Telegram Web
Hayvonlarni sovuqdan asraylik: Yurtimizga kirib kelayotgan qattiq sovuq oqimi hayvonot olamiga ham jiddiy xavf soladi: Yovvoyi hayvonot dunyosini qishning sovuq kunlaridan saqlab qolish maqsadida “Surxon” davlat qo’riqxonasida biotexnik tadbirlar o’tkazilmoqda.

Qo’riqxonadagi boy hayvonot dunyosini qahraton qishdan olib chiqish borasida qo’riqxonaning “Xatak” bo’limi “Kiyikdara” massivida biotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur tadbirlarda o’zaro hamkorlik doirasida qo’shni Turkmaniston Respublikasining “Ko’hitang dog” davlat qo’riqxonasi xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamda AQSh mamlakatidan kelgan tabiatshunoslar ham ishtirok etishdi. Hayvonlar uchraydigan joylarga tuz va yemlar qo’yib chiqildi.

Bunaqa tadbirlar qo’riqxonaning boshqa bo’limlarida o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#фотоқопқон #фотоқопқон

📸 Surxon qo‘riqxonasidagi morxo‘rlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga morxo‘rlar galasi muhrlandi.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
Uzun tumanida sovuq qorli kunlarda “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko’chatlarini sovuq urishidan oldini olish borasida ishlar amalga oshirilmoqda

Uzun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxtlar shoxlaridagi qorlardan tozalanib, qo’shimcha ravishda o’g’it qo’yib chiqiladi.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
Ov qilish qoidalarini buzgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Angor va Jarqo'rg'on tumanlari hududida o'tkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida Termiz tumani "Soliobod" mahallasida yashovchi fuqaro B.O tomonidan ovchilik yullanmasi olmasdan ov qilish qoidalarini buzgan holda 1 bosh Qorabuzov qushini ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 90-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BbHMning 20 barobari miqdorida 7 million 500 ming so'm miqdorida ma'muriy jarima belgilandi.

Fuqaro ushbu harakati oqibatida tabiatga 187 ming so'm zarar belgilandi.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Surxon qo‘riqxonasi fotoqopqoni morxo‘rlar tasvirga oldi

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
2024/12/30 16:26:27
Back to Top
HTML Embed Code: