Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
6640 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Bandlik Vazirligi
❗️Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси огоҳлантиради

🔴Иш берувчилар ўз фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталаши шарт!

“Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 4-моддасида, шунингдек, Меҳнат кодексининг 25-моддасида иш берувчининг ўз фуқаролик жавобгарлигини суғурта қилиш бўйича мажбурияти кўрсатилган.

Нима учун мажбурий суғурта талаб қилинади?

Ходим ўз меҳнат вазифаларини бажариш чоғида майиб бўлиб қолса, касб касаллигига чалинса ёки шунга ўхшаш ҳолатлар кузатилса, ходимнинг соғлиғига етказилган зарар суғурта полиси орқали қопланади.

▪️Суғурта қилмаслик - иш берувчига нисбатан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодексининг 49²-моддасига асосан, базавий ҳисоблаш миқдорининг 15 баравари, яъни ҳозирги кунда 5 625 000 сўмгача, бир йил давомида такроран содир этилганда базавий ҳисоблаш миқдорининг 30 баравари, яъни 11 250 000 сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.

Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлиги мажбурий суғурта қилинмаганлиги ersp.e-osgo.uz орқали аниқланган тақдирда, маъмурий жарима қўлланилади.

@mehnatvazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Angor«Ishga marhamat» monomarkazida kasb-hunar va xorijiy tillar o'rgatilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
❗️Бугун қисқартирилган иш куни

Бугун одатий иш кунидан камида бир соат эртароқ кетишингиз мумкин ва бунга қонунан ҳақлисиз. Чунки эртага 1 октябрь — “Ўқитувчи ва мураббийлар” куни.

Меҳнат кодексининг 187-моддасига асосан, ишланмайдиган байрам кунлари арафасида ҳар кунлик ишнинг (сменанинг) давомийлиги барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Ойлик байрамдан кейин бериладими?

Меҳнат кодексининг 253-моддасига асосан, иш ҳақи тўланадиган кун дам олиш кунига ёки ишланмайдиган байрам кунига тўғри келиб қолганда иш ҳақи ушбу кунлар арафасида тўланади.

Агар иш ҳақи ўз вақтида берилмаса нима бўлади?

Меҳнат кодексининг 333-моддасига кўра, иш берувчи иш ҳақи тўлаш кечиктирилгани учун ходим олдида моддий жавобгар бўлиши белгиланган:

▪️Ойлик тўлаш муддати жамоа шартномаларида белгиланади, аксарият жамоа шартномаларида ойлик бериладиган кун сифатида янги бошланган ойнинг 1-куни белгиланган, шундай ҳолатларда ойлик 1 октябрдан олдин тўланиши керак.

Ойлик олиш вақти кечиктирилса, кечиктирилган ҳар бир кун учун Марказий банк асосий ставкасининг 10 фоизи миқдорида компенсация тўланиши керак.

❗️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Bugun odatiy ish kunidan kamida bir soat ertaroq ketishingiz mumkin va bunga qonunan haqlisiz. Chunki ertaga 1 oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga asosan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan, ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi.

Agar ish haqi o‘z vaqtida berilmasa nima bo‘ladi?

Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar bo‘lishi belgilangan:

▪️Oylik to‘lash muddati jamoa shartnomalarida belgilanadi, aksariyat jamoa shartnomalarida oylik beriladigan kun sifatida yangi boshlangan oyning 1-kuni belgilangan, shunday holatlarda oylik 1 oktyabrdan oldin to‘lanishi kerak.

Oylik olish vaqti kechiktirilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
#Kambaģallikdan_farovonlik_sari
#Xalqimiz_farovonligi_uchun

Prezidentimiz topshiriqlariga asosan, kambag‘allikni qisqartirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" tamoyili asosida amaliy ishlarga kirishildi.

Muzrabot tumani mahallalaridagi kambag'allikni qisqartish aholini turmush tarzini yaxshilash borasida amalga oshirilyotgan ishlarni o'rganish hamda kelgusida kambag'al oilani doimiy daromad manbaiga ega bo'lishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish maqsadida amaliy harakatlar boshlandi.

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Yaqubov boshchiligida bir guruh xodimlar
tomonidan Muzrabot tumanidagi mahallarda uyma-uy yurib aholi muammolari o'rganildi. Fuqaro Sh.Qurbonovaning uy joyini ta'mirlash va D.Ibragimovani uyining g'ishtini terib, tomini yopishga tayyorlanmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
USTOZ BO‘LMASA

Iymon qayda edi, ustoz bo‘lmasa,
Urfon qayda edi, ustoz bo‘lmasa.
Sohibqiron qayda, Navoiy qayda,
Cho‘lpon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Yo‘qsillar yurtiga dunyo keltirgan,
Sahrolar bag‘riga daryo keltirgan,
Ul yurtdan bul yurtga ziyo keltirgan,
Karvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallim atalgan, buyuk atalgan,
Ardoqlangan mudom, suyuk atalgan,
Olti asr avval ko‘kka qadalgan,
Narvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Ko‘nglidan taralgay ming bitta irmoq,
Kunduzi quyoshdir, kechalari moh,
Aqlin ekib yerga, ko‘tarilgan tog‘,
Xirmon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

U shundoq yashaydi, tug‘ilgan shunday,
Zarrasi behisob, bir siqim qumday,
Mardlikdan dars olgan -Jaloliddinday,
Qurbon qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

She’r bitsam, SO‘Z topib, g‘amimni yegan,
Ko‘ngil deb atalmish zo‘r ilhom bergan,
Chor tomoni gulzor, she’riyat degan,
Bo‘ston qayda edi, ustoz bo‘lmasa!

Muallif:
O‘lmasbek Samarqandiy

Ijroda:
Lola Eltoyeva
Dilnoza Kubayeva
Uchqun Tillayev
Rixsitilla Abdullayev.

Telegram|web-sayt|facebook
🇩🇪 Germaniyada 2025-yil mart va avgust oylaridan Ausbildung!

Sizda nemis tilidan B1 sertifikati bo'lsa, unda hoziroq Germaniyada mehmonxona, gastranomiya, mexatronika va parvarish sohalarida kasbiy ta'limni o'rganish va ishlash uchun ro'yxatdan o'ting.

Nomzodlar uchun talablar:


💢Maktab shahodatnomasi;
💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
💢Yosh chegarasi 18-35 yosh.

Afzalliklari:

🔹Stipendiya 1000-1300 yevro;
🔹Yashash joyi topishga ko'mak;
🔹Tibbiy sug‘urta;
🔹Kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
🔹Aeroportdan ish joyigacha bepul transfer.

Sohalar kesimida ro'yxatdan o'tish:

👉 Mexatronika
👉 Gastronomik sohalar
👉 Parvarish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Kambag'allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi
#30sep #uzbekiston24

Qumqo'rg'on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida

Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook
Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi

O‘tgan 7 yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun budjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.

Xususiy ta’limga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi.

Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-ma’naviy resurslar bilan to‘ldirilishi kerakligi, shundagina ta’limda sifat, samara bo‘lishi ta’kidlandi.

Intellektual-ma’naviy resurslar – bu avvalo o‘qituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, ma’naviy saviyasi deganidir.


O‘tgan davrda ilgari e’tibordan chetda qolgan yo‘nalishlar, xususan, pedagogik ta’limga, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslariga e’tibor kuchaytirildi.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shakli tiklandi.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020 yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:

“Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.

Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.

Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.

Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.

Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
2024/09/30 18:17:40
Back to Top
HTML Embed Code: