Telegram Web
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 7-iyul*

iyun oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-bandi).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 июля* 2025 года последний день

за июнь:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме*
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 6 Положения, рег. № 3577 от 20.11.2024 г.).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_tushumlari

2025-yilning birinchi yarim yillik natijalari tahlil qilinib, soliq organlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar hamda budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar belgilandi.


👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasida hududiy tuman va shahar soliq inspeksiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida 2025-yilning birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, hamda kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

👍Shuningdek, yig‘ilishda budjet daromadlarini oshirish maqsadida soliq bazasini kengaytirish,qo'shimcha manbalarni aniqlash va bu borada samarali ish tashkil qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

👍Mazkur yig‘ilishda davomida, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tuman va shahar soliq inspeksiyalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o'rganish hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tushuntirish va yo'nalishlar berildi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Mening mulkimda ikki qavatli noturar obyekt bor. Agar men noturar obyektimni ta’lim xizmatini ko’rsatuvchi tashkilotga ijaraga bersam soliq imtiyozi beriladimi

📌 Qonunchilikka muvofiq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari mulkida boʻlgan obyektlarga nisbatan mol-mulk soligʻidan imtiyoz mavjud.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

📚Mazkur imtiyozni qo‘llash maqsadida tadbirkorlik subyekti, tegishli faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lishi va ushbu faoliyatdan olingan daromadi (shu jumladan, tekin olingan mol-mulk) ularning jami yillik daromadining kamida 90% tashkil etishi shart.

✏️Biroq, taʻlim xizmatlarini koʻrsatmaydigan shaxs oʻz mulkidagi obyektlarni taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxsga ijaraga bergan taqdirda, mazkur imtiyoz qoʻllanilmaydi.
_________
#вопрос_ответ

У меня в собственности имеется двухэтажный нежилой объект. Могу ли я воспользоваться налоговой льготой, если свой нежилой объект буду сдавать в аренду организации, предоставляющей образовательные услуги

📌В соответствии с законодательством действует льгота по налогу на имущество в отношении объектов, находящихся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги.
👉 ст. 414 НК

📚От налога на имущество освобождаются объекты, находящиеся в собственности субъектов предпринимательства, оказывающих образовательные услуги, при наличии разрешительного документа на соответствующий вид деятельности и при условии, что доход от этой деятельности (включая безвозмездно полученное имущество) составляет не менее 90% от их совокупного годового дохода.

✏️Однако, если собственник не оказывает образовательные услуги и сдает в аренду принадлежащий ему объект юрлицу, предоставляющему образовательные услуги, данная льгота не применяется.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Mingga yaqin tadbirkorga 1,3 trln so‘m QQS bir kunda qaytarildi

2025-yilning I yarim
yilligida «AAA» toifadagi 934 ta tadbirkorlik subyektiga 1,3 trln so‘m QQS avtomatik ravishda bir kunda qoplab berildi.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
👉Soliq kodeksining 60-moddasi

Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

▫️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.
👉Soliq kodeksining 137-moddasi

▫️QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
👉Soliq kodeksining 274-moddasi

❗️Davlat korxonalari hamda ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50% miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Ma'lumot uchun:
2024-yilda «AAA» toifadagi 1 099 ta tadbirkorlik subyektiga 1 932,8 mlrd so‘m QQS hech qanday tekshiruvlarsiz, bir kunda avtomatik ravishda qaytarib berilgan.
____________
#рейтинг_устойчивости

Около тысячам предпринимателям за 1 день возмещен НДС в размере 1,3 трлн сумов


В I полугодии 2025 года 934 субъектам предпринимательства категории «AAA» автоматически возмещено 1,3 трлн сумов.

Рейтинг устойчивости предпринимателей предусматривает выявление и поощрение предпринимателей, осуществляющих деятельность с соблюдением требований законодательства.
👉ст.60 НК

У предпринимателей с самым высоким рейтингом категории «ААА»:

▫️не проводятся налоговые проверки, кроме проверок, проводимых в рамках уголовных дел.
👉ст.137 НК

▫️сумма НДС возмещается за 1 день, а камеральная налоговая проверка при этом не проводится.
👉ст.274 НК

❗️Исключение составляют госпредприятия и юрлица с долей государства в уставном фонде (уставном капитале) в размере 50% и более.

Для справки:
В 2024 году 1 099 субъектам предпринимательства категории «AAA» автоматически возмещено 1 932,8 млрд сумов НДС в течение одного дня без проверок.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


2025-yil iyun oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 70,5 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:

📍Farg‘ona viloyati – 86,5%;
📍Xorazm viloyati – 77,5%.
📍Navoiy viloyati – 75,5%.

Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyun oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 170 nafar, (shundan 116 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Reyting koʻrsatkichi:
▫️55 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 3 226 nafar;
▫️55 balldan past boʻlgan inspektorlar – 576 nafarni tashkil etdi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 453 ta mahallada 4 161 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kichik tadbirkorlik subyektlariga kimlar kiradi?

👍O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:

👍 yakka tartibdagi tadbirkorlar;

👍ishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:

👍yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;

👍metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;

👍mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;

👍 fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.

Shuningdek, faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushieng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.

Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyatslar vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma murojaatlarsiz qo‘llanilishi belgilangan.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi

🔎Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, toʻxtatib turilgan majburiyatlarning bajarilishi qaror qabul qilingan kundan tiklanadi.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 95-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

👍To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxati kengaytirildi

👍Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

➡️PF-97, 23.06.2025-yil

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 9-iyul

iyul oyi uchun:


- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 6-qism).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 июля 2025 года последний день

за июль:


- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.6 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#satatistika

Korxona va tashkilotlarning soni


📊2025- yil 1- iyun holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 43,5 mingtani tashkil etadi, shundan 37,3 mingtasi yoki 85,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir.

2024- yilning shu davriga nisbatan korxona va tashkilotlar 104,1 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 104,7 foizni tashkil etdi.


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz_

👍O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi bilan jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar turlari belgilab qo‘yilgan.

👍Shuningdek, qonunchilikka muvofiq jami daromadning tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.

Yuqoridagi daromadlar olinishi natijasida jismoniy shaxslar belgilangan tartibda daromad solig‘i to‘lashi zarur.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2025-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

Tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__
#алкоголь #cбор

Порядок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции

Сбор за право реализации алкогольной продукции уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2025 год

При прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.

👉ст.460 НК

При возобновлении прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-iyul

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

iyul oyi uchun:

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июля 2025 года последний день

за июнь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за июль:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 16:12:18
Back to Top
HTML Embed Code: