Telegram Web
#elon #seminar #soliq_siyosati_2025

Hurmatli soliq to'lovchilar

Soliq xizmati organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 13-yanvar ushbu seminarlar Andijon, Namangan, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur seminarlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishadi.

💬Soliq to‘lovchilar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ushbu seminarda ishtirok etishi va o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

📌Eslatib o‘tamiz, seminarlar respublikamizning barcha hududlarida 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yashirin_iqtisodiyot #taksi

“Taksi” dagi shaffoflik 6 trln so‘mlik aylanmani ko‘rsatdi

2024-yil O'zbekistonda taksi bozorini legallashtirish yo'lidagi muhim bosqich bo'ldi. Soliq qo'mitasi ushbu sohadagi shaffoflikni ta’minlab, agregatorlar integratsiyasi orqali qonuniy aylanmani o‘sishiga va yashirin faoliyat ulushini kamayishiga erishdi.

Raqamlardagi faktlar


2024-yil yakunlariga ko'ra, 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
O'tgan yili aprelda 6 ta, avgustda 142 ta edi.

🚕Jami 320 mln marta yo'lovchi tashish amalga oshirilgan.

Yo‘lovchi tashish aylanmasi 5,9 trln so'mga yetdi. Shundan:
🤑4,5 trln so'm yoki 76,3% – naqd to'lovlar;
💳1,4 trln so'm yoki 23,7% – naqdsiz to‘lovlar.

O'rtacha bitta chek 18 456 so'mni tashkil etgan
(avgustda 18 000 so'm).

Agregatorlar orqali yo'lovchi tashish bilan 498 mingga yaqin o'zini o'zi band qilgan haydovchilar shug'ullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan ko'pi (57%) 30-50 yoshda – 283 680 kishi, 30 yoshgacha – 179 245 kishi (36%), 50 yoshdan kattalar – 35 004 kishi (7%).

👩🏻‍💼Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan: o'tgan yil boshida 1 053 nafar, yil oxiriga kelib 📈4 124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

Yil davomida taksi xizmatini ko'rsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln so'mdan ortiq daromad olgan;
50-100 mln so'm – 23,1 ming haydovchi;
10-50 mln so'm – 114,6 ming haydovchi;
5-10 mln so'm – 63,5 ming haydovchi;
1-5 mln so'm – 136,4 ming haydovchi;
1 mln so'mgacha – 155,5 ming haydovchi.

Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar:
Nexia – 17,8%;
Cobalt – 16,9%;
Lacetti – 13,9%.

⚡️Elektromobillar esa 1,2%ini tashkil etadi.

Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):
1-3 yil – 10,4%;
3-5 yil – 9%;
5-10 yil – 23,6%;
10 yildan ortiq – 56,9%.

📌Agregatorlar 2024-yilda 156,8 mlrd so‘m soliq shundan, QQS 66,2 mlrd so‘m to‘ladi.
___
#теневая_экономика #такси

Прозрачность такси обеспечила оборот в 6 трлн сумов


2024 год стал важным этапом на пути к обелению рынка такси в Узбекистане. Налоговый комитет обеспечил прозрачность в этой сфере, способствуя росту легального оборота и уменьшению доли теневого сектора через интеграцию агрегаторов.

Факты в цифрах.

По итогам прошлого года 155 агрегаторов такси интегрированы с информационными системами налоговых органов (в апреле прошлого года - 6, в августе - 142).

🚕Всего совершено 320 млн поездок.

Оборот
от оказания услуг такси приблизился к 5,9 трлн сумов. Из них:
🤑почти 4,5 трлн сумов или 76,3% - оплата наличными;
💳1,4 трлн сумов или 23,7% - безналичные расчеты.

Средняя стоимость одного чека составила 18 456 сумов (в августе - 18 000 сумов).

Перевозкой пассажиров через агрегаторы занимаются около 498 тысяч самозанятых водителей. Больше половины водителей (57%) в возрасте от 30 до 50 лет - 283 680 человек, до 30 лет - 179 245 человек (36%), старше 50 лет - 35 004 человек (7%).

👩🏻‍💼Почти в 4 раза выросло число женщин-водителей: если в начале прошлого года было 1 053, то к концу года через агрегаторы работало уже 4 124 женщины.

Более 100 млн сумов за год на перевозках заработали около 4,7 тысяч водителей;
50-100 млн сумов
- 23,1 тысяча водителей;
10-50 млн сумов - 114,6 тысяч водителей;
5-10 млн сумов - 63,5 тысяч водителей;
1-5 млн сумов - 136,4 тысяч водителей;
до 1 млн сумов - 155,5 тысяч водителей.

Самые популярные автомобили:
Nexia - 17,8%;
Cobalt - 16,9%;
Lacetti - 13,9%.

⚡️Электромобили составляют 1,2%.

Возраст автомобилей (с даты производства):
1-3 года - 10,4%;
3-5 лет - 9%;
5-10 лет - 23,6%;
более 10 лет - 56,9%.

📌В 2024 году агрегаторами уплачено 156,8 млрд сумов налогов, 66,2 млрд сумов из которых - НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bayramingiz muborak bo'lsin, Aziz Vatan himoyachilari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 января 2025 года - последний день

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuridik shaxslar 2025-yil uchun mulk solig'i bo‘nak to'lovlari ma'lumotnomasi va yer solig‘i hisobotini qachon taqdim etadi?

Когда юрлица сдают справку об авансовых платежах по налогу на имущество и отчетность по земельному налогу за 2025 год?
Anonymous Quiz
12%
10-yanvardan kechiktirmay / не позднее 10 января
23%
15-yanvardan kechiktirmay / не позднее 15 января
66%
20-yanvardan kechiktirmay / не позднее 20 января
#uchrashuv

Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Surxondaryo viloyatidagi eksportyor korxonalar vakillari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda erishilgan natijalar, yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorga chiqish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga transport-logistika bilan bog‘liq masalalarda zarur yordam ko‘rsatish orqali eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Termiz shahrida joylashgan Xalqaro savdo markazi qo‘shni Afg‘oniston bilan savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim strategik ahamiyatga ega hudud sanaladi. Bu yerda eksportyorlar bilan birga xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi, biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Navbatdagi manzil - Qumqo‘rg‘on tumanidagi Jayxun klasterida ishga tushirishga tayyorlanayotgan to‘qimachilik korxonasi. Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, hudud iqtisodiy potensialini ko‘tarishda shuningdek, mahalliy aholining bandligini ta’minlashda mazkur klasterning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.

Bu kabi uchrashuvlar yengil sanoat sohasida yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarning amalga oshishida hamda eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar safining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/05/29 08:54:58
Back to Top
HTML Embed Code: