Rahbar kubogi: Badminton boʻyicha qizgʻin musobaqch boʻlib oʻtdi.
Bugun Davlatobod tumani sport maktabida viloyat sport boshqarmasi tasarrufidagi sport maktab rahbar xodimlari oʻrtasida "Sogʻlom inson – sogʻlom millat" gʻoyasini umummilliy harakatga aylantirish maqsadida "Rahbar Kubogi" musobaqasi tashkil etildi. Badminton sporti boʻyicha oʻtkazilgan mazkur musobaqada viloyat sport boshqarmasi xodimlari, ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda sport maktab direktorlari qatnashdi.
Musobaqa qizgʻin va keskin bellashuvlarga boy tarzda oʻtdi. Har bir ishtirokchi sportga boʻlgan qiziqishi va mahorat darajasini namoyon etib, gʻoliblik uchun bor kuch-gʻayratini ishga soldi. Badminton maydonchasida tezkorlik, chaqqonlik va strategiya asosiy qurol boʻldi. Tomoshabinlar va ishtirokchilar nafaqat sportning mazmunli lahzalaridan bahramand boʻlishdi, balki jamoaviy ruh va musobaqaviy muhitdan ham zavq olishdi.
Musobaqada faol ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar viloyat sport boshqarmasi tomonidan medallar, diplomlar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa nafaqat sportni rivojlantirish, balki rahbarlar oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va badmintonni ommalashtirishga xizmat qildi.
Sogʻlom inson – sogʻlom millat! Sport hayot tarziga aylansin!
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati
📝 Telegram | 📝 Facebook | 💻 Instagram | 🎞 Youtube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM