Telegram Web
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 29-konferensiyasi (#СОP29)dagi parlament yig‘ilishidagi ishtirokimiz doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqotimiz avvalida, Ozarbayjon parlamentining sa’y-harakatlari bilan Global iqlim kun tartibini ilgari surish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sammit yuqori saviyada o‘tkazilganligiga e’tibor qaratdik.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida ekologiya va iqlim bo‘yicha parlament hamkorligini yanada mustahkamlash, bu borada o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashdik.

Shu bilan birga ikki tomolama erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi muhim masalalarni muhokama qildik.

#COP29 #parlament

@tanzilanarbaeva
Boku shahriga tashrifimiz doirasida Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson xonim va Ittifoq Bosh kotibi janob Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekistonning barcha davlatlar, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalari mustahkamlanganligi muloqotlarimizda alohida ta’kidlab o‘tildi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari bajarilishida parlament nazorati o‘rnatilganligi, bu borada maxsus komissiyaning samarali faoliyati ham qayd etildi.

Shu bilan birga, yurtimizda ijtimoiy himoya tizimini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda parlamentning roli xususida fikr almashdik.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasiga tayyorgarlik jarayonlari, dasturlari va tadbirga oid hujjatlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildik.

#COP29
#parlament #IPU150

@tanzilanarbaeva
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!

Sh.M. Mirziyoyev
_
Наша политика останется неизменной. Мы продолжим поддерживать молодёжь и женщин!

Ш.М. Мирзиёев
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida nutq so‘zladi

@tanzilanarbaeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев: Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўймоқда


#parlament
@tanzilanarbaeva
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbir MDH mamlkatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.

Sessiya ishida MDH davlatlari PA xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik.

Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.

#parlament #MDH #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tayotgan tadbirlar doirasida hamkasbim – Belarus Respublikasi Milliy majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdik.

Suhbatimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhim jihatlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish masalalarini muhokama qildik.

O‘zbekiston delegatsiyasining 2025 yili Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi davomida tashkil etilishi rejalashtirilgan ikki mamlakat xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari ishtirokidagi hududlararo forumini, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ayollar III biznes-forumini hamda yoshlar parlamenti qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazishga qaratilgan tashkiliy masalalarini kelishib oldik.

Shubhasiz, parlamentlararo hamkorligimiz O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlarimizni mustahkamlashga hamda hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga xizmat qiladi.

#parlament #MDH #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 14:17:45
Back to Top
HTML Embed Code: