Telegram Web
Sho‘rchi tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil belbog‘” tashkil etilmoqda

Dastlab, Sho‘rchi tumani hududida “Yashil belbog‘” tashkil etish borasida seminar o‘tkazildi. Shundan so‘ng ko‘chat ekish uchun start berildi.

Mehr bilan ekilgan va parvarish qilinayotgan daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

Tumanimizda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
Viloyatimiz hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining ikki tomonlama atrofida bo‘sh turgan yer maydonlariga ko‘chatlar ekilib, "Yashil belbog' tashkil etiladi

Bunda, M-41 xalqaro avtomobil yo‘li atrofida bo‘sh turgan joylari xatlov qilinib, Eldor qarag'ayi, Tut, Chinor, Katalpa va mevali daraxtlardan iborat jami 229 ming tup ko‘chat ekish re’jalashtirilmoqda.

Bugun Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig'i  O’ktam Utayev, viloyat Ekologiya boshqarmasi va boshqa ma'sul mutassadilar mazkur ish jarayonlari bilan tanishib, Jarqo’g’on tumanining “Surxon” SIU hududi “Saodat” fermer xo‘jaligida ko’chat ekish ishlarida ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatida turli chang to‘zonlari, shamollar aholiga va qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "yashil" belbog‘lar yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun ana shunday loyihalarning navbatdagisiga start berildi. Vohamiz hududidan o‘tuvchi M39 va M41 xalqaro avtomagistral yo‘llari bo‘ylab, dala chetlari, bo‘sh maydonlarda 3-4 qator qilib daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov M41 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz tumani hududida joylashgan qismida, dala chetida daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi. Shuningdek, shu yerning o‘zidan videokonfrensaloqa orqali Termiz shahri va tumanlardagi tadbirlarga ham start berildi.

Ayni vaqtda vohamiz hududlarida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://www.tgoop.com/surxoneko
2024/12/21 14:48:22
Back to Top
HTML Embed Code: