Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Mirzo Zominiy
Jadidlar murali Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi yaqinidan oqib oʻtgan anhor boʻylab tushsangiz, yangi bino devoriga chizilgan.

Bu joyning tarixi haqida bilsangiz kerak — shu jarli joyda koʻplab millat oydinlari totalitar tuzum xizmatkor jallodlari tomonidan otilgan.

Doim ularni xotirlab, tarixni yaxshiroq anglab turishimiz uchun chizilgan mural.

#Jadidlar

@mirzo_zominiy
Uyda, ofisda, poshna ostida, qayerda bo‘lmagin, doim baxtli bo‘lgin, do‘stginam! 43 yoshing bilan, tug‘ilgan kuning bilan!

Где бы ты ни был, дома, в офисе, под каблуком, всегда будь счастлив, мой друг! С 43-летием, с днём рождения!
Поэтому занимайтесь дизайном, а не футболом
Оказывается моя мама ждет свой логотип уже 7 лет, стыдно, Ахмад, стыдно!
Logotip buyurtmachiga yoqqanini bittada qanday tushunsa boʻladi

Как понять, что логотип понравился заказчику
😭😭😭😭😭😭😭
нужно открывать министерство по пенальти
Forwarded from Novda Edutainment
Bolalarni himoya qilish kuni bilan! 🎉

Aziz bolajonlar va ularning hurmatli ota-onalari, bu kun ham kichkintoylarning, ham qalbingiz tubidagi shoʻx-shodon bolalikning, sof maqsadlaringizning farzandlaringiz bilan birga boʻy choʻzishi bayrami. Har yil shu kunda jajji novdalarning qanchalik ulgʻayganiga razm soladigan ajib payt hamdir 🌱

Bolajonlarning bilimga, tong shudringidek toza qiziqishlari, orzulari kurtaklarini asrab-avaylash, ularni qoʻllab-quvvatlab, kuch baxsh etish, yuksaklargacha oʻstirib-undirish barchamizga shijoat beraversin 🌳

Yer yuzidagi, Oʻzbekistonimizdagi har bir oʻgʻil, qiz eng begʻubor onlarini baxt va quvonch, mehr-muhabbat hamda tinchlik quchogʻida his etsin 👦🏻👧🏻🪁

Barchangizni bagʻrimizga bosib,
Novda Edutainment 🤗

🌱 @novdaedu

Instagram'imiz | Facebook'imiz
Konseptlar – qiziq narsa, ularni men boshqa vazifalarimdan keyin qachondir amalga oshirishni kutib, ungacha doim o‘zimda saqlab, o‘sha high time kelishini poylab yurolmas ekanman. Ayniqsa, orasida hammaga foydali, ijtimoiy konseptlar bo‘lsa.

Bugundan boshlab kanalimda kreativ g‘oyalar, konsepsiyalarini bo‘lishib bormoqchiman. Faqatgina muallifning kim ekanligini ko‘rsatib, havola (reference / credits) berib ketsangiz, yetadi. Men rozi bo‘laman. Kreativchi Ahmad Sobitov rozi bo‘ladi.

Bundan bir yarim yil (1,5 yil) vaqt avval, 2023-yil yanvarida biz @mirzo_zominiy bilan o‘zaro g‘oyalar va loyihalar konsepsiyalarini muhokama qilganimizda, ko‘zi ojiz yoki ko‘rishda nuqsoni bor bolajonlarning so‘zlari bilan ular tasavvur qiladigan dunyoni Midjourney va AI (SI, sun’iy idrok) orqali jonlantirishni, keyinchalik esa ularni chop etib, xayriya kimoshdisiga qo‘yishni, tushgan mablag‘larni bolajonlarning o‘ziga yo‘naltirishni o‘ylagandik, xayrli maqsad qilgandik.

Yuqorida yozganimdek, xayolimdagi g‘oyalarni do‘stlarim, ba’zi yaqin hamkasblar orasida samimiy muhokama qilaman, bo‘lishaman, fikrlarni eshitaman, amalga oshirish uchun biroz vaqt yetmay qolishi mumkin bo‘ladi xolos. Endi esa uni sizlar bilan ham shu yerda baham ko‘rib bormoqchiman. Kim ularni amalga oshirsa, chin dildan xursand bo‘laman.

#akhmadconcepts
H2O: Suv haqida yangi maqollar

Konseptlarni bo‘lishishda davom etaman. Bu g‘oyani 2023-yil noyabr oyi oxirlarida @mirzo_zominiy bilan shakllantirganmiz.

Afsuski, yaqin yillarda toza ichimlik suvi va sug‘orish uchun suvlarga ehtiyoj oshsa oshadi, lekin kamaymaydi. Bu masalaga davlat, biznes va kreativ soha vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, chora ko‘rishi, odamlarga muntazam ta’sir qilib borishi zarur deb o‘ylayman.

7 oy avval suv bo‘yicha stereotiplarni parchalash uchun tashqi (outdoor) kommunikatsiya orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihani — o‘zbek tilida keng tarqalgan maqol va iboralarni to‘g‘rilab chiqishni o‘ylagandik. Uni, albatta, boshqa media tool’lar orqali ham qo‘llab-quvvatlasa, ommalashtirsa bo‘ladi.

Masalan, u biror kompaniya yoki bank, to‘lov tizimining ESG loyihalari doirasida kollaboratsiya bilan mablag‘ keltirishi (masalan, Agrobank’ning suvdan oqilona foydalanish uchun grantlari yoki Payme’ning Mahalla loyihasi bilan kollaboratsiyalar, merchlar chiqarish) va bu xayriya uchun yo‘naltiriladi.

Yuqorida yozganimdek, davlat hamda biznes sohasi vakillarida, bank yoki kompaniyalarda bu loyihani qo‘llab-quvvatlash niyati bo‘lsa, konsepsiyani birga amalga oshirishga tayyormiz.

#akhmadconcepts // @sobitov_akhmad
Sobitov Akhmad
H2O: Suv haqida yangi maqollar Konseptlarni bo‘lishishda davom etaman. Bu g‘oyani 2023-yil noyabr oyi oxirlarida @mirzo_zominiy bilan shakllantirganmiz. Afsuski, yaqin yillarda toza ichimlik suvi va sug‘orish uchun suvlarga ehtiyoj oshsa oshadi, lekin kamaymaydi.…
H2O: Новые поговорки о воде

Продолжаю делиться концепциями. Мы разработали эту идею в конце ноября 2023 года вместе с @mirzo_zominiy.

К сожалению, в ближайшие годы потребность в чистой питьевой воде и воде для орошения будет только расти. Поэтому необходимо, чтобы государство, представители бизнес и креативных индустрий объединили усилия и активно воздействовали на общественное мнение по этому вопросу.

7 месяцев назад мы задумались о реализации социального проекта с целью разрушения стереотипов о воде через наружную рекламу. Идея заключается в том, чтобы адаптировать широко распространенные узбекские пословицы и поговорки, придавая им новый смысл. Этот проект можно поддержать и популяризировать с помощью других медиа-инструментов.

Например, компания или банк могут поддерживать этот проект в рамках своих ESG-программ (например, гранты Агробанка на рациональное использование воды или коллаборации Payme с проектом "Махалля", выпуск мерча) и направлять средства на благотворительность.

Как я уже писал выше, если у представителей государственных и бизнес-структур, банков или компаний есть желание поддержать этот проект, мы готовы реализовать его вместе.

#akhmadconcepts // @sobitov_akhmad
2024/06/30 23:09:32
Back to Top
HTML Embed Code: