Bugungi kunda MDH Parlamentlararo Assambleyasi demokratik tamoyillar targ‘iboti, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, sessiyada Assambleya a’zo davlatlarning saylov jarayonlarini qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishdagi ishtiroki, bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi faoliyati alohida e’tirof etildi.
Sessiyada Assambleyaning ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi va O‘zbekistonning qonunchilik tashabbuslari hamda manfaatlarini ifoda etadigan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik.
#MDH #parlament
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suhbatimiz avvalida davlatlarimiz parlamentlari bilan kelgusidagi faol va samarali hamkorligimiz borasida fikr almashdik.
Muzokaramiz chog'ida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kun tartibidagi muhim vazifalar ijrosi hamda parlamentlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, hududiy vakillik organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldik.
#parlament #MDH #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM