Telegram Web
Terabayt.uz | Хабарлар
Photo
Samsung Galaxy S24 seriyasi taqdim qilindi!

Kecha Samsung kompaniyasi “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazdi. Shimoliy Amerika bozorlarida ikkala smartfon ham Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 protsessorlari, Yevropada Exynos 2400 chiplari bilan jihozlanadi. S24 modeli 8 GB operativ xotira, S24 Plus esa 12 GB xotiraga ega bo‘ladi.

S24 ekranining o‘lchami 6,2 dyuym, S24+ 6,7 dyuymli, 1440p aniqlikda. Displeylarning maksimal yorqinligi 2600 nit. Akkumulyator sigʻimi S24 uchun 4000 mA/soatga, S24+ uchun esa 4900 mA/soatga oshdi.

Kichik versiyalarida 2x (50 megapiksel), 3x (telefoto) va 30x gacha (raqamli zum) rejimlari mavjud. Fotosurat sifatini yaxshilash uchun AI Zoom va Galaxy AI algoritmlari qo‘llaniladi.

Smartfonlarning ramkalari alyuminiydan tayyorlangan bo‘lib, IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya qiladi.

Galaxy S24 liniyasi uchun asosiy yangilik o‘rnatilgan sun’iy intellekt funksiyalari boʻlgan. Shunday qilib, “Notes”, “Voice Recorder” va “Keyboard” ilovalari audio transkripsiya va matnni tahrirlash uchun bulut orqali “Google Gemini Pro” modelidan foydalanadi.

“Google Imagen 2” neyron tarmog‘idan foydalanib, foydalanuvchilar galereyadagi fotosuratlarni tahrirlashlari mumkin. Masalan, obyektlarni o‘chirish yoki ko‘chirish.

“Gemini Nano” modeli esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalarda ishlaydi va xabarlarda matnlar, kulgichlar va reaksiyalarni yaratish imkonini beradi.

Galaxy S24 va S24+ qo‘ng‘iroqlar uchun real vaqtda sun’iy intellekt tarjimasini qo‘llab-quvvatlaydi. U 13 ta til bilan ishlaydi, shu jumladan ingliz, xitoy, fransuz, italyan, ispan, portugal, yapon va boshqalar.

“Circle to Search” funksiyasi smartfonlarda ham paydo bo‘ldi. U istalgan ilovada matn, video va tasvirlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi va tanlangan element uchun tezkor “Google” qidiruvini boshlaydi.

Qurilmalar to‘rtta rangda bo‘ladi: qora, kulrang, binafsha va sariq. Galaxy S24 narxi $800 dan, S24+ $1000 dan boshlanadi. Smartfonlarni yetkazib berish 2024-yil 31-yanvardan boshlanadi.

Smartfonning ramkasi xuddi iPhone 15 Pro kabi titandan qilingan. 6,8 dyuymli ekran endi egri qirralarga ega emas.

Galaxy S24 Ultra 2x zumga (200 megapikselli kamera), shuningdek, 3x (telefoto), 5x (telefoto), 10x (gibrid zum) va 100x gacha raqamli zumga ega. Fotosurat sifatini yaxshilash uchun AI Zoom va Galaxy AI algoritmlari qo‘llaniladi.

Smartfon 45 W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soatli akkumulyatorga ega.

Mazkur modeldagi smartfon ham to‘rtta rangda bo‘ladi: qora, kulrang, binafsha va sariq.

S24 Ultraʼda Snapdragon 8 Gen 3 protsessori joylashgan bo‘lib, uning yordamida smartfon barcha sotiladigan hududlarga yetkaziladi.

Smartfon qatordagi boshqa modellar bilan bir xil sun’iy intellekt imkoniyatlarini, shu jumladan real vaqtda turli tillardan tarjima qilish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma 256 GB xotiraga ega model uchun $1300 dan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin. Yetkazib berish 2024-yil 31-yanvarda boshlanadi.

@terabaytuz
Bugun "Apple"ning 3500 dollarlik "Vision Pro" virtual voqelik shlemi AQShda do'konlarga chiqdi.

O'yin, ish va boshqa ko'ngilochar maqsadlarga xizmat qiladigan bu jihoz virtual voqelik olamida katta burilish yasashi kutilyapti.

Uzoq yillardan beri bunday shlemlar allaqachon boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Lekin o'yinga "Apple"ning qo'shilgani bunday jihozlar endi yanada ommalashishini anglatadi.

Uning qo'shimcha nazorat aksessuari yo'q. Virtual ekranda ko'rinadigan obyektlar ko'z va barmoqlar orqali boshqariladi.

Narxi ancha qimmat va bu apparatning navbatdagi versiyalari yanada yaxshiroq bo'lishi aniq. Shu bois uni hozircha sotib olish niyatim yo'q.

@bmamadiev ©️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Apple Vision Pro "кўзойнаи жаҳони" аллақачон Ўзбекистонда!

@terabaytuz
Neuralink ko‘zi ojizlar uchun qurilma yaratdi

Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasining ko‘zi ojizlar uchun navbatdagi qurilmasini taqdim qildi. Bu haqda Maskning o‘zi “X” (avvalgi Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkor “X"dagi foydalanuvchilardan biriga javoban “Blindsight — “Telepathy"dan keyingi “Neuralink” mahsuloti” deb yozgan.

Mask qurilma implant maymunlarda ishlayotganini qo‘shib qo‘ydi.

“Dastlab, piksellar sonini “Nintendo"ning dastlabki grafikasi kabi past bo‘ladi, ammo oxir-oqibat insonning normal ko‘rish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin”, dedi u.

Mask 2023-yilda “Neuralink” ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan qurilma ustida ishlayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chip bir necha yil ichida tayyor bo‘ladi. 2024-yil boshida tadbirkor “Blindsight” nomini tilga oldi.

2016-yilda asos solingan “Neuralink” bevosita miyadan kompyuterga aloqa uchun interfeyslarni ishlab chiqadi.

2024-yil yanvarida kompaniya birinchi marta odamga neyrochip o‘rnatganini, fevralda esa odam allaqachon “fikr kuchi bilan” sichqoncha kursorini harakatlantirganini e’lon qildi.

21-mart kuni kompaniya bemor bilan videotasvir o‘tkazdi — u onlayn shaxmat o‘ynadi.

@terabaytuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli inson omilisiz

Xiaomi o‘zining ilk elektromobili SU7'ning robotlar yordamida ishlab chiqarish jarayonini namoyish etdi.

@terabaytuz
vivo X100s smartfonida suratdagi fasllarni o‘zgartirish mumkin boʻladi

vivo X100s noyob ega bo‘ladi. Uning yordamida siz suratga olishingiz va keyin undagi fasllarni oʻzgartirishingiz mumkin. Masalan, Qor va yomgʻir kabi narsalar yozgi manzarani suratga olishga to‘sqinlik qilmaydi (yoki aksincha).

Rasmlar Ice Universe insayderi tomonidan Twitter’ga (hozirda X) sizdirildi. Smartfon uchta sensorli kamera moduliga ega boʻlishi kutilmoqda: 64 MP va ikkita 50 MP. MediaTek Dimensity 9300+ samaradorlik uchun javobgar boʻladi.

@terabaytuz
Terabayt.uz сайти киберҳужумга учради

Ўтган куни сайтимиз киберҳужумга учради. Ҳужумни уюштирган ўсмир сайт контенти ўрнига уятсиз ва бемаъни сўзлар қолдирган. Ҳозирда муаммо бартараф этилган ва сайт тўлиқ режимда ишламоқда.

Ушбу ҳужумни уюштирган водийлик "хакер"нинг шаҳси IP манзили ва IMEI коди маълумотлари орқали аллақачон аниқланган ва ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларга ариза киритилган. Тез орада ушбу жиноятчи қилмиши учун жавоб бериши муқаррар.

Ёшларимизга кибержиноятчилик учун жиноий жавобгарлик борлигини ва арзимаган кўнгилхушлик учун ҳаётини барбод қилмасликларинги сўраб қоламиз.

@terabaytuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekistonda noodatiy smartfonlar taqdimoti boʼlib oʼtdi

27 may kuni Intercontinental mehmonxonasida oʼtkazilgan taqdimotda Tecno kompaniyasining hamyonbop narxdagi Camon 30 va geymerlar uchun Tecno Pova 6 seriyalari namoyish etildi.

Turli yutuqli oʼyinlar bilan oʼtgan tadbirga 30 ga yaqin taniqli blogerlar va koʼplab hamkorlar tashrif buyurdi va ularga smartfonlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Endilikda siz ham respublikaning istalgan hududidan oʼzingizga mos Tecno smartfonini xarid qilishingiz mumkin.

Hamyonboplik va sifat uygʼunligini istaganlar Tecno'ni tanlashadi

Instagram | Telegram | Facebook
🔥 Телеграм аккаунтингиз неча ёшда эканлигини текшириб кўриш имкони пайдо бўлди!

Ушбу ҳаволага ўтинг ва аккаунтингиз очилганига қанча бўлганини ва уникал телеграм рақамингиз неча эканлигини билиб олинг.

Батафсил: @terabaytuz
Forwarded from Vashington kundaligi
"ChatGPT" o'zbekchani o'zbeklardan yaxshi yozyapti

"ChatGPT"ni o'zbek tilida deyarli ishlatmagan edim. Bugun sinab ko'rdim. Matnlarni shunaqa ravon tuzyapti, hayron qoldim. Sizlarda ham shunaqami?

Bir necha mavzularda savollar tashlab ko'rdim: texnik mavzularda ham, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ham juda bejirim matnlarni tuzyapti. O'zbekzabon odam yozgan matndan farqlash qiyin.

Lekin tarjimada hanuz oqsash bor. Masalan, tarjima uchun ingliz tilida matn bersangiz, o'zbek tilidagi tarjimada g'alizliklar anchagina bor.

Bundan nima xulosa chiqarish mumkin?

"OpenAI" kompaniyasi "ChatGPT" modelini treningdan o'tkazishda uni o'zbek tilidagi internet resurslari bilan ham "oziqlantirgan". Onlayn resurslar tanlab olinganmi yoki istalgan manbadagi o'zbekcha matnlar hech qanday saralashsiz "yem" qilinganmi, bir narsa deyish qiyin.

Sifatli matnlarni tuzayotganiga qaraganda, ijtimoiy tarmoqlar kabi odamlar shevada va chala savod bilan yozadigan manbalar ishlatilmagan.

Tarjimadagi g'alizlikning boisi - model matnlarni so'zma-so'z tarjima qilishga urinadi va shuning natijasida beo'xshov jumlalar paydo bo'ladi.

Internetda odam qo'li bilan ingliz tilidan o'zbek tiliga qilingan tarjimalar ko'p bo'lsa-da, asl manba va tarjimani bir-biriga solishtiradigan, har ikki tildagi matn birga yonma-yon beriladigan resurslar deyarli yo'q. Ya'ni, "ChatGPT" ixtiyorida o'zbek tiliga tarjima qilingan matnlarni qiyoslab o'rganish uchun yetarli materiallar bo'lmagan.

Shu bois tarjimada hanuz oqsayapti. Lekin o'zbek tilidagi savol-javoblar sifatiga gap yo'q.

Men ChatGPT - 4o versiyasini ishlatdim. Sizda ham "ChatGPT" o'zbek tilida ravon yozyaptimi?

@bmamadiev
Dunyo bo'ylab "Microsoft" kompaniyasining "Windows" operatsion tizimi ishdan chiqdi.

Ko'plab mamlakatlarda aeroportlar, sog'liqni saqlash va boshqa xizmat ko'rsatish sohalari faoliyati kompyuterlar ishlamagani bois to'xtab qolgan. Aeroportlarda samolyotlar uchishdan qoldirilgani, reyslar kechikkani xabar qilinmoqda.

Hatto ba'zi telekompaniyalarda jonli efirlar to'xtab qolgan; fond birjalari sayti ishlamagan.

Muammoga "Windows" tizimining bir qismi sifatida ishlaydigan, "CrowdStrike" kompaniyasiga tegishli xavfsizlik dasturidagi nosoz yangilanish sabab bo'lgan.

Kompaniya xatoni tuzatuvchi yangi kod tizimga yuklanganini xabar qildi, ammo "Windows" bilan bog'liq muammolar hanuz davom etmoqda.

Sizda bu muammo kuzatildimi?

@terabaytuz
Forwarded from Vashington kundaligi
Sun'iy intellekt yoppasiga ishsizlikka sabab bo'ladimi?

Sun'iy intellekt ko'plab sohalarda odamlar o'rnini egallab, ishsizlik keskin oshishiga sabab bo'ladimi, degan savolga yana qaytamiz.

XX asrning va umuman insoniyat tarixining eng katta voqealaridan biri odamzotning Oyga qadam qo'yishi bo'lgan. "Apollon" deb atalgan 1969-yilgi missiyada uch amerikalik fazogir Oyga uchgan.

Ushbu missiyani amalga oshirishda Massachusets Texnologiya instituti tomonidan yaratilgan AGC (Apollo Guidance Computer) kompyuteri ishlatilgan.

Bungacha AQShning fazo missiyalarida murakkab matematik hisob-kitoblar insonlar qo'li bilan amalga oshirilgan. Tadqiqotlarga kompyuterlarni joriy qilish boshlangach, ko'plab odamlar ish o'rnini boy beradi, degan xavotirlar paydo bo'lgan.

Bugun sun'iy intellekt erasi bo'sag'asida turar ekanmiz, xuddi shu savol yana o'rtaga chiqmoqda. Sun'iy intellekt odamlarni yoppasiga ishsiz qiladimi?

"NASA" fazo agentligi Oy missiyalari uchun ishlatgan va hajmi uydek bo'lgan AGC kompyuterning operativ xotirasi (RAM) bor-yo'g'i 64 KB bo'lgan; sekundiga 85 mingta ishni bajargan.

Endi uni qo'limizdagi iPhone 15 Pro Max bilan solishtiramiz. Bitta qo'lga sigadigan bu jajji jihozning operativ xotirasi Oyga raketa uchirgan kompyuternikidan 128 ming marta kattaroq (8 GB). Bir soniyada amalga oshiriladigan instruksiyalar soni bo'yicha esa 117 million marta kuchliroq (10,000,000,000,000).

Bugun ish stolimizdagi 300-400 dollarik arzon kompyuterlar "NASA" kosmosga raketa uchirgan va o'sha payt millionlab dollar turgan kompyuterlardan istalgan konfiguratsiya bo'yicha millonlab marta kuchli.

Kompyuterlar shu qadar kuchayib, qo'lda qilingan ko'plab hisob-kitob ishlarini odamlardan tortib olishiga qaramay, bugun AQShdagi ishsizlik darajasi 1960-yillardagi miqdor bilan deyarli bir xil.

Ya'ni, bu super mashinalar odamlarni ishsiz qoldirmadi; aksincha, ular uchun yangi vazifalar va ishlarni paydo qildi.

Sun'iy intellekt bilan ham shunday bo'ladi. U odamzotni ko'plab zerikarli va texnik jihatdan murakkab ishlardan xalos qiladi. Ilmiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar yasab, dunyo yalpi ichki mahsuloti o'sishini tezlashtiradi.

Yangi ish kategoriyalari paydo bo'lishi bilan birga, amaldagi ishlar ham tez orada yo'qolib ketmaydi; shunchaki, bu ishlarning xususiyati o'zgaradi.

Masalan, dasturchilar 5 yildan keyin "low-level coding" (quyi darajadagi murakkab kodlarni yozish) bilan shug'ullanmaydi. Ular, asosan, "prompt-based engineering" (inson tili bilan buyruq berishga asoslangan dasturchilik) va sun'iy intellekt yozgan kodlarni tekshirish bilan shug'ullanadi. Bu esa dasturchining ish unumdorligini kamida 10, balki 100 baravar oshiradi.

Demak, bitta dasturchi 10 ta dasturchining ishini bajarsa, kompaniyalar 10 ta odam o'rniga bitta odamni ishga yollaydimi?

Zohiran shunday, lekin aslida unday emas. Masalan, "Amazon" kompaniyasida bajarilishi kerak bo'lgan dasturlash ishlari va yangi mahsulot g'oyalari qalashib yotibdi. Ularni amalga oshirish uchun, shunchaki, odam resursi yetmaydi va barchasi ijroga kirish uchun navbatini kutmoqda.

Agar sun'iy intellekt dasturchi ishining unumdorligini 10 baravar oshirsa, mana shu yangi g'oyalar va ishlarning bajarilishini 10 baravar tezlashtiradi. Ishonchim komil, "Amazon" ishchilari sonini kamaytirish o'rniga, navbatda turgan ishlarini tezroq tugatib, bozorga chiqarishni afazal ko'radi; chunki raqobat va foydani oshirish xohishi shuni taqozo etadi.

Shu bois yaqin orada dasturchilik yo'qolib ketadi, deb xavotir olmasa ham bo'ladi. Faqat dasturchilardan talab qilinadigan malakalarda o'zgarish bo'ladi. Endi siz sun'iy intellekt bilan ishlashni ham bilishingiz kerak bo'ladi.

@bmamadiev
Instagramda endi postga 20 tagacha surat yoki videodan iborat postlar yuklasa bo'ladi!

Yangi funksiya asta-sekin ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun ochilib bormoqda.

@terabaytuz
Apple kuzgi taqdimot bo’lib o’tadigan kunni rasman e’lon qildi

🍎 9-sentabr 22:00 da Apple o'zining kuzgi taqdimotini o’tkazadi. Unda yangi iPhone modellari, Apple Watch Ultra 3, va iOS 18 Kati yangilanishlar taqdim etilishi kutilmoqda. Yaqdimotni biz bilan o’zbek tilida tomosha qiling!

Onlayn translyatsiyani o'tkazib yubormaslik uchun qo'ng'iroqchani bosib, eslatmani yoqib qo'ying: https://youtube.com/live/j0YW4cZccr8?feature=share

🔗 Yang iPhone qanday xususiyatlarga ega bo'lishini taxmin qilmoqdasiz, izohlarda yozing!


———

Apple официально объявила дату осенней презентации

🍎 9 сентября в 22:00 Apple проведет свою осеннюю презентацию. На мероприятии ожидаются новые модели iPhone Apple Watch Ultra 3 и iOS 18. Смотрите онлайн-трансляцию вместе с MacBro на узбекском языке!

Нажмите на колокольчик и включите напоминание, чтобы не пропустить эфир: https://youtube.com/live/j0YW4cZccr8?feature=share

🔗 Как вы думаете, какие функции будут у нового iPhone, пишите в комментариях!

@macbrouz
Forwarded from MediaBlog
Vivo V40e taqdim etildi: 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 80 Vt tezkor quvvatlanish

Vivo kompaniyasi o‘zining V40 smartfonlar seriyasini yangi model bilan kengaytirdi — bu safar Vivo V40e deb nomlangan smartfon taqdim etildi.

Ko’proq o’qish ➡️



Vivo V40e представлен: мощный аккумулятор на 5500 мАч и быстрая зарядка на 80 Вт

Компания Vivo расширила свою линейку смартфонов серией V40, представив новую модель — Vivo V40e.

Читать далее ➡️
Forwarded from MediaBlog
iPhone 16 Pro Max va Google Pixel 9 Pro XL: Qaysi biri yaxshiroq va nima uchun?

Smartfonlarning dizayn, displey, samaradorlik, batareya va kamera imkoniyatlarini batafsil solishtiramiz.

Ko’proq o’qish ➡️



iPhone 16 Pro Max vs. Google Pixel 9 Pro XL: Какой смартфон лучше и почему?

Сравним дизайн, дисплей, производительность, батарею и возможности камеры смартфонов.

Читать далее ➡️
2024/11/26 19:05:33
Back to Top
HTML Embed Code: