Bardavomlik
Robbitning Xadra filialiga qachonki borsam shu bolani coworking zonada robotlar yasab o’tirganini ko’raman. Ustozlaridan surishtirsam, guruhdagi eng yaxshi o’quvchilardan biri ekanligi, intizom, xulq bo’yicha ham boshqalarga o’rnakligi haqida aytishdi. Kecha yaqindan tanidim, ismi Umar ekan. O’ylaymanki, bardavomlik Umarni yana-da rivojlantiradi.
Tajribamdan kelib chiqib bir narsani aytishim kerak, ko’plab iqtidor sohiblari, o’z zehni, qobiliyatlariga ishonib dangasalik qilishdi. Yana shunday insonlar borki, bardavomlik ularni yuksaltirdi. Sohasining haqiqiy mutaxassisi bo’lishiga olib keldi. Bardavomlik, sabr, insonga berilgan yaxshi ne’matlardan biri bo’lsa kerak.
Umarni tarbiya qilayotgan ota-onasi va ustozlarga tashakkur bildiraman. Umar kelajakda millatiga, vataniga, diniga xizmat qiluvchi yigitlardan bo’lsin!

Xiyonat
Jamoam bilan suhbatda, agar ularni mayda masalalar yuzasidan tortishayotganini ko’rsam, ko’p takrorlaydigan bir gapim bor, “Xiyonatdan boshqa barchasini kechirsa bo’ladi”. Ishda, hayotda, do’stlar davrasida xato bo’lishi, qasddan qilinmagan katta-yu kichik muammolar bo’lishi odatiy jarayon.
Aslida insonga eng og’ir botadigani bu xiyonat, chunki u begona insondan sodir bo’lmaydi. Begona insondan sodir bo’lganda xiyonat bo’lmasdi.
Xiyonat men uchun keng tushunchaga ega. Xiyonat bu:
— Sen unga ishonib turganingda, seni aldashi, xoh so’z bilan, xoh amal bilan, xoh qalb bilan;
— Seni o’ziga do’st deb aytib, sen g’iybat qilingan joyda uning sukut saqlashi;
— Senga yoqmaydigan, seni qalbingga og’ir keladigan amalni bilib turib senga ko’rsatib bajarish;
— Xiyonat sodir bo’lganda bilasangki, ichingda nimadir uziladi, qalbingni jarohatlaydi, u tomonga gapirish uchun na bir so’z va na luqma topa olmaysan. Aslida eng yaxshi javob sukut bo’lsa kerak…
Yaxshimi, yomonmi bir odatim bor, xiyonatni kechira olmayman. To’g’rirog’i qalbim baribir avvalgidek u insonni o’ziga yaqin ololmaydi. Balki, o’zgarishim kerakdir, bilmadim.

Sadaqa bering
Ulug’larning aytishicha, sadaqa muhtoj odamga, ehson istalgan kishiga berilar ekan. Yevropaga 5 marta tashrif buyurdim. Agar faqatgina birgina amalni ulardan olish mumkin bo’lsa, bizga buyurilgan, bizniki bo’lgan, hozirda borgan sari kamayib ketayotgan salomlashish va tabassumni olgan bo’lardim.
Ko’chada, liftda, yugurishda, umuman bir-birini tanimagan odamlar, har qayerda sizni ko’rsa tabassum bilan “Morning”, deb qo’yadi. Men ular bu ishni majburlikdan qiladimi yoki chin ko’ngildan buni bilmayman, bilganim shu-ki, tabassum bilan salomlashish odatga aylangan.
Jiddiy bo’lish kerak, deb, salomlashganda ham tabassumni qizg’onadigan odamlarni hech tushunmasam kerak. Aslida inson o’zaro salomlashganda bir-birining tabassumiga muhtoj bo’larkan. Biz shunga buyurilgan, targ’ib qilingan insonlarmiz. Shunday ekan, o’zaro ko’rishganda, birinchi salom berishni va tabassumni unutmaylik, ikkinchi taraf shunga muhtoj bo’ladi.
Assalomu alaykum )
@temurbek_adhamov

Qahramonlar
Hayotda turli xil insonlar bo’ladi. Ba’zi insonlarning sabr-matonati, aqlbovar qilmas mashaqqatini ko’rib, ularni haqiqiy qahramon deb atagim keladi. Qahramon deganda ana shunday insonlar ko’z oldimda gavdalanadi.
— Oilasini ta’minlash, qizlarini uzatish uchun orzu umidlaridan, issiqqina o’rnidan kechib, minglab kilometr narida, barcha ishga tayyor bo’lgan o’zbegim, sen haqiqiy qahramonsan;
— Vatan sarhadlarini qo’riqlash niyatida kechalari sovuqlarda, cho’l-u biyobonlarda turgan askar, sen haqiqiy qahramonsan;
— O’z ishini har doim professional bajaradigan, bugungi kunini kechagi kundan ko’ra yaxshiroq qiladigan mutaxassislar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Umri davomida jamoat transportida yoki oddiy mashinalarda ishga qatnab, qimmat mashinalarda yuradigan shogird tayyorlagan ustoz-u murabbiylar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— “Buyurtma” dorilarni emas haqiqiy malhamlarni tavsiya qiladigan shifokorlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Imkoniyati bo’lsa ham poradan, tilyog’lamalikdan o’zini qat’iy cheklay olgan amal egalari, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Yoshligidan intizomni qoyim tutgan, ilm uchun bedor tunlarni o’tkazayotgan yoshlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Barcha imkoniyat bor zamonda, faxshdan, ma’siyatdan, o’zini tiygan o’g’lonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Iymoni sabab turli qiyinchiliklarga uchrasa-da, ilm yo’lida to’xtamayotgan muslima qizlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— O’zidan ko’ra boshqaning hojatini birinchiga qo’yadigan himmati baland insonlar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Yolg’iz boshi bilan farzandini tarbiya qilayotgan onalar, sizlar haqiqiy qahramonsizlar;
— Dardi millat, vatan va din g’amida bo’lgan insonlar, sizlar bizning qahramonimizsizlar!

Quyidagi videoda do’stim Jahongir Po’latov bilan birga juda ko’p mavzularda suhbatlashdik. Qachon oxirgi marta videoda bunday suhbatlashganimni eslay olmayman.
Maqsadlar, rejalar, hayotiy qoidalar, hayot mazmuni, biznes kabi mavzularda bir yarim soatga yaqin suhbat qurdik.
Vaqtingiz bo’lganda tomosha qilishni so’rab qolaman )
https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=Hth495fAShZ-7Sk7

YouTube
INSONDA DARD BO'LSAGINA MAQSAD PAYDO BO'LADI | #intizom #podcast
Temurbek Adhamov bilan suhbat nima haqida bo'ldi?:
00:00 Treyler
00:45 Boshladik. Obuna bo'lib qo'ying!
02:30 Qisqa muddat ichida juda ko'p vazn yo'qotdim
04:50 Yaqinda o'lasan deyishgan
08:10 Hozirgacha 3 mahal ovqatlanaman
19:40 Inson tanasini o'rganishi…

Lola animation uchun yopiq kanalning oylik to’lov narxi qancha bo’lsa qo’shila olasiz?
Anonymous Poll
49%
10 000 so’m
12%
20 000 so’m
10%
30 000 so’m
3%
40 000 so’m
12%
50 000 so’m
1%
80 000 so’m
13%
100 000 so’m
Ziynat
Inson uchun poklik muhim, lekin odamlarga yaxshi ko’rinaman deb zeb-ziynatga burkanib oladiganlarni hech tushunmasam kerak. Tashqi tomondan yuksak baho berilishi, birinchi taassurotda a’lo baho olish uchun qo’limizdan kelgancha tashqi omillardan yordam olamiz. Balki bu ham kerakdir, lekin haqiqiy ziynat nazdimda boshqacha.
Men haqiqiy ziynat deganda, qalb ziynatini tushunaman. Biz qalbimizni poklik, halollik, yolg’on ishlatmaslik, aldamaslik kabi ezgu fazilatlar bilan ziynatlashimiz kerak.
Eng yaxshi ziynat bu inson uchun go’zal xulqdir. Insonlarga o’lchov berishda biz uchun undan yaxshisi bo’lmasa kerak.

Samarqanddan gapiramiz
Shanba va yakshanba kunlari Samarqand shahrida ikki loyihamizning ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan, barchangizni ushbu tadbirlarga taklif etamiz.
2-noyabr, shanba, soat 14:30 Najot Ta’lim markazining Samarqand filiali ochilish marosimi;
3-noyabr, yakshanba, soat 14:00 Robbit loyihasinning Samarqand filiali ochilish marosimi.
Qaydlab o’taman, Najot Ta’lim 16 yosh va undan kattalarni dasturlash, grafik dizayn va SMM yo’nalishlar bo’yicha ta’lim beradigan AyTi markaz bo’lib, 6-filialini Samarqandda ochmoqda. Robbit esa 8 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga robototexnika va AyTidan ta’lim beradigan loyiha hisoblanib, 5-filialini ochmoqda.
Samarqand ahlini ochilish marosimlarida kutib qolamiz.
Manzil

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand marafon: umrimda birinchi bor yarim marafon, ya’ni 21 km masofa yugurdim💯🔥
@temurbek_adhamov
@temurbek_adhamov
🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!
Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.
So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!
Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA
Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!
👉 Qo'llab-quvvatlash
@lola_animationuz

Lulu Nana! | Shoshilma! Diqqatli bo’l | Lola Animation | Multfilm uzbek tilida
Lulu vending mashinasidan o’ziga kerakli narsani xarid qilmoqchi, lekin negadir mashina Luluning pulini qabul qilgisi kelmayabdi.
Lulu - oilaning eng kichkina va hazilkash farzandi, doim band bo‘lishni, boshqalarga yordam berishni va o’yin o’ynashni yaxshi…

Temurbek Adhamov
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu vaqtgacha "Najot Ta'lim" o'quvchilarga juda ko'plab yangilik va imkoniyatlarni taqdim etib kelmoqda.
Taqdimotni tomosha qiling va bunga o'zingiz guvoh bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum.
Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.
Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.
Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:
https://www.tgoop.com/addlist/UmRxZYxqo6VmYzU9

"O'zimiz podcast" — yoshlar, farzand tarbiyasi, o'zligimizni anglash va ilm olish yo'lida ilhomlantiruvchi insonlar bilan samimiy suhbatlarni o‘zida jamlagan yangi interaktiv podkast.
Podkastimiz ilk mehmoni Abdulbasit Vahidov bo'ldilar va ular bilan Yaponiyaning tarbiyaga kuchli e'tibor qaratganligi, jamiyatimizdagi o'spirin bolalarning muammolari hamda o'zimizning yoshligimiz haqida erkin suhbat qurdik.
Suhbatdan olgan insaytlaringizni videoning izohlarida qoldirishni unutmang!
Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/ANWWOqO87mo

🔥 Edfixdan navbatdagi yangi kurs - QA (sifat nazorati)
Biz Germaniyaning Adesso kompaniyasi Full-Stack QA muhandisi Asqar Abdukarimov ustoz bilan birgalikda QA kursini taqdim etdik!
Kurs 2,5 oyga mo'ljallangan bo'lib, kurs yakunida shu yo'nalishda bemalol ishlay oladigan darajaga chiqasiz.
📹 Kurs taqdimotini ko'rish
🔗 Saytdan batafsil ma'lumot olish
Kurs narxini vaqtincha minimal qilib belgilaganmiz. Kasbli bo'lish uchun berilgan bunday imkoniyatni boy bermang!
@edfixuz - trenddagi kasblarni o'rganing