Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
12011 - Telegram Web
Telegram Web
#mobil_ilova

SOLIQLARNI "SOLIQ" MOBIL ILOVASI ORQALI TO’LAB VAQTINGIZNI TEJANG

Soliq
(Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

🔹 jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i

🔹jismoniy shaxslar uchun yer solig'i

🔹jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i

🔹jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShODS

🔹o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq

🔹penya

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasi JShShIRni koʻrsatib FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtishi lozim. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.

To‘lovlarni amalga oshirishdan avval ma'lumotlarning to‘g‘riligiga e'tibor qarating!

Тelegram | Facebook|Instagram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz

Kogon tumani soliq inspeksiyasida «Korrupsiyaga qarshi kurashish» mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soliq organlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritilib, soliq organlari xodimlari o‘rtasida bunday illatga qarshi murosasizlik immunitetini shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.

Muloqotda xodimlarga soliq to'lovchilar va tadbirkorlarga “Soliqchi-ko`makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish, yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirilib o‘tildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Xarid chekini olishga o‘rganaylik!
Bu har tomonlama o‘zimizga foydalidir.

Ko‘pchilik fuqarolar savdo yoki xizmat ko‘rsatish nuqtalarida to‘lovni naqd pul yoki bank plastik kartasi orqali amalga oshiradi, lekin xarid chekini olishmaydi. Nega shunday

Xo‘sh, xarid cheki o‘zi nima uchun zarur?

🔹Birinchidan, 🧾xarid chekini talab qilib olishga o‘rgangan fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali chekdagi QR-kodni skaner qilib 1% keshbek va 12% ijtimoiy keshbek to‘plashadi.

🔹Ikkinchidan, ushbu chek orqali olgan mahsulotingizga nisbatan e’tirozingiz bo‘lsa yoki sifatsiz chiqsa almashtirib olish imkoniga ega bo‘lasiz.

🔹Uchinchidan, 🧾 xarid chekini talab qilish orqali Siz ayrim tadbirkorlarning soliqdan qochishga urinishlari hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olasiz.

✔️Unutmang! Avvalo, mamlakat budjetini shakllantirishda soliqlar muhim o‘rin tutadi.

Ushbu mablag‘lar esa shaharu tumanlarimizning obodligi, yanada ko‘rkam qiyofaga kirishi, yangi ijtimoiy soha obyektlarining bunyod etilishi, ko‘chalarimizning ravon bo‘lishi uchun sarflanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#QQS

Soliq qo‘mitasi: Alibaba Cloud kompaniyasi O‘zbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Soliq qoʻmitasi tomonidan elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilar faoliyatini legallashtirish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Alibaba Group (ALIBABA.COM) kompaniyasiga rasmiy so‘rov yuborilgan edi. 28-yanvar kuni Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited bulutli hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyasi tax.uz QQS-ofisi orqali Oʻzbekistonda ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Maʼlumot uchun. Oʻzbekistonda elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el kompaniyalari jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan bunday xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 278-moddasi

Bugunga kelib Oʻzbekistonda 65 ta chet el internet-kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan.
_________
#НДС

Налоговый комитет: компания Alibaba Cloud зарегистрировалась как плательщик НДС
в Узбекистане

Налоговый комитет продолжает практическую работу по легализации деятельности тех, кто осуществляет электронную коммерцию.

Был направлен официальный запрос компании Alibaba Group (ALIBABA.COM).
28 января текущего года Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited - международная компания, специализирующаяся на облачных вычислениях, через НДС-офис tax.uz зарегистрировалась в качестве плательщика НДС по электронным услугам, оказываемым в Узбекистане.

Для информации. Иностранные юрлица, оказывающие услуги в электронной форме в Узбекистане, признаются плательщиками НДС в части таких услуг, оказываемых физическим лицам.
👉ст.278 Налогового кодекса

На сегодняшний день в Узбекистане зарегистрированы 65 иностранных Интернет-компаний.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning huquqlari va ularning soliq to‘lash tartibini bilasizmi?

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

❗️Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

📲Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zini band qilgan shaxs sifatidagi faoliyatni to‘xtatish ham mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun hisobotni avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-32-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.

🔹Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan.

Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.

🖇Maʻlumot uchun, qishloq xoʻjaligi korxonasi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar noqishloq maqasadlarida foydalanilgan suv resusrlari uchun vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tashkilot ijobiy imidjini shakllantirishda ochiqlik va axborot siyosatining o‘rni

Soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova seminar-trening o‘tkazdi.

Dastlab videkonferensaloqa orqali hududiy soliq boshqarmalari Matbuot xizmati xodimlari ishtirokida “Davlat xizmatida media va axborot savodxonligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida S.Aslanova sohaga oid dolzarb mavzularda maʼruza qildi.

Xususan, seminarda –

🔵ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash;
🔵tashkilot imijini yaratish;
🔵rasmiy munosabat bildirish;
🔵mediakontent yaratishda eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar;
🔵inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish;
🔵vizual kontent, uning matnga nisbatan samaradorligi;
🔵tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Markaziy apparat xodimlari uchun offlayn shaklda "Davlat organlari ochiqligini taʼminlashda samaradorlik va natijadorlik" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida S.Aslanova olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari haqida tezkor, xolis hamda birinchi manbaa sifatida to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatish, eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida va sifatli munosabat bildirish tashkilot faoliyati ochiqligini taʼminlashda muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/05 07:01:38
Back to Top
HTML Embed Code: