyatga aloqador deyishadi
●Prokuraturaga borishingizni aytadi
●Shaxsiy ma’lumot (pasport, hisob raqami) so‘rashadi

‼️Endi shu joytiga yaxshilab e’tibor bering:
02-2110-3000 raqamidan hech qachon chiqish qo‘ng‘irog‘i bo‘lmaydi
●1345 call center xorijdagi fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilmaydi

2.Keyin sizdan ilova yuklashni so‘rashi ham mumkin:
●Ba’zi holatlarda o‘zini “Imigratsiya inspektori” deb tanishtirib:
●Siz borib kelgan davlatni so‘raydi
●Jinoyat sodir bo‘lgan davlatlarni tilga oladi
●Telefoningizga ilova (app) yuklab olishingizni aytadi
Bu – aniq firibgarlik!Sizni qo'rqitib ,shaxsiy ma'lumotlarizni olib, keyin xohlagan ishini qiladi.
Adliya vazirligi xodimlari hech qachon sizga:
●Prokuraturaga borishni
●Shaxsiy ma’lumotlarni berishni
●Ilova yuklashni
TALAB QILMAYDI!
Bu holatda qanday ehtiyot chorasini ko'rish kerak?
●Bunday qo‘ng‘iroqlarga ishonmang
●Shaxsiy ma’lumotlarizni telefonda hech kimga bermang
●1345 raqamiga o‘zingiz bog‘laning va so‘rang
Do‘stlaringiz va tanishlaringizga ham ogohlantirib, postni ulashib qo'ying.Chet elliklarni aldashga urinishlar ko‘paymoqda – ehtiyot bo‘ling!

@ganiev_tarjimon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HaksengUz
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat!

Assalamu alaykum!

Hurmatli hamyurtlar,
Sizni, Xalqaro Savdo Sohasini Zabt Etish deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz!

🎤 So'zlovchilar:

Anvar Abdurashidov – Korea FA Industrial Co., Ltd kompaniyasida Biznesni rivojlantirish menejeri

📌 Mavzu: Xalqaro Sotuv Menejeri Sohasida Ishlash Uchun Noyob Yondashuv

Diyorbek Berdikulov – OVISTECH Co., Ltd kompaniyasida Xalqaro sotuv menejeri

📌 Mavzu: Tortinchoq Inson Koʻp Narsani Yoʻqotadi

📅 Sana: 2025-yil, 25-May (Yakshanba)
Vaqt: 10:30 ~ 13:30
📍Joy: 성남시 외국인주민복지지원센터
(Songnam Shahri Chet elliklarni Qo'llab Quvvatlash Markazi)

🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin:

ℹ️ Xalqaro savdo sohasida ishlash haqida batafsil tushuncha:
Soha bo'yicha ishlash tog'risida so'zlovchilarning shaxsiy ko'nikma va tajribalari

⚡️ Real ish tajribalarini o‘rganish

🤝 Netvorking va savol-javoblar:
O‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati

Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!

Ro'yhatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/vB6xig273yy2vtPx9

Joyni topishda yordam kerak bo‘lsa, HaksengUz guruhiga www.tgoop.com/haksenguz_guruh xabar yozib bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizga yordam beramiz!

Manzilni Naver xaritada koʻrish:
https://naver.me/5l7kOujo

Manzilni Kakao xaritada koʻrish:
https://kko.kakao.com/1SDNMlVteA

HaksengUz Rasmiy Kanal:
https://www.tgoop.com/haksenguz
https://www.tgoop.com/haksenguz
https://www.tgoop.com/haksenguz

Sizni uchrashuvda kutib qolamiz!

Doʻstlaringizga ham ulashing!

Hurmat bilan,
HaksengUz Jamoasi

@HaksengUz
Forwarded from Jahongir Ganiev⚖️
🎙 PODCAST 3-SONI!
Bu safargi mehmonimiz Koreyada Immigratsiya sohasida katta tajribaga ega JAMSHIDDIN aka bilan bo‘lib o‘tadi!

🧭 Mavzu:
⚖️ Koreyada eng ko‘p sodir qilinadigan qonunbuzarliklar
Ularning ayanchli oqibati va oldini olish choralari


🎧 Nimalar haqida gaplashamiz?
🔹 Chet elliklar va o‘zbeklar orasidagi immigratsiya muammolari
🔹 Jarima, qamoq va deportatsiyaga olib keluvchi asosiy qonunbuzarliklar
🔹 Real hayotiy misollar va maslahatlar

Savolingiz bormi?
Kommentga yozib qoldiring —
Aniq manba va tajribaga asoslanib javob beramiz!

📍 Suxbat manzili: @ganiev_tarjimon Telegram kanalida

🗓 Sana: 2025-yil 31-may, Shanba
🔜 Vaqt: Koreya vaqti bilan soat 20:00

‼️ O‘tkazib yubormang! Bu suhbat Koreyadagi hayotingizni qisman bo'lsa ham o‘zgartirishi mumkin!

@ganiev_tarjimon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🎙 PODCAST 3-SONI
Bu safargi mehmonimiz Koreyada immigratsiya sohasida katta tajribaga ega JAMSHIDDIN aka bilan bo‘lib o‘tdi

🧭 Suhbat davomida quyidagi mavzularda gaplashdik:
⚖️ Koreyada eng ko‘p sodir qilinadigan qonunbuzarliklar
❗️ Ularning ayanchli oqibati va oldini olish choralari

📌 ASOSIY QONUNBUZARLIKLAR

00:00:01 HAMMA UCHUN
Viza va immigratsiya
● Viza va immigratsiyaga oid eng oxirgi tartib-qoidalarni 1345 (turli tillardagi immigratsiya call-markazi) va immigratsiya bo‘limi kabi rasmiy manbalardan emas, balki faqat internet, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar va odamlar beradigan ma'lumotlarga tayanib qolib ish tutish,
● Viza muddatini o‘z vaqtida cho‘zdirilmaslik, kech harakat qilish,
● Viza turida ruxsat etilmagan faoliyat bilan shug‘ullanish,
● Immigratsiya, politsiya, prokuratura va sud xodimlarini hech narsani sezmaydi, aldasa bo‘lar ekan deb o‘ylash,
● Begona odamning hujjatlaridan foydalanish yoki o‘zininki deb ko‘rsatish,
● Birovga tegishli ID karta, haydovchilik guvohnomasi, tibbiy sug‘urta, bank karta, bank kitobchasi kabi shaxsiy narsalardan foydalanish,
● ID karta, haydovchilik guvohnomasi, bank karta, bank kitobchasi kabi shaxsiy narsalarni boshqalarga berish oqibatlari.
● Qalbaki hujjatlar tayyorlab berish, o‘zi yoki birovga tayyorlatish, boshqalarga berish, foydalanish va tashkilotlarga topshirish.

1:13:20 Haydovchilik guvohnomasi va transport vositasi (mashina, motosikl, elektr-samokat va h.k.)ni minish
● Haydovchilik guvohnomasisiz, Koreyada tan olinmaydigani yoki soxtasi bilan transport vositasini minish,
● Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib minilgan mashinada avariya qilish,
● Haydovchilik guvohnomasi yo‘q odamga, noqonuniy holatda mashinani boshqasiga berish,
● Boshqa odamning haydovchilik guvohnomasini ishlatish,
● Mashinaning majburiy sug‘urtasini vaqtida to‘lamaslik, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik,
● Sug‘urtasi yo‘q mashinani minish, noqonuniy (hujjatsiz) mashinani sotish yoki sotib olish,
● Motosikl, elektr-samokat va velosipedni mingan holatda piyodalar yo‘lagidan o‘tish,
●Maxsus himoya shlemini boshga kiymagan holda motosikl, elektr-samokat minish,
● Elektr-samokatga bir nechta odam bo‘lib minib olish.

1:42:02 Pul oldi-berdisi va pul o‘tkazmalari masalasi
● Pul o‘tkazma (perevod) ishlarini bilmasdan qilish,
● Birovning pulini naqd qilib berish yoki boshqa hisobga o‘tkazib berish (jinoiy faoliyatga sherik bo‘lib qolish mumkin),
● Boshqa odamning topib olingan bank kartasidan foydalanish,
● Ichida aniq nima ekani bilinmagan narsalarni yetkazib berish, kuryerlik (narkotik yoki boshqa taqiqlangan narsalar sababli jinoyatga aloqador bo‘lib qolish mumkin).

1:58:41 TALABALAR UCHUN
● Immigratsiyadan ruxsat olmasdan turib ishlash,
● “Yaxshi pul berarkan” deb qurilish ishlarida ishlash (bittada deportatsiya),
● ID kartasining orqa tomonida yozilgan viza muddatiga ishonib qolib, o‘qishga umuman bormay qo‘yish (muddati tugamasidan oldin viza bekor qilinadi + deport),
● O‘zi o‘qiyotgan universitetga tegishli ma’lumot, tartib-qoidalarni bilmaslik va boshqa odamdan so‘rab noto‘g‘ri qarorlar qilish,
*Suhbat davomida "100% scholarship to’laydi" deyilgan joyi aslida "100% tuition fee to’laydi" deb tushunilishi lozim.
● Talaba vizasining har bir turi (til kursi, bakalavr, magistr, PhD va h.k.)da yurish mumkin bo‘lgan maksimal muddatni bilmaslik.

2:05:59 ISHCHILAR UCHUN ("E" turdagi vizadagilar)
● Immigratsiya ruxsatisiz boshqa joyga o‘tib yoki boshqa joyda ham ishlash,
● Kompaniyani almashtirish va ish qidirish (отказ) davrida boshqa joyda ishlash,
● Viza muddati tugagan bo‘lsa ham ishlashni davom ettirish.

2:11:33 TADBIRKORLAR UCHUN
● O‘z nomidagi biznes litsenziyani (사업자등록증) boshqa odamga foydalanishga berish (1 yilgacha qamoq yoki 10,000,000 won jarima),
● Birovning nomidagi biznes litsenziyani (사업자등록증)ni ishlatish (2 yilgacha qamoq yoki 20,000,000 won jarima),
● Pul o‘tkazma (perevod) ishlari bilan noqonuniy shug‘ullanish (jarima + deportatsiya).

2:20:18 SAVOL-JAVOB

📢 Unutmang!
"Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. Ammo bilish — sizni himoya qiladi!"

@ganiev_tarjimon
Bir kun farzandimiz maktabdan kelib,

"Ayajon, siz kimni prezidentlikka saylaysiz" degan savolni berdi. "Biz koreys fuqarosi emasligimiz sabab saylay olmaymiz" deb javob berdim. 

Keyin u "agar saylay olsam men 이준석ni saylardim. Sababi u yosh, bitta yoshi kattasi borku, u "men armiyaga borganman" deb yolg'on gapiribdi. Yolg'on gapirgan prezident qamoqqa boradi" dedi.

Unga quloq solib turib, "buni maktabda sizlarga o'qituvchi aytib berdimi" deb so'rasam, "yo'q, o'rtoqlarim bilan gaplashdik" dedi.

Shu zahoti o'zimning birinchi sinfga borgan kunlarim esimga tushib ketdi. Men saylov nimaligi uyoqda tursin,  o'sha payt hatto prezident kimligini ham bilmay yurgan ekanman deb qoldim.

Bolalarning yoshligidan siyosatga qiziqishi yaxshi ekan.
@seul_global_markazi
Koreya maktablarida asosan yozgi ta'til 24 kun, qishki ta'til 30 kunlarcha bo'larkan. Bu ham maktab rahbariyatiga ko'ra farq qiladi.

Shu yerda eng muhim jihati 체험학습(tajriba orqali o'rganish) dasturi 1 yilda 10 kun, bu ham maktab rahbariyatiga ko'ra kunlar farq qiladi. Shu dasturni xohlagan vaqtda ishlatsa bo'larkan. Menimcha dasturni kanikuldan oldin ishlatsa, kanikul kuni bilan birga qo'shilib, ko'proq dam olib kelish imkoniyati bo'ladi.

Shunga yozgi ta'tilga O'zbekistonga borib kelmoqchi bo'lgan oilalar, kanikul boshlanishidan oldin 5 kunlik yoki undan sal ortiq kunlik 체험 학습 신청서 arizasini  farzandlarining maktabiga topshirib, umumiy hisobda 1 oy O'zbekistonga borib kelsalar bo'larkan. 체험학습신청서, 체험학습보고서 kabi hujjatlar maktab saytlaridan yuklab olsa bo'ladi. Hujjatni to'ldirib sinf rahbariga topshirish kerak bo'ladi.

Oldindan farzandlarning yozgi ta'tilini qanday yoki qayerda o'tkazish haqida reja tuzib ish tutilsa, maroqli va iliq xotiraga boy kanikul bo'ladi.
@seul_global_markazi
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
@seul_global_markazi
2025/06/15 19:51:42
Back to Top
HTML Embed Code: