Telegram Web
#foyda_soligi

15-iyul - III chorak uchun foyda solig'i bo'yicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni

Jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

Soliq toʻlovchilar har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

▫️Ma’lumotnoma o‘z vaqtida taqdim etilmasa bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
▫️Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilsa soliq organlari maʼlumotnomaga o‘zgartirish kiritishga haqli.

👉Soliq kodeksi 340-modda
_____________
#налог_на_прибыль

15 июля - последний день представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль за III квартал

Налогоплательщики с совокупным доходом более 10 млрд сумов ежемесячно не позднее 23-го числа уплачивают авансовые платежи по налогу на прибыль.

Налогоплательщики вправе представить в налоговые органы справку о сумме авансовых платежей не позднее 15 числа первого месяца следующего квартала исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.

▫️Если справка своевременно не представлена, исчисление авансового платежа осуществляется налоговыми органами самостоятельно.
▫️При необоснованном занижении ожидаемой суммы прибыли налоговые органы вправе вносить изменения в справку.

👉ст.340 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 21-iyul 2025-yil II chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

Barcha soliq to‘lovchilar II chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);

▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.

*2025-yil 20-iyul dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 21-iyulga ko‘chiriladi.

👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hayat

Tanqidiy xulosa va qonun ustuvorligi

Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazilib, unda joriy yilning I yarim yilligi, jumladan II chorak soliq tushumlarining tezkor tahlili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida”gi taqdimnomasi tanqidiy muhokama etildi.

Yigʻilishda qoʻmita va hududiy soliq idoralari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Bosh Prokuratura masʼullari ishtirok etdi.

Joriy yilning I yarim yilligi va II chorak yakuni bilan budjetga soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga, hududlarda 26 foizga oʻsganligi qayd etildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar, korxonabay va mahallabay ishlash institutlari samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, prokuratura organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan II chorakda hududlarda foyda soligʻi tushumi – 44 foizga va QQS - 40 foizga oʻsganligi eʼtirof etildi.

Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida budjetga qoʻshimcha daromadlarni jalb etish topshirigʻi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha Surxondaryo, Jizzax, Xorazm, Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari tushumi boʻyicha Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hamda jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha Fargʻona viloyati soliq idoralarida yetarli darajada ish tashkil etilmaganligi koʻrsatib berildi.

Shuningdek, soliq xavfi asosida tadbirkorlik subyektlarini tekshiruvlarga segmentlash, soliq nazorati tadbirlarini tashkil etish, oʻtkazish, natijalarini koʻrib chiqish, moliyaviy jarimalarni qoʻllash hamda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻyilishidagi kamchiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining taqdimnomasi asosida aniq misollar bilan tanqidiy koʻrib chiqildi.

Muhokama natijalari bilan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, budjetga tegishli har bir soʻm mablagʻlarni joyiga undirish, aybdor xodimlarga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvlarini yakuniga yetkazib, tegishli jazo choralarini belgilashga qaror qilindi.

Hayʼat yigʻilishida soliq tushumlari yuqori oʻsish darajasini III chorakda ham saqlab qolish, soliq bazasini kengaytirish hisobiga mahalliy budjetlar daromadini oshirish, soliq qarzi va ortiqcha toʻlov summalarini keskin kamaytirish, yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish, tizimda korrupsiya holatlarini mutlaqo bartaraf etish, moliyaviy jarimalarni qoʻllashda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish ustuvorligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda manzilli vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Jismoniy shaxslar Soliq mobil ilovasi 📱orqali mol-mulk va yer soliqlarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#OAV

Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov tizimda samarali faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi. Unda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslari va rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🖥https://uza.uz/uz/posts/toshkent-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_736296

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔎Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan bo‘lsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish tamomlangan kungacha bo‘lgan davr ............... deb e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
45%
✔️Soliq davri
29%
✔️Oxirgi soliq davri
27%
✔️Tugallangan soliq davri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining ayrim moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-1071, 26.06.2025-yil.

Hujjatga muvofiq:

▫️Soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda mazkur shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali elektron hujjatni tasdiqlash ham elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi;
👉Soliq kodeksi 19-modda

▫️ortiqcha undirilgan soliqlarni soliq toʻlovchining arizasiga muvofiq boshqa soliqlardan kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olish muddati 15 kundan 3 kunga qisqartirildi;
👉Soliq kodeksi 103 va 105-moddalari

▫️ Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ularning erining (xotinining) ish haqi va boshqa daromadlari toʻliq daromad soligʻidan ozod qilindi;
👉Soliq kodeksi 378 va 380-moddalari

▫️“Mahalla servis” kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda foyda, mulk va yer soliqlari, shuningdek, ularning ishchilari daromad soligʻi hamda ularning oylik ish haqiga hisoblangan ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etilishi belgilandi;
👉Soliq kodeksi 304, 378, 403, 411 va 426-moddalari

▫️qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqchilik xo‘jaligida foydalanilgan suv hajmi boʻyicha suv soligʻi hisoboti “Suv hisobi” axborot tizimi asosida soliq organlari tomonidan avtomat tarzda shakllanadi;
👉Soliq kodeksi 447-modda

▫️xorijiy manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllashda yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida, 2028-yil 1-yanvarga qadar davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirishda QQSdan ozod qilishga oid amalda berilgan imtiyozlarni texnik yordam koʻrsatish (grantlar) loyihalarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.
👉Soliq kodeksi 483-modda

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlaridagi charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari hamda ushbu sanoat zonasidagi korxonalar mol-mulk, yer va suv soliqlaridan ozod etilishi belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#royxatdan_otish

Yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tishda nimalarga e’tibor berishi kerak?

Yuridik shaxslar yuridik manzilini o‘zgartirganda yoki qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish yoki ajratib chiqarish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgartirilganda soliq majburiyatlarining bajarilishi tekshiriladi va quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:

- yuridik shaxsning BHMning 50 barobaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi;

- amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi;

- soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi.

Agar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli qayta ro‘yxatdan o‘tish rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilgach, Davlat xizmatlari markazlariga qayta murojaat qilish mumkin.

👉VMQ-66-son, 09.02.2017-yil

Biroq ba’zi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq nazoratidan qochish, shubhali tovar aylanmalarini amalga oshirish maqsadida bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yoki boshqa tadbirkorlik subyekti tarkibiga qo‘shib yuborishga urinish holatlari ko‘paymoqda.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra bunday noqonuniy xatti-harakatlar tezda aniqlanib, qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun:
2025 yil yanvar-iyun oylarida jami 9 413 ta tadbirkorlik sub’yekti ko‘chish va qo‘shilish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
Shundan:
- 7 045 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan;
- 2 368 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan.

2025-yil iyun oyining o‘zida yuridik shaxslarning 699 tasi yuridik manzilini o‘zgartirgan va 130 tasi boshqa korxona tarkibiga qo‘shilgan, biroq, 1 436 ta holatda korxonalar yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri kelganligi sababli rad javobi berilgan.
_______________
#регистрация

Перерегистрация юридических лиц: что нужно знать?

Юридическим лицам при смене юридического адреса или при реорганизации (слияние, присоединение, преобразование, разделение, выделение) следует пройти перерегистрацию в Центрах государственных услуг.

❗️При изменении регистрационных данных проверяется исполнение налоговых обязательств и может быть отказано на основании:

- наличия налоговой задолженности, превышающей 50-кратный БРВ;

- неполного отражения
в налоговой отчетности объемов товарооборота и объема реализации импортированных товаров;

- несвоевременной сдачи налоговой отчетности.

В случае отказа в перерегистрации из-за несоответствия данным критериям, можно повторно обратиться в Центры государственных услуг после устранения недочетов.

👉ПКМ№66 от 09.02.2017г.

Однако с целью уклонения от налогового контроля и осуществления теневого товарооборота некоторыми субъектами предпринимательства все чаще предпринимаются попытки смены региона регистрации либо присоединения к другим юридическим лицам.

В результате проведенного налоговыми органами анализа, подобные незаконные действия оперативно выявляются, и в соответствии с требованиями законодательства по ним принимаются соответствующие меры.

Для справки:
▫️ в январе-июне 2025 года в связи с реорганизацией и изменением места нахождения перерегистрированы 9 413 юрлиц, из них:
- у
7 045 - изменен юридический адрес;
- 2 368
- реорганизованы в форме присоединения.


▫️только в июне 2025 года:
- 699 - юрлиц перерегистрированы по новому адресу;
- 130 - реорганизованы в форме присоединения к другим юрлицам;
- в
1 436 случаях было отказано для исправления недостатков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ochiq muloqot orqali — islohot sari

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehmonxona sohasi, muvofiqlikni baholovchi va audit idoralari vakillari ishtirokida ochiq muloqot boshlandi.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Bu uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan eng dolzarb muammolar, sohadagi tizimli kamchiliklar va ularning yechimi bevosita mutaxassislar va rahbarlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Qiziq yangiliklar, fikrlar va amaliy takliflar — bir vaqtning o‘zida 👉jonli efirda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish ustuvor vazifa

Kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, ularning faoliyatidagi dolzarb muammolarga amaliy yechim topish maqsadida Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 27 iyun kuni tarmoq va sanoat korxonalari rahbarlari bilan tashkil etilgan navbatdagi ochiq muloqotda “Lactalis central asia” MCHJ XK vakili tomonidan korxonada o‘tkazilgan soliq auditi natijasida aniqlangan 1,5 mln so‘m kamomad uchun (Soliq kodeksining 227¹-moddasiga asosan) 5,4 mlrd so‘m jarima qo‘llanilganligi bo‘yicha e’tiroz bildirgan edi.

Mazkur holat nazoratga olinib,  xizmat o‘rganishi tayinlandi.

O‘rganishda korxona tomonidan majburiy markirovkalash talablarini buzilish holatlari Soliq kodeksi talablariga asoslangan holda isbotlamasdan, markirovkalash qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun jarima noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlangan.

Mazkur holat Soliq qo‘mitasida hududiy soliq organlari rahbari ishtirokidagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari bartarf etish bo‘yicha tegishli tashkiliy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, soliq nazorati tadbirlarini tashkil etish, moliyaviy jarimalarni qo‘llashda tadbirkorlik sub’yektlari xuquqlarini himoya qilish ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni damda Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hunarmandchilik va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi, Hunarmandlar, Zargarlar va Kichik biznes uyushmalari rahbariyati ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Prezidentning “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-207-sonli yangi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan ochiq muhokamalar olib borilmoqda.

Yig‘ilish YouTube orqali 👉to'g'ridan to'g'ri efirda namoyish etilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar.

👍Aziz va g‘ayratli yoshlar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👍2025- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra viloyatda jami 37 722 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

👍“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi .

👍2-iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun

👍Kichik biznes tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari

👍Yangi g‘oya va loyiha ijtimoiy faollikni oshiradi.

👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan

👍Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasida yosh soliqchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👍Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning)

👍Soliq organlarida 394 mingdan ortiq ijara shartnomalari hisobga qo‘yildi.

👍Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

👍Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov

👍Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan bo‘lsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish tamomlangan

#soliqpressa#dayjest  

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱
Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦
#Soliq_kodeksi

🌀Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 55-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 07:07:24
Back to Top
HTML Embed Code: