Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
5387 - Telegram Web
Telegram Web
Sherobodda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Axborot kutubxona markazida tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada tumandagi 65 dan ortiq korxona, tashkilotlar o‘zlarining 240 dan ortiq ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu Mehnat yarmarkasida 170 dan ortiq yoshlar ishga joylashish va boshqa masalalar yuzasidan qatnashib, shulardan 16 nafari korxona, tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 28 nafar fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo'naltirilib, 70 ga yaqin yoshlar chet davlatlariga borishga til o‘rganish kurslariga qiziqish bildirdi qolgan 60 dan ortiq fuqarolarga mehnat sohasidagi qiziqtirgan savollariga maslahatlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan  bir guruh soha vakillari taqdirlandi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
Mehnat yarmarkasida 261 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi

Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkilot va korxonalardagi mavjud vakant ish o‘rinlari uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Unda tumandagi 26 korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining 261 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi.

Tadbir davomida 5 nafar ishsiz fuqarolar o‘zlari tanlagan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilib, yo‘llanma berildi. Ish izlovchi fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda boshqa masalalar yuzasidan mutasaddilar hamda bo‘lim xodimlari tomonidan tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
Forwarded from Bandlik Vazirligi
"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 582 613 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan:
▪️Erkaklar – 234 792 nafar (40,3%);
▪️Ayollar – 347 821 nafar (59,7%).

Qaysi sektorda ko‘proq:
▪️Davlat tashkilotlarida – 247 606 nafar (42,5%);
▪️Xususiy sektorda – 335 007 nafar (57,5%).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Bugun, 2024-yilning  28-iyun kuni navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat" soati bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotida yurtimiz va xorijda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar sharhiga to‘xtalib o‘tildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
💼 Yangi tayinlov

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining tegishli buyrug'i bilan Sariyev Azimjon Odinaboboyevich Uzun tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

U 1982-yil Uzun tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi moliya.

Sariyev Azimjon Odinaboboyevich tayinlovga qadar, Uzun tuman Iqtisodiyot va Moliya bo‘limining Mahallalar bilan ishlash va ochiq budjet masalalari bo`yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.


Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсатига бағишланган видеоселектор йиғилиши ҳамда ёшлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда сўнгги етти йил ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқаришда “катта сакраш даври” бўлганини таъкидлади.

Шу етти йил ичида ёшларга оид 100 дан зиёд қонун ва қарор қабул қилиниб, 200 дан ортиқ имтиёз берилди.

Биргина таълим кредитидан 151 минг ёшлар фойдаланди. Эҳтиёжманд оиладан бўлган яна 110 минг талабанинг контрактини тўлашга 332 миллиард сўм ажратилди.

Натижада олий таълимда қамров 9 фоиздан 42 фоизга, олийгоҳлар сони эса 77 тадан 212 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Бугунги кунда 110 минг ўғил-қизларимиз хорижда таҳсил олмоқда.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етти йилда АҚШнинг “Печак лигаси”га кирувчи Гарвард, Йель, Колумбия, Стенфорд каби топ-8 та, Буюк Британиянининг “Расселл гуруҳи”даги Оксфорд, Кэмбридж, Бирмингем каби 24 та олийгоҳни 50 нафар ёшларимиз битирди.

Бу нуфузли олийгоҳларда ўқиётган ёшларимиз сони эса 200 дан ошди.

Facebook|Instagram|X
2024/09/30 13:52:54
Back to Top
HTML Embed Code: