Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#onlayn_muloqot
#Bugun

Bugun 4-iyul Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i viloyatimiz tadbirkorlari bilan onlayn muloqot o‘tkazadi.

Onlayn muloqotda tadbirkorlar o‘z muammolari va taklifini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma boshlig‘iga yo‘llashi mumkin.

Maqsadimiz – viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish.


👉 Bog‘lanish uchun https://us05web.zoom.us/j/7310773255?pwd=UUJhcUNWL0xXZUI0NFZoOUtoaVJJUT09 havolasiga kiring.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍2
#royxatdan_otish

Yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tishda nimalarga e’tibor berishi kerak?

Yuridik shaxslar yuridik manzilini o‘zgartirganda yoki qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish yoki ajratib chiqarish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgartirilganda soliq majburiyatlarining bajarilishi tekshiriladi va quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

- yuridik shaxsning BHMning 50 barobaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi;

- amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi;

- soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi.

Agar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli qayta ro‘yxatdan o‘tish rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilgach, Davlat xizmatlari markazlariga qayta murojaat qilish mumkin.

👉VMQ-66-son, 09.02.2017-yil

Biroq ba’zi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq nazoratidan qochish, shubhali tovar aylanmalarini amalga oshirish maqsadida bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yoki boshqa tadbirkorlik subyekti tarkibiga qo‘shib yuborishga urinish holatlari ko‘paymoqda.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra bunday noqonuniy xatti-harakatlar tezda aniqlanib, qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun:
2025 yil yanvar-iyun oylarida jami 9 413 ta tadbirkorlik sub’yekti ko‘chish va qo‘shilish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
Shundan:
- 7 045 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan;
- 2 368 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan.

2025-yil iyun oyining o‘zida yuridik shaxslarning 699 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan va 130 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan, biroq, 1 436 ta holatda korxonalar yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelganligi sababli rad javobi berilgan.
_______________
#регистрация

Перерегистрация юридических лиц: что нужно знать?

Юридическим лицам при смене юридического адреса или при реорганизации (слияние, присоединение, преобразование, разделение, выделение) следует пройти перерегистрацию в Центрах государственных услуг.

❗️При изменении регистрационных данных проверяется исполнение налоговых обязательств и может быть отказано на основании:

- наличия налоговой задолженности, превышающей 50-кратный БРВ;

- неполного отражения
в налоговой отчетности объемов товарооборота и объема реализации импортированных товаров;

- несвоевременной сдачи налоговой отчетности.

В случае отказа в перерегистрации из-за несоответствия данным критериям, можно повторно обратиться в Центры государственных услуг после устранения недочетов.

👉ПКМ№66 от 09.02.2017г.

Однако с целью уклонения от налогового контроля и осуществления теневого товарооборота некоторыми субъектами предпринимательства все чаще предпринимаются попытки смены региона регистрации либо присоединения к другим юридическим лицам.

В результате проведенного налоговыми органами анализа, подобные незаконные действия оперативно выявляются, и в соответствии с требованиями законодательства по ним принимаются соответствующие меры.

Для справки:
▫️ в январе-июне 2025 года в связи с реорганизацией и изменением места нахождения перерегистрированы 9 413 юрлиц, из них:
- у
7 045 - изменен юридический адрес;
- 2 368
- реорганизованы в форме присоединения.


▫️только в июне 2025 года:
- 699 - юрлиц перерегистрированы по новому адресу;
- 130 - реорганизованы в форме присоединения к другим юрлицам;
- в
1 436 случаях было отказано для исправления недостатков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

“Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!”

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#uchrashuv

Ochiq muloqot orqali — islohot sari

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonxona sohasi, muvofiqlikni baholovchi va audit idoralari vakillari ishtirokida ochiq muloqot boshlandi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan eng dolzarb muammolar, sohadagi tizimli kamchiliklar va ularning yechimi bevosita mutaxassislar va rahbarlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Qiziq yangiliklar, fikrlar va amaliy takliflar — bir vaqtning o‘zida 👉jonli efirda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

Har bir to‘langan soliq – bu barqaror kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi buzilishi jarima solishga sabab bo‘ladi

👉Hisobvaraq-faktura - Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qat’iy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Buxoro shaharida jami 6 513 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Ularning 6 460 tasi kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

📊 2025-yil 1- iyun holatiga koʻra, Buxoro shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 7 493 tani tashkil etdi.

❗️ESLATMA: ayrim kichik subyektlari uchun 👉soliq imtiyozi bor

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 7-iyul*

iyun oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-bandi).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 июля* 2025 года последний день

за июнь:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме*
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 6 Положения, рег. № 3577 от 20.11.2024 г.).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

Mening mulkimda ikki qavatli noturar obyekt bor. Agar men noturar obyektimni ta’lim xizmatini ko’rsatuvchi tashkilotga ijaraga bersam soliq imtiyozi beriladimi

📌 Qonunchilikka muvofiq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari mulkida boʻlgan obyektlarga nisbatan mol-mulk soligʻidan imtiyoz mavjud.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

📚Mazkur imtiyozni qo‘llash maqsadida tadbirkorlik subyekti, tegishli faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lishi va ushbu faoliyatdan olingan daromadi (shu jumladan, tekin olingan mol-mulk) ularning jami yillik daromadining kamida 90% tashkil etishi shart.

✏️Biroq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatmaydigan shaxs oʻz mulkidagi obyektlarni taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga ijaraga bergan taqdirda, mazkur imtiyoz qoʻllanilmaydi.
_________
#вопрос_ответ

У меня в собственности имеется двухэтажный нежилой объект. Могу ли я воспользоваться налоговой льготой, если свой нежилой объект буду сдавать в аренду организации, предоставляющей образовательные услуги

📌В соответствии с законодательством действует льгота по налогу на имущество в отношении объектов, находящихся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги.
👉 ст. 414 НК

📚От налога на имущество освобождаются объекты, находящиеся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги, при наличии разрешительного документа на соответствующий вид деятельности и при условии, что доход от этой деятельности (включая безвозмездно полученное имущество) составляет не менее 90% от их совокупного годового дохода.

✏️Однако, если собственник не оказывает образовательные услуги и сдает в аренду принадлежащий ему объект юрлицу, предоставляющему образовательные услуги, данная льгота не применяется.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

“Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!”

"Soliq to‘lash vatanga xizmat qilishning bir shaklidir."


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bilan bog‘lanish aloqa kanallarini bilasizmi

Soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning telegram raqami 📲 (+99897) 725-88-72

«Tadbirkor va Soliqchi-ko‘makchi» guruhibiznes vakillari va boshqa har qanday manfaatdor shaxslar bilan konstruktiv muloqot

D.Yuldashevning shaxsan o‘zi tadbirkorlik subyektlari bilan har 15 kunda ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazadi.

Ishonch raqami:📞 (65) 221-26-89

Soliq boshqarmasi telegram sahifa: https://www.tgoop.com/soliq_Live

❗️Ushbu aloqa kanallari orqali siz:

👉Buxoro viloyati soliq xizmati organlari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlaringizni;

👉Tadbirkorlik faoliyatingizga to‘siq bo‘layotgan har qanday muammolar;

👉biznesni boshlash, kengaytish va yangi ishlab chiqarish loyihalar yuzasidan takliflaringizni

viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Soliq mobil ilovasida soliqlarni uydan chiqmasdan to'lang

Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Hisoblangan summa  “Mening soliqlarim” “Soliqlarni to‘lash” bo‘limida soliq to‘lovchilarga jami qancha to‘lashi zarurligini eslatish uchun “Yillik” sifatida onlayn aks ettiriladi, “Joriy ” ustunida esa 15-aprelgacha qarz miqdori ko‘rsatilmaydi.

✔️ Eslatib o‘tamiz: 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘lanadi.
👉Soliq kodeksining 423-moddasi va 440-moddasi

"To'lov summasi" qatorida ko'rsatilgan summaga o'zgartirishlar kiritish va istalgan miqdordagi summani to'lash mumkin. To'lovdan oldin tizim qo'shimcha tasdiqlashni so'raydi.

Ilova foydalanuvchilari soliq qarzlarini avtomatik to'lash rejimini ham yoqishlari mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay

2025-yil iyun oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Buxoro viloyati soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi bilan tanishing

Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyun oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 40 nafar, (shundan 10 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

▫️55 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 192 nafar;
▫️55 balldan past boʻlgan inspektorlar – 24 nafarni tashkil etdi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida viloyatimiz boʻyicha 544 ta mahallada 246 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
✔️BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI TADBIRKORLIKNI BOSHLASH VA BIZNESINI KENGAYTIRISH ISTAGIDAGI ISHBILARMONLARGA QULAY TAKLIFLARNI TAVSIYA QILADI

Yer uchastkalarini
E-auksion.uz savdolaridan sotib oling!!!

📍 Buxoro shaharda 5 ta
📍 Buxoro tumanda 586 ta
📍 Kogon shaharda 93 ta
📍 Kogon tumanda 305 tа
📍 Vobkent tumanda 172 tа
📍 G'ijduvon tumanda 579 tа
📍 Jondor tumanda 963 tа
📍 Olot tumanda 836 tа
📍 Qoroko'l tumanda 1010 tа
📍 Peshko' tumanda 336 tа
📍 Romitan tumanda 662 tа
📍 Shofirkon tuman 651 tа
📍 Qorovulbozor tumanda 654 tа

Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

+998992072604 +998992073604 +998773757420

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#barqarorlik_reytingi

Mingga yaqin tadbirkorga 1,3 trln so‘m QQS bir kunda qaytarildi

2025-yilning I yarim
yilligida «AAA» toifadagi 934 ta tadbirkorlik subyektiga 1,3 trln so‘m QQS avtomatik ravishda bir kunda qoplab berildi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
👉Soliq kodeksining 60-moddasi

Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

▫️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.
👉Soliq kodeksining 137-moddasi

▫️QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
👉Soliq kodeksining 274-moddasi

❗️Davlat korxonalari hamda ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50% miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Ma'lumot uchun:
2024-yilda «AAA» toifadagi 1 099 ta tadbirkorlik subyektiga 1 932,8 mlrd so‘m QQS hech qanday tekshiruvlarsiz, bir kunda avtomatik ravishda qaytarib berilgan.
____________
#рейтинг_устойчивости

Около тысячам предпринимателям за 1 день возмещен НДС в размере 1,3 трлн сумов


В I полугодии 2025 года 934 субъектам предпринимательства категории «AAA» автоматически возмещено 1,3 трлн сумов.

Рейтинг устойчивости предпринимателей предусматривает выявление и поощрение предпринимателей, осуществляющих деятельность с соблюдением требований законодательства.
👉ст.60 НК

У предпринимателей с самым высоким рейтингом категории «ААА»:

▫️не проводятся налоговые проверки, кроме проверок, проводимых в рамках уголовных дел.
👉ст.137 НК

▫️сумма НДС возмещается за 1 день, а камеральная налоговая проверка при этом не проводится.
👉ст.274 НК

❗️Исключение составляют госпредприятия и юрлица с долей государства в уставном фонде (уставном капитале) в размере 50% и более.

Для справки:
В 2024 году 1 099 субъектам предпринимательства категории «AAA» автоматически возмещено 1 932,8 млрд сумов НДС в течение одного дня без проверок.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/07/09 00:12:16
Back to Top
HTML Embed Code: