Telegram Web
#uchrashuv

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Nurafshon shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Uchrashuv Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Ergashev boshchiligida hamda Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o'rinbosari E.Alishov ishtirokida olib borildi.

👍Ushbu tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishi hamda kengaytirishida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

👍Nurafshon shahrida biznes muhitini yanada yaxshilash uchun yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Nurafshon shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, ma’muriy huquqbuzarliklar, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Murojaatlarning bir nechtasi joyida hal etildi. Vaqt talab etiladigan masalalar ijrosi ta’minlanishi uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, eng namunali, barqarorlik reytingi yuqori va faol tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasi boshlig'ining "Tashakkurnoma"si va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi!


Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Olimpiya va Paralimpiya musobaqalarida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa sportchilari uchun qo‘shimcha soliq yengilliklari berildi

"2028-yil Los-Anjeles shahrida(AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida" Prezident Qarori qabul qilindi.
👉PQ-221-son, 08.07.2025-yil

Qarorga muvofiq:

▫️Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rish doirasida milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilandi.

❗️Ma’lumot uchun, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan. Sportchilarning ushbu daromadidan tashqari barcha daromadlari daromad solig‘iga tortiladi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yiladimi?
Anonymous Quiz
42%
✔️yo‘l qo‘yilmaydi.
24%
✔️yo‘l qo‘yiladi.
33%
✔️ba’zi holatlarda yo‘l qo‘yiladi.
#ishchi_tashrif

Energiya nazorat tizimi – tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirib, aholini uzluksiz energiya bilan taʼminlaydi

Xabar qilinganidek, Samarqand viloyatida elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash, energiya sarfini nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim imkoniyatlari o'rganilmoqda.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev viloyatda faoliyat yuritadigan hududiy elektr tarmoqlari xodimlari bilan yig‘ilish o'tkazdi.

Unda barqaror energiya taʼminoti masalalari tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, elektr tarmoqlarini nazorat qilish bo‘yicha yangi elektron platforma asosida joriy etilgan xodimlarning samaradorligini baholash tizimi (KPI) haqida so‘z yuritildi.

Tizimning maqsadi – har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatining shaffof ko‘rsatkichlari asosida ish faoliyatini to‘g‘ri baholashdir.

Baholash natijalariga ko‘ra, KPI ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 3 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar – mehnat shartnomalarini bekor qilish taklif etildi.

Yig‘ilish yakunida, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash va fuqarolarning qoniqish darajasini oshirish uchun shaffof, hisobdor va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv zarurligi alohida ta’kidlandi.
_________
#рабочий_визит

Система контроля энергии – снижает потери в сети и обеспечивает население бесперебойным электричеством

Как сообщалось ранее, в Самаркандской области изучаются возможности новой системы по контролю за энергопотреблением и улучшению инфраструктуры электрических сетей.

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел совещание с сотрудниками территориальных электрических сетей, действующих в регионе.

На нем критически обсуждены вопросы устойчивого энергоснабжения. В частности, презентована система оценки эффективности деятельности (KPI) сотрудников, внедренная на основе новой электронной платформы по контролю за электрическими сетями.

Цель системы – повышение ответственности каждого работника и корректная оценка работы на основе прозрачных показателей качества обслуживания.

Исходя из результатов оценки были предложены меры дисциплинарного воздействия – расторжение трудовых договоров в отношении троих сотрудников с низкими KPI показателями.

В завершение особо отмечено, что для стабильного обеспечения электроэнергией и повышения уровня удовлетворенности населения необходим прозрачный, подотчетный и ориентированный на результат подход.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtirildi

Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
👉PQ-223, 11.07.2025-yil

Qarorga asosan Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi (Kengash) tashkil etildi.

Ekspert kengashi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
✔️ tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish;
✔️soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qoʻllanishini oʻrganish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
✔️soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

⚡️Ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etiladi hamda uning majlislari bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Savdo-sanoat palatasi Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.

❗️Ekspert kengashiga quyidagi vakolatlar berildi:
✔️soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
✔️murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
✔️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish.

✍️Ekspert kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berildi:
✔️soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va koʻnikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
✔️zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul soʻrab olish, bundan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan holatlar mustasno.

Soliq qoʻmitasi soliqqa oid nizolarni sudgacha koʻrib chiqish jarayoni raqamlashtirilishi, sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi hamda idoralararo elektron maʼlumot almashinuvi yaxshilanishini taʼminlaydi.

Shuningdek, soliqqa oid nizolar koʻrib chiqiladigan majlislarda masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari yaratilib, nizolarni sudgacha koʻrib chiqishda soliq toʻlovchining (vakilining) ishtirok etishiga shart-sharoit yaratilishini, jumladan, alohida maxsus xonalar tashkil etilishiga masʼul hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyul holatiga Soliq qoʻmitasiga jami 1 275,7 mlrd soʻmlik 109 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi boʻyicha – 1 109,7 mlrd soʻmlik 75 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 166 mlrd soʻmlik 34 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

🇺🇿Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va rivojlantirish davlat siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

🏓 Xususan, bugun Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi rahbari va yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan sportning "stol tennisi" turi bo‘yicha “Soliq inspeksiyasi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.


Ushbu musobaqa Ohangaron shahridagi yoshlar o‘rtasida, sportning "stol tennisi" turi bo‘yicha mahallalararo havaskorlar ishtirokida o‘tkazildi.

🏆G'olib ishtirokchilar soliq inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandilar.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#musobaqa
🏆Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi   rahbari va  yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Ohangaron shahrida sportning "stol tennis" turi bo'yicha shahrimizdagi yoshlar o'rtasida "SOLIQ INSPEKSIYASI KUBOGI" musobaqasi jarayonidan videolavha....


Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar.

👍Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda

👍Chirchiq shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👍2025-yilning birinchi yarim yillik natijalari tahlil qilinib, soliq organlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar hamda

👍2025-yil iyun oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida

👍Kichik tadbirkorlik subyektlariga kimlar kiradi?

👍Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan

👍To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan

👍2025- yil 1- iyun holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni

👍O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi bilan jami daromadga kiritilmaydigan

👍Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan

👍Qonunchilikka asosan, jismoniy shaxslardan qay hollarda daromad solig‘i undiriladi?

👍Soliq tekshiruvlarining turlari nechtadan iborat?

👍Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish

👍Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar

👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Nurafshon shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

👍Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab

👍Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish va rivojlantirish davlat siyosatning

👍Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi   rahbari va  yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan

#soliqpressa#dayjest  

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱
Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

⭕️Ayni damda Toshkent shahrida savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv boshlanmoqda.

Uchrashuv Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilmoqda. Maqsad — sohadagi tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish va samarali yechimlar ishlab chiqish.

📊 Hozirgi kunda Respublika boʻyicha:
▪️146,8 mingta tadbirkor savdo sohasida,
▪️19,5 mingta tadbirkor umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Bu yuz minglab ish oʻrinlari va aholi farovonligi bilan bevosita bogʻliq yoʻnalishlardir.


Muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Biznes ombudsman, “Savdo va servis” uyushmasi, Kichik biznes uyushmasi rahbarlari va tegishli vazirlik-idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

☄️ Dolzarb masalalar, ochiq muloqot va aniq yechimlar — barchasi bugun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda!
_________
#встреча

⭕️В данный момент в Ташкенте начинается встреча с предпринимателями сферы торговли и общественного питания

Встреча проводится в рамках подготовки к открытому диалогу Президента с предпринимателями. Цель – выявление системных проблем в сфере и выработка эффективных решений.

📊 В настоящее время по республике осуществляют деятельность предприниматели:
▪️146,8 тыс. – в сфере торговли,
▪️19,5 тыс. – в сфере общественного питания.

Эти направления напрямую связаны с предоставлением рабочих мест и благосостоянием населения.


В диалоге участвует председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, Бизнес-омбудсман, а также руководство Ассоциации "Торговли и сервиса", Ассоциации малого бизнеса и ответственные сотрудники других соответствующих ведомств.

☄️ Актуальные вопросы, открытый диалог и конкретные решения – все в рамках прямого эфира!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 06:27:18
Back to Top
HTML Embed Code: