Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo 2025 yil 12 fevralda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi ixtisoslashgan maktab о‘quvchilari bilan masofadan uchrashib, “Tarixiy tafakkur, milliy tarbiya va ilg'or bilim” mavzusida ma’ruza qildi. О‘zbek xalqi va davlatchiligining 3000 yillik tarixi, Vatanimizga qilingan bosqinlar, milliy qahramonlarimizning jasorati, Birinchi uyg‘onish davri mutafakkirlarining ilm-fan oldidagi xizmatlari, Amir Temur va temuriylar davri — Ikkinchi Uyg‘onish bosqichi haqida ma’lumot berdi. Bugun Yangi О‘zbekistonda esa Uchinchi Uyg‘onish pallasining poydevori qо‘yilayotgani hamda har uchchala Uyg‘onish bilim va millatsevarlik orqali bо‘lishigi urg‘u berildi. Ma’ruza bo'yicha о‘quvchilar о‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Akademik Azamat Ziyo uchrashuv yakunida o‘quvchilarga a’lo baholarda o‘qib, ilg‘or bilimlarni egallash bilan bir paytda Vatanni sevish kerakligi, barcha harakatlar yurt farovonligi va taraqqiyoti uchun sarflanishi zarurligini uqtirdi.
2025-yil 14-fevral kuni soat 14:00 da Tarix institutida "Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi" umumilliy yigʻini oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Millat oydinlari, qiziquvchilar va gazetchi-jurnalchilar barchangizni ushbu ilmiy yigʻinga taklif etamiz!

https://www.tgoop.com/tarixchivijdoni
Vatanparvar № 7_2025.pdf
7.9 MB
"Vatanparvar" gazetasining 7-soni

"Xorijiy bir o'q o'tguncha, turonlik o'n o'qni nishonga uradi"

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Javohir Azimqulov
ФА Тарих институтида "Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк тарихий шахс ва давлат арбоби" умуммиллий йиғини бўлиб ўтди (+видео)

Заҳириддин Муҳаммад Бобур туғилган кунининг 542 йиллигига бағишлаб бугун ФА Тарих институтида уюштирилган умуммиллий йиғин буюк бобомизнинг салтанатчилик фаолияти, сиёсий қарашлари, ижтимоий ва табиий фанларга муносабати, аллома меросининг ҳарбий тарихни ўрганишдаги аҳамияти бўйича илмий изланишлар натижаларига бағишланди.

📽 https://youtu.be/IjKVKOguWmk

Батафсил: https://uza.uz/posts/688557

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
Tarix institutida 2025 yil 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunining 542 yilligiga bag‘ishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy yig‘ini bо‘lib о‘tdi.
Yig‘inni Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo ochib berdi. Zahiriddin Muhammad Boburning kishilik tarixidagi о‘rnini tadqiq etishning dolzarbligi, bu borada mutaxassislar tayyorlash zaruratini ta’kidlab о‘tdi.
Yig‘inda Temuriylar tarixi muzeyi katta ilmiy xodimi Botir Yо‘ldoshev Zahiriddin Muhammad Boburning davlatchilik faoliyati, tarix fanlari doktori, professor Shafoaddin Deniz Zahiriddin Muhammad Boburning 1510 – 1512 yillardagi Eron safaviylari bilan kelishuvi, Muhammadxon Shayboniy bilan kurashi va о‘sha davr siyosiy muhiti haqida ma’lumot berdi.
Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Farida Sultonova 1612 yili yaratilgan “Jahongirnoma” asaridagi boburiylarga oid qimmatli ma’lumotlarni, tarix fanlari bо‘yicha falsafa doktori Nizomiddin Gulboyev Zahiriddin Muhammad Bobur harbiy yurishlarining asoslarini manbalar va miniatyuralar asosida ochib berdi. Institut tayanch doktoranti Davronbek Olimjonov Zahiriddin Muhammad Boburning elshunoslik jihatlarini, institut kichik ilmiy xodimi Islom Bо‘riyev buyuk davlat arbobining astronomiyaga oid qarashlari haqida ma’ruza qildi.
Ma’ruzalar tugagach, chiqishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, savol-javob bо‘lib о‘tdi.
Yig‘in sо‘nggida institut direktori, akademik Azamat Ziyo Zahiriddin Muhammad Bobur bо‘yicha yirik tadqiqotlar amalga oshirish lozimligi, uning saltanatchilik, harbiy soha bilimdoni sifatidagi faoliyati, elshunoslik, aniq va tabiiy fanlar bо‘yicha  tadqiqotlarini ilmiy jihatdan о‘rganish kerakligini ta’kidladi.
Bugun Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan Saidrizo Alizodaning tug'ilgan kuni


"Ruslarga o‘zbek tili o‘rgatish uchun kurs ochgan noshir – Saidrizo Alizoda"

1887-yilning 15-fevralida Samarqand shahrida tug‘ilgan Alizoda 1914-yili Behbudiy bilan hamkorlikda  “Samarqand” gazetasi, keyinchalik “Oyina” jurnalini tashkil etgan.

Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Dilnoza Jamolova

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3507

Rasmiy sahifalarimiz👇
https://www.tgoop.com/tarixchivijdoni

Telegram | Instagram | X | YouTube
Яширилган тарих: Шайбонийхон Мовароуннаҳрни қандай қўлга киритди?

Тарих институти катта илмий ходими Низомиддин Гулбоев

Ўзбек давлатчилиги тарихида муҳим ўрин тутадиган Шайбонийхон шахсияти борасида тарихчилар турлича фикрга эга. Баъзи тарихчилар уни ҳақиқий етакчи, давлат ривожига улкан ҳисса қўшган ҳукмдор сифатида эътироф этишса, бошқалари бунинг акси. Уни босқинчи, Мовароуннаҳрни бир неча Темурийзодаларнинг қони эвазига қўлга киритган келгинди сифатида кўрадиганлар ҳам йўқ эмас. Заҳириддин Муҳаммад Бобур билан бир неча бор жанг олиб борган, бироқ, мақсади буюк Темур барпо этган Туронни қайта тиклаш бўлган Шайбонийхон шахсияти нега бунчалар зиддиятли? “Кўҳна тарих”нинг навбатдаги сонида ушбу саволга жавоб излаб кўрамиз.

kun.uz

👉📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
“Xorijiy bir o‘qni otguncha, turonlik o‘nta o‘qni nishoniga uradi” – Turkiylar harbiy mahorati arab manbalarida

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Javohir Azimqulov

O‘sha davrda arablar orasida turonlikning to‘rtta ko‘zi bor, ikkisi boshining oldida, qolgan ikkitasi esa bo‘ynining orqasida, degan gaplar bo‘lgan va buni Johiz risolasida keltirib o‘tadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3499

Rasmiy sahifalarimiz👇

https://www.tgoop.com/tarixchivijdoni

Telegram | Instagram | X | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarix institutida 2025 yil 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunining 542 yilligiga bag‘ishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy yig‘ini bо‘lib о‘tdi.

https://www.tgoop.com/tarixchivijdoni

mtrk.uz
Audio
Jadidchilik ma'rifati - Hoji Muin Shukrullo

Tarix instituti tayanch doktoranti Daler Mirzayev

"O'zbekiston" radiosi

https://www.tgoop.com/tarixchivijdoni
2025/02/17 15:43:27
Back to Top
HTML Embed Code: