Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#aksiz_soligi

Tamaki mahsulotlariga qo‘llaniladigan aksiz solig'i stavkalari

2025-yil 1-iyuldan boshlab ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun aksiz solig‘i stavkasi 1000 dona mahsulotga 340 000 so‘m miqdorida belgilandi.

👉Soliq kodeksi 289¹-modda
____________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию

С 1 июля 2025 года для импортеров и производителей некоторых видов табачной продукции установлены ставки акцизного налога в размере 340 000 сумов за 1000 штук.

👉ст. 289¹ НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UNING MEHNATI KO'ZGA KO'RINMAS, LEKIN SAMARASI HAR BIR YURTDOSHIMIZ HAYOTIDA AKS ETADI.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bilan bog‘lanish aloqa kanallarini bilasizmi

Soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning telegram raqami 📲 (+99897) 725-88-72

«Tadbirkor va Soliqchi-ko‘makchi» guruhibiznes vakillari va boshqa har qanday manfaatdor shaxslar bilan konstruktiv muloqot

D.Yuldashevning shaxsan o‘zi tadbirkorlik subyektlari bilan har 15 kunda ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazadi.

Ishonch raqami:📞 (65) 221-26-89

Soliq boshqarmasi telegram sahifa: https://www.tgoop.com/soliq_Live

❗️Ushbu aloqa kanallari orqali siz:

👉Buxoro viloyati soliq xizmati organlari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlaringizni;

👉Tadbirkorlik faoliyatingizga to‘siq bo‘layotgan har qanday muammolar;

👉biznesni boshlash, kengaytish va yangi ishlab chiqarish loyihalar yuzasidan takliflaringizni

viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishingiz mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#antikorrupsiya

Soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari hamda HMQ organlar vakillari tomonidan Kogon tumani soliq inspeksiyasi va tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, soliq xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiya va uning oqibatlari, shuningdek har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik xususida so‘z yuritilib, davlat xizmatchilarining vazifalari batafsil tushuntirib berildi.

Savdo majmualari, dorixonalar va umumiy ovqatlanish saxobchalarida maishiy korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlarda esa yashirin iqtisodiyotni oldini olish, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan soliq organlarining tegishli bo‘limlariga xabar berish tartiblari to‘g‘risida keng tushuntirishlar olib borildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mobil_ilova

📲 Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.16 versiyasidagi yangi xizmatlar va bir qator qulayliklardan foydalaning!

🎤 «Konsert-tomosha faoliyati» - ushbu xizmat orqali xonanda va ijrochilar uchun yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati mavjud.

⬇️ «Soliq imtiyozlarini qaytarish» - ushbu xizmat takomillashtirildi va bir nechta imtiyoz turi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirish imkonini beradi.

🪙 «Keshbek» - bu bo‘limda endilikda har bir ro‘yxatdan o‘tgan chek tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha taqsimlanadi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
🔥2
#raqamlashtirish #murojaatlar

2025-yilning yanvar-iyun oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali Buxoro viloyatidan 1 367 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#uchrashuv

Samarqandda barqaror energiya taʼminoti va soliq imtiyozlari samarasi oʻrganildi

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanida barqaror elektr taʼminoti, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Tashrif doirasida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash holati oʻrganilib, bu borada koʻrilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, infratuzilmani yangilash va tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarda joriy etilayotgan yangi energiya nazorat tizimi — transformatorlar holati va ularga ulangan xonadonlar hisobini yuritish imkonini beradigan elektron platforma haqida atroflicha maʼlumot berildi. Bu tizim orqali elektr energiyasidan foydalanish nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni taʼminlash va kamchiliklarni aniqlash imkoni yaratiladi.

Bunday tahlil va oʻrganishlar hududdagi energetika infratuzilmasini yaxshilash, qayta tiklanadigan manbalarni joriy etishdagi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Olimpiya va Paralimpiya musobaqalarida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa sportchilari uchun qo‘shimcha soliq yengilliklari berildi

"2028-yil Los-Anjeles shahrida(AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida" Prezident Qarori qabul qilindi.
👉PQ-221-son, 08.07.2025-yil

Qarorga muvofiq:

▫️Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish doirasida milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilandi.

❗️Ma’lumot uchun, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan. Sportchilarning ushbu daromadidan tashqari barcha daromadlari daromad solig‘iga tortiladi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

“Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!”

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Buxoro viloyatida 2025-yilning I-yarim yilligida 2 trln 224 mlrd. so‘m budjet tushumlari ta’minlangan

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 121 foizga yoki 382 mlrd. so‘mga ko‘p.


Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

171,2 mlrd so‘m yoki 156 foizga qo‘shilgan qiymat solig‘i;

37,0 mlrd so‘m yoki 138,5 foizga yuridik shaxslarning foyda solig‘i;

2,5 mlrd so‘m yoki 160,8 foizga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (noruda materiallari);

78,1 mlrd so‘m yoki 113,3 foizga jismoniy shaxslar daromad solig‘i;

5,0 mlrd so‘m yoki 103,1 foizga jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;

14,8 mlrd so‘m yoki 116,2 foizga aylanmadan olinadigan soliq;

47,7 mlrd so‘m yoki 133 foizga boshqa soliqlar va yig‘imlar o‘tgan yilga nisbatan oshdi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKТ

🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

📲Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#ishchi_tashrif

Energiya nazorat tizimi – tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirib, aholini uzluksiz energiya bilan taʼminlaydi

Xabar qilinganidek, Samarqand viloyatida elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash, energiya sarfini nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim imkoniyatlari o'rganilmoqda.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev viloyatda faoliyat yuritadigan hududiy elektr tarmoqlari xodimlari bilan yig‘ilish o'tkazdi.

Unda barqaror energiya taʼminoti masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, elektr tarmoqlarini nazorat qilish bo‘yicha yangi elektron platforma asosida joriy etilgan xodimlarning samaradorligini baholash tizimi (KPI) haqida so‘z yuritildi.

Tizimning maqsadi – har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatining shaffof ko‘rsatkichlari asosida ish faoliyatini to‘g‘ri baholashdir.

Baholash natijalariga ko‘ra, KPI ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 3 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar – mehnat shartnomalarini bekor qilish taklif etildi.

Yig‘ilish yakunida, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash va fuqarolarning qoniqish darajasini oshirish uchun shaffof, hisobdor va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv zarurligi alohida ta’kidlandi.
_________
#рабочий_визит

Система контроля энергии – снижает потери в сети и обеспечивает население бесперебойным электричеством

Как сообщалось ранее, в Самаркандской области изучаются возможности новой системы по контролю за энергопотреблением и улучшению инфраструктуры электрических сетей.

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел совещание с сотрудниками территориальных электрических сетей, действующих в регионе.

На нем критически обсуждены вопросы устойчивого энергоснабжения. В частности, презентована система оценки эффективности деятельности (KPI) сотрудников, внедренная на основе новой электронной платформы по контролю за электрическими сетями.

Цель системы – повышение ответственности каждого работника и корректная оценка работы на основе прозрачных показателей качества обслуживания.

Исходя из результатов оценки были предложены меры дисциплинарного воздействия – расторжение трудовых договоров в отношении троих сотрудников с низкими KPI показателями.

В завершение особо отмечено, что для стабильного обеспечения электроэнергией и повышения уровня удовлетворенности населения необходим прозрачный, подотчетный и ориентированный на результат подход.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil

Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.

Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
✔️ tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish;
✔️soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qoʻllanishini oʻrganish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
✔️soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

⚡️Ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etiladi hamda uning majlislari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Savdo-sanoat palatasi Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.

❗️Ekspert kengashiga quyidagi vakolatlar berildi:
✔️soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
✔️murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
✔️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish.

✍️Ekspert kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berildi:
✔️soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
✔️zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul soʻrab olish, bundan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan holatlar mustasno.

Soliq qoʻmitasi soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtirilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi hamda idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yaxshilanishini taʼminlaydi.

Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

“Soliqlarni to‘lash – bu majburiyat emas, konstitutsiyaviy burchimizdir!”

"Soliq to‘lash vatanga xizmat qilishning bir shaklidir."


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍3
2025/07/13 14:06:39
Back to Top
HTML Embed Code: