Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#kechkimutolaa

Shovqinli sinf haqiqatdan ham yomon sinfmi? Shovqin o'quvchilaringizning ijtimoiy ko'nikmalari rivojlanishi uchun samarali vosita desam ishonasizmi? Zamonaviy ta'limning g'ayrioddiy qarashlariga tayyormisiz?

Unda "Shovqinli sinf yomon sinf degani emas!" nomli maqolamiz aynan siz uchun!

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 4 daqiqa)
#kechkimutolaa

O'smirlarni ko'pincha tushunib bo’lmaydigan, o’zboshimcha va hatto asab buzar deb hisoblashadi. Ammo aslida, ular g’aroyib talantlar va takrorlanmas nuqtai nazar yordamida murakkab dunyoda o'zlari uchun o’z yo'llarini topayotgan ajoyib shaxslardir.

O'smirlar tog'risida ko'proq bilib olishni va qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqishni xohlaysizmi?

Unda ''O'smirlar haqidagi siz bilmagan 10 ta fakt'' nomli maqolamiz aynan siz uchun!

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
🟢Rahimov School Toshkent filiali

Siz tashabbuskor '' Event manager'' misiz?

🟢Unda bizdagi imkoniyatlar aynan siz uchun!

— Rasmiy mehnat shartnomasi
— Moslashuvchan ish grafigi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Maktab hisobidan 50% lik tushlik to'lovi
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan ko'mak
— Karyera istiqbollari
🟢Oylik maosh: 4-6 mln

🟢Talablar

Marketing, kommunikatsiya va shunga muvofiq keluvchi sohadagi bakalavr darajasi
Boshqaruvchilik va tashkilotchilikdagi tajriba
Tadbirlar uchun taqdimot va materiallarni sifatli tayyorlash ko'nikmasi
O'zbek, ingliz va rus tillarida muloqot qilish va muzokora olib borish qobilyatlari
Ijodiy jamoada ishlay olish va ijodkorlik mahorati
Turli xil vazifani bir vaqtning o'zida samarali bajara olish va vaqtni to'g'ri boshqarish malakasi
Zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalana olish
Stressga chidamlilik, tezkor javob va tafsilotlarga e'tibor berish xususiyati

🟢Vazifalar

— Ijtimoiy tarmoqlardagi barcha tendensiyalarni o'rganib chiqish va to'g'ri tahlil qilish
— Tashkil etilishi ko'zda tutilayotgan tadbirning narxini rejalashtirish va byudjetni to'g'ri taqsimlash
— Loyihaning qamrov doirasini aniq belgilay olish
— Turli xil tadbirlarni rejalashtirish jarayonida resurslarni to'g'ri taqsimlash, rejalashtirish va amalga oshirish
— Kamera bilan samarali ishlash va tadbirdan so'ng post-prodakshinga e'tibor qaratish

🟢 Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldiring

@talim_ber
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kechkimutolaa

Yangi til o'rganmoqchimisiz?

Maqsadingizni Aniqlang! Til o‘rganishdagi maqsadlaringizni aniqlash, akademik muvaffaqiyatdan karyera rivojlanishigacha, tajribangizni yanada orttirib, ishonchingizni mustahkamlashi mumkin.

"Til o‘rganishda maqsadni aniqlash muhim" nomli qiziqarli maqolamizni o‘qing va o‘rganish jarayoningizni yanada samaraliroq qiling.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 3 daqiqa)
#kechkimutolaa

Ko'pgina ota-onalar ta’tillarni yuk, qo'shimcha stress deb qabul qilishadi, bu ularning odatiy kun tartibini buzadi va butun kun davomida bolalar bilan shug'ullanishga majbur qiladi deb o'ylashadi.

Aslida, ta’tillar – bu o'quv jarayonidagi tanaffus emas, balki oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlash, yangi urf-odatlar yaratish va bir-birlariga unutilmas lahzalarni sovg'a qilish uchun ajoyib imkoniyatidir.

Farzandlaringiz uchun ta'tilni qiziqarli jarayonga aylantirish va undagi vaqtlarini tartibli rejalashtirishni istaysizmi?

Unda ''Ta’til - shunchaki tanaffus emas, balki o'sish va oilaviy baxt uchun vaqtdir'' nomli qiziqarli maqolamiz aynan- siz uchun!

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
#kechkimutolaa

Har bir bola o‘ziga xos va noyobdir, ammo ba’zi bolalar uchun kundalik faoliyatlarni bajarish, masalan, diqqatni jamlash yoki bir joyda uzoq vaqt turish, juda murakkab bo‘lishi mumkin.

Siz o'z farzandingizni yoki o'quvchingizni xotirjamlikdan yiroq, diqqatini jamlay olmaydigan holatda ko'rganmisiz? Bu holatda tog'ri yondashuv qilishni xohlaysizmi?

Unda ''Bolalar hayotidagi kichik qiyinchiliklarni yengish yo‘llari'' nomli maqolamiz aynan - siz uchun!

Maqolamizda diqqatini jamlashda qiynalayotgan bolalarga qanday yordam berish mumkinligi haqida aniq, samarali va ilmiy asoslangan tavsiyalarni bilib olishingiz mumkin.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 3 daqiqa)
#kechkimutolaa

Ta'lim tizimi va baholash usullari o'rtasidagi munosabat muhim masala bo'lib, an'anaviy baholash usullari (imtihonlar, testlar) o'quvchilarning bilimlarini o'lchashda keng qo'llanilgan. Biroq, bu usullar qisqa muddatli xotira va yuzaki o'rganishga asoslanadi, zamonaviy ta'lim esa ijodkorlik, hamkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga e'tibor qaratadi. Shuning uchun o'qituvchilar an'anaviy baholashlardan voz kechib, alternativ usullarni joriy etishlari zarur.

Alternativ baholash usullari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi?

Unda ''Nima uchun an'anaviy baholash usullaridan kamroq foydalanishimiz kerak'' nomli maqolamiz aynan- siz uchun!

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 3 daqiqa)
#kechkimutolaa

Darslik va Ijodkorlik - ta'lim olamining ikkita muhim ko'nikmalari hisoblanadi. O'qitishdagi muvaffaqiyat, bu ikki omil birga ishlatilgandagina samarali bo'ladi. Zero, Ijodkorliksiz darslik zerikishga; Darsliksiz ijodkorlik esa isrofgarchilikka olib keladi.

Darslik va Ijodkorlik tafavvutini to'g'ri saqlash sirini esa "Darslikka amal qilish majburiymi?" nomli maqolamizda sizga taqdim etamiz.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
Siz ta'limni qanday tasavvur qilasiz?

Ko'plab odamlar uchun bu – o'qituvchilar yoki darsliklar orqali bilim olish jarayoni. Ammo autodidaktlar uchun ta'lim – bu o'z-o'zini rivojlantirish, doimiy izlanish va o'rganishdan zavq olish sayohatidir.

Autodidaktlar o'zlarini mustaqil ravishda rivojlantirib, o'rganishdan zavq olishadi. Ular ta'limni faqat kitoblardan yoki darsliklardan emas, balki hayotdagi amaliy tajribalardan ham o'rganadilar. Bu yondashuv, ularga har bir sohada muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi.

Bu haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishni istaysizmi?

Unda Rahimov School maktabi asoschisi Aziz Rahimovning ''Autodidaktlar (o'z-o'zini o'rgatuvchi) odamlar qanday o'ylaydi?'' nomli TEDXCAU da bo'lgan taqdimotini e'tiboringizga havola etamiz.

»» Videoni to'liq ko'rish ««
#kechkimutolaa

Ko‘pgina odamlar bulliyngni bolalikdagi oddiy janjal yoki mojarolar deb qabul qilishadi, ammo bu noto‘g‘ri tushunchadir.

Aslida, bulliyng – bu tizimli ravishda jabrlanuvchiga qasddan zarar yetkazadigan jiddiy muammo bo‘lib, uning oqibatlari bolalar ruhiyatida chuqur iz qoldirishi mumkin.

Farzandingiz yoki o'quvchingizni bulliyngdan qanday himoya qilishni va unga qarshi samarali choralar ko‘rishni bilishni istaysizmi?

Unda "Bulliyng – ijtimoiy muammoni ildizi" nomli maqolamiz aynan siz uchun!

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahimov school Toshkent filiali

📢 Jismoniy tarbiya (o'g'il bolalar uchun) o'qituvchilarini o'z jamoasiga taklif etadi


Bizdagi imkoniyatlar

— Rasmiy mehnat shartnomasi
— Moslashuvchan ish grafigi
— Maktab hududida tushlikning 50% qismi to'lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
— Oylik maosh: ( 26 soat uchun 7,280,000 so'm)

Talablar

• Mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot (Magistr);
• 3 yildan ko’p o’qituvchi sifatida ish tajribasi;
• Jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlari bo‘yicha metodikalarni bilish;

Vazifalar

— O‘quv jarayonini tashkil etish, metodikalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
— Turli sport va jismoniy mashg'ulotlar orqali jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy ishlash va sportni targ‘ib qilish;
— Maktab sport tadbirlari, musobaqalari va chempionatlarini o‘z ichiga olgan tashkiliy sport faoliyatlarini boshqarish va tashkil etish;
— Barcha jismoniy tarbiya faoliyatlari va darslarida intizom va xavfsizlik standartlarini saqlash.

🟢 Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldiring

Pedagogik bilimlaringizni maxsus kanalimiz orqali oshirib boring — @talim_ber
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limda haqiqiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun empatiyaning o‘rni haqida o‘ylash kerakmi?

Sevara Maxsudova, Rahimov School maktabi ingliz tili o‘qituvchisi, o‘zining TEDxСAU da bo'lgan taqdimotida empatiyaning ta'lim yetakchilarida bo‘lishi zarur bo‘lgan muhim fazilatlardan biri ekanini ta'kidlaydi.

Shuningdek, ta'limda haqiqiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun nafaqat bilim va tajriba, balki boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish va ularga qarshi empatiya bilan yondashish zarurligiga alohida e'tibor qaratilgan.

Siz ta'limda ijobiy o‘zgarishlarni yaratishni va empatiyaning ta'limdagi ahamiyatini chuqurroq tushunishni istaysizmi?

Unda ''Ta'limda kelajak yetakchilari uchun empatik fikrlashning yuksalishini qo‘llab-quvvatlash'' nomli taqdimotni e'tiboringizga havola etamiz.

»» Videoni to'liq ko'rish ««
🟢 Мы предлагаем:

— Официальное трудоустройство
— Возможности для повышения квалификации
— Высокая зарплата (7-10 млн сум)
— Работа в дружном коллективе
— Скидка 30% на обучение ваших детей
— Удобный график (8:30-17:30 | 5/2)
— Обед с 50% оплатой от школы
— Помощь в хозяйственных покупках

🟢От вас требуется:

• Опыт работы с детьми дошкольного возраста.
• Образование в сфере педагогики или психологии (приветствуется).
• Умение организовывать образовательный процесс в игровой форме.
• Ответственность, коммуникабельность и терпение.
• Знание методик раннего развития детей.
• Умение находить подход к каждому ребенку.
• Знание русского языка (владение узбекским языком будет преимуществом).
• Готовность работать в команде.
• Навыки планирования и организации занятий.

🟢 Если вакансия вас заинтересовала, обращайтесь в этот телеграм(@rahimovshuman) или звоните по номеру: 880780005.

🟢 Или отправьте это своим подходящим знакомым и получайте вознаграждение
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kechkimutolaa

Qish mavsumi bolalar uchun o'qishga bo'lgan motivatsiyaning pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Sovuq havo, kunning qisqarishi va kasalliklarning ko'payishi ularning o'qishga qiziqishini kamaytiradi.

Biroq, to'g'ri yondashuv bilan bu muammoni yengish mumkin. Siz farzandingiz yoki o'quvchingizning qish faslida ham darslarga qiziqishini oshirishni istaysizmi?

Unda "Qish mavsumining bolalarni o‘qishga motivatsiyasi tushishiga ta’siri va buning yechimi" nomli maqolamiz aynan siz uchun!

Unda qish faslida bolalarni qanday qo‘llab-quvvatlash va ularda o‘qishga ishtiyoqni kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalarni bilib olishingiz mumkin.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
#kechkimutolaa

Ustoz – bu shunchaki bilim beruvchi emas, balki bolalarning qalbini, dunyoqarashini, hayotga bo‘lgan ishonchini shakllantiruvchi muhim inson.

Ba’zan ta’lim shunchaki kitob va daftar bilan cheklanmaydi, u mehr, tushunish va qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z samarasini beradi. Ayniqsa, hayotning og‘ir sinovlaridan o‘tgan bolalar uchun bunday iliqlik ikki karra muhimdir.

Hanan al-Xarub aynan shunday ustoz bo‘lib, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalarga mehr va o‘yin orqali ta’lim berib keladi. Uning fidoyiligi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lib, Global Teacher Prize g‘olibi bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Maktab psixologi tomonidan yozilgan ''Million Dollarni O‘quvchilariga Sarflagan Ustoz'' nomli maqolada Hananning nafaqat o‘qituvchilik faoliyati va zo‘ravonlikka qarshi olib borgan o‘ziga xos yondashuvi balki ta’lim muhitidagi mehr va e’tiborning bolalar hayotidagi muhim ahamiyati haqida so'z yuritamiz.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
#kechkimutolaa

O‘quvchilar o‘rtasida haqiqiy muloqotni shakllantirishni xohlaysizmi? Ular siz bo'lmasangiz ham bir-birlarini eshita olishi va mustaqil bo'la olishlari sizga qanchalar muhim?

“O‘quvchilarni bir-birini tinglashga qanday o‘rgatish mumkin?” nomli maqolamizda siz o‘quvchilarga bir-birini tinglash, fikrlariga javob berish va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy usullarni o‘rganasiz.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
Rahimov school Farg'ona filiali

📢 Tarix o'qituvchisini o'z jamoasiga taklif etadi


Bizdagi imkoniyatlar

— Rasmiy mehnat shartnomasi
— Moslashuvchan ish grafigi
— Maktab hududida tushlikning 50% qismi to'lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
Oylik maosh: 5 mln 40 ming (haftasiga 18 soat uchun)

Talablarimiz:

— tarix o'qitish bo'yicha kamida 3 yillik o'qitish tajribasi;
— O'zbekiston va Jahon tarixi fanidan kuchli bilim
— kamida 23 yosh bo'lishi;
— pedagogik diplom yoki unga ekvivalent sertifikat;
— darslarni sifatli va interaktiv tarzda o'tkaza olish

Afzallik beradi:

— chet el tajribasi;
— MS Office dasturlaridan foydalana olish
— rus yoki ingliz tilini bilish;
— xususiy maktab tajribasi.

🟢 Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldiring

Pedagogik bilimlaringizni maxsus kanalimiz orqali oshirib boring — @talim_ber
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Suratdagi haqiqatlar" yoxud "Bir o'quvchimning hikoyasi"
Real voqeaga asoslangan

Qabulimga bir o‘quvchini olib kelishdi. Atrofdagilarning aytishicha, uning "aybi" – urishqoq, dars qilishni yoqtirmaydi, yolg‘onchi, qaysar va hokazo...

Men esa uning ko‘zlariga qaradim. Mo‘ltirab turgan, gapirmasidan ham ko‘zlari yoshga to‘lib ketgan bola edi...

🖌 "Oilangning rasmini chizib ber" – dedim.

Va u mana shu yuqoridagi rasmni chizdi...

🖼 Rasmning izohi:

• Bola onasini – uy ko‘rinishidagi qamoqxona shaklida tasvirladi.
• Qamoqxona ichida ikkita polapon qushcha bor: ucholmaydigan, tashqariga chiqolmaydigan, erksiz...
• Tashqarida esa otasi – bo‘yinturuq ip o‘tkazilgan qush shaklida chizilgan. Ish qushning bo‘ynidan ip o‘tkazib, hech qayerga qo‘yib yubormayapti.
• Ota qush bolalar tomonga emas, ish tomonga qaragan. Oila bilan orasi uzoq...

Asl haqiqat:

Er-xotin ajrim yoqasida. Er xotiniga, ayol esa farzandlariga jismoniy zo‘ravonlik qiladi. Ayol farzandlarining otasidan alamzada. Bolaning chizgan rasmi go‘yo shunday derdi:

"Qalbimda qattiq og‘riq bor. Unga tega ko‘rmang. Aks holda o‘zimga javob bera olmayman..."

Shunda men o‘quvchining nega darslari pasayib ketgani va nega urishqoq bo‘lib qolganini tushundim...

Hurmatli ustozlar!

Aslida siz o‘ylaganchalik, ta’rif berganchalik "urishqoq bolalar" yomon emas!

Ularning ichidagi og‘riq yomon!

O‘quvchi qachon qo‘pollashadi, dag‘allashadi, agressivlashadi?

Qachonki, himoyalanganlikka bo‘lgan eng birinchi psixologik ehtiyoji qondirilmasa!

Agressiv bolalar bilan qanday muomala qilish kerak?

1. Kuchli emotsiya vaqtida, imkoningiz bo‘lsa, o‘quvchini o‘z bolangizdek bag‘ringizga bosing. Miya va tana himoyalanganlik mexanizmini sezsa, tinchlanadi.

2. O‘quvchiga suv ichiring. Suv miya faoliyatini tinchlantirish xususiyatiga ega.

3. O‘ziga yoki atrofdagilarga jabr yetkazish xavfi bo‘lsa, yaxshi gap bilan uni chetroqqa olib chiqing. Tinchlangach gaplashing, ammo holatini kamsitmang, qo‘rqitmang!

Aslo! O‘zingiz agressiyaning provokatsiyasiga aylanmang!

Haqiqiy pedagog bo‘lish uchun faqat bilim va o‘qitish metodikalarini bilish kamlik qiladi. Chunki bolalarga bo‘lgan chinakam muhabbat – ustozning eng muhim va asosiy sifatlaridan biridir.

Rahimov School psixologi Gulnoza Nazarova
Og‘ilni tarbiyalashda Otaning ahamiyati ulkandir

Uzoq vaqt davomida bola tarbiyasi asosan onaning zimmasida deb hisoblangan. Aslida Ona – o‘choqning posboni, mehrli tarbiyachi, bilim va tuyg‘ular olamiga yo‘lboshlashuvchidir. Biroq hayot shuni ko’rsatadiki, o‘g‘il bola shaxsining shakllanishida otaning roli hal qiluvchi ekan. Buning asosiy omili – so‘zlar emas, balki namunadir.

Ota gapirishi, buyurishi, majburlashi mumkin, lekin chinakam tarbiyaviy ta’sirni uning shaxsiy namunasi ko‘rsatadi. Maktab psixologi sifatidagi amaliyotimda men o‘smir o‘g‘il bolalardagi muammolar bilan ko’p ishlayman. Butun oila bilan suhbat qilib, ish olib borganimda, men doimo o‘g‘il bolaning xulq-atvori asosida uning otasining timsoli ta’sirini kuchini ko’raman.
O’gil bolaning dunyosida ota yo‘lboshluvchi kompass bo‘lib xizmat qilishiga ishonch hosil qilaman.

O‘g‘il bola otasini kuzatib, ongsiz ravishda xulq-atvor modellarini, ayollarga, ishga, mas’uliyatga bo‘lgan munosabatini o‘zlashtirib oladi. U otasiga taqlid qilib, erkak bo‘lishni o‘rganadi. Agar ota mas’uliyatli, mehnatsevar, ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan va o‘z his-tuyg‘ularini boshqara oladigan inson bo‘lsa, o‘g‘il bola, ehtimol, shunday sifatlarga intiladi. Agar ota agressiya, mas’uliyatsizlik yoki oilaga beparvolikni namoyon etsa, bu albatta o‘g‘il bolaning xulq-atvoriga ta’sir qiladi.

Shuning uchun, agar siz ota sifatida yaxshi inson, siz faxrlana oladigan shaxsni tarbiyalashni istasangiz, birinchi navbatda o‘z nuqsonlaringiz ustida ishlashingiz kerak. Bu oson emas, lekin zarurdir.
Aslida bu yerda ajoyib hikmat bor: o‘g‘ilni tarbiyalab, ota o‘zligini ham yaxshilaydi. Ota sabr-toqatga, mas’uliyatga, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rganadi va bu sifatlar nafaqat uning o‘g‘li bilan munosabatlarini, balki hayotining barcha sohalarini boyitadi.

Ota o‘z his-tuyg‘ularini chindan tushunishni, ularni boshqarishni, o‘z nuqsonlarini yengishni o‘rganadi. U yaxshiroq, kuchliroq, donoroq bo‘ladi. Bu otaning o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoni o‘g‘il bolaga o‘tib, unining tarbiyasining ajralmas qismiga aylanadi.

Shunday qilib, ota moddiy ne’matlarning ta’minotchisi emas, balki taqlid qilish uchun asosiy namuna, o‘g‘li uchun hayotning haqiqiy ustozidir. Aynan otaning mavjudligi, otaning muhabbati va otaning namunasi o‘g‘il bolada o‘z-o‘ziga hurmat, o‘z-o‘ziga ishonch va katta hayotga tayyorlik hissini shakllantiradi.

by Damira Babadjanova
#kechkimutolaa

Har bir bola mehr, e’tibor va tushunishga muhtoj. Biroq, har qanday mehr ham bolaga foyda keltiravermaydi—bolani to‘g‘ri sevish, unga ishonish va uning ichki dunyosini tushunish kerak.

"Bolalarni qanday sevish kerak" nomli maqolamizda siz bolalarni to‘g‘ri sevish, ularga ishonch bildirish va ularning ichki dunyosini tushunish bo‘yicha muhim tamoyillar bilan tanishasiz.

»»Maqolani o'qish««

(o'qish vaqti 2 daqiqa)
2025/03/09 02:04:04
Back to Top
HTML Embed Code: