tgoop.com/taslimiyaat/27149
Last Update:
Yangi hayot uchun imkon tug’iladi
Kit o’lgach, tanasi suv tubiga cho’kadi. Bir kilometrlik chuqurlikda uning tanasidan boshqa ozuqa bo’lmaydi.
Bir yil ichida tananing atrofida yangi ekosistema paydo bo’ladi.
Suyaklardan ozuqlanuvchi bakteriyalar, bakteriya bilan oziqlanadigan chuvalchanglar, chuvalchang bilan oziqlanadigan molyuska va qisqichbaqalar.
Bu ekosistema 50 yildan oshiq yashaydi.
Avvaliga qayg’uli ko’ringan o’lim, minglab hayotning boshlanishiga sabab bo’ladi.
Hayotimizda ham shunday o’limlar bo’lib turadi.
Ishingizni yo’qotasiz. Yaxshirog’ini qidirishga vaqt topiladi.
Qarzga botasiz. Yangi kasb o’rganishga kuch topiladi.
Buvingiz vafot etadi. Ota - onani ko’proq qadrlashni boshlaysiz.
Xiyonat qilishadi. Sodiqlarni sevib qolasiz.
Qaysi sohada o’limga uchrab, burchakka taqalsak, o’sha sohada yangi hayot uchun imkon tug’iladi.
@Taslimiyaat 🍃
BY Taslimiyat ...
Share with your friend now:
tgoop.com/taslimiyaat/27149