Telegram Web
🎀Kashtalar jilosi | Termiz shahar bosqichi

🌸O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida ushbu nozik san’atga bo‘lgan hurmat va mehrni yanada mustahkamlash maqsadida Termiz shahrida “Kashtalar jilosi” nomli shahar bosqichidagi ijodiy-ko‘rgazmali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🌸Tadbir doirasida turli kashtachilik uslublarini o‘zida mujassam etgan badiiy asarlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan zamonaviy kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda xalq amaliy san’ati namunalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Qo‘l mehnati bilan yaratilgan ushbu asarlar mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, ularning har biri yurtimizning boy madaniy merosidan dalolat berib turdi.

🌸 “Kashtalar jilosi” tadbirining Termiz shahar bosqichi o‘zining mazmunan boy va ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksak darajadagi tashkiliy ko‘rinishi bilan ajralib turdi. Bu kabi loyihalar yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni sevish, ularga sadoqat ruhida yashash, shuningdek, ijodkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini yaratmoqda. Tadbir o‘z navbatida xalq amaliy san’atini zamonaviy talablar asosida tiklash va yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida bugun ertalab tongdan “Sog’lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida besh ming qadam yurish marafoni bo’lib o’tdi! Tadbirda 150 dan ziyod xotin-qizlar va jamoat vakillari ishtirok etib, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga va bir-birlarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratishdi.

Marafonning asosiy maqsadi — oila a’zolari o’rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va sog’likni saqlashdir. Ishtirokchilar har bir qadamda bir-biriga mehr-oqibat ko’rsatib, sog’lom va baxtli hayotga intilishlarini namoyish etdilar. Tadbir shahar aholisi uchun ajoyib bir kayfiyat ulashib, jamiyatdagi birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan onlayn qabuldan so‘ng, Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan "Westminster" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazda asosan o‘quvchi-yoshlar xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitilmoqda. Viloyat rahbari ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni va tadbirkorning kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Markaz faoliyatini kengaytirish, fan va kasb kurslari turini oshirish hamda yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari faoliyati o‘rganildi. Uchrashuv chog‘ida mavjud sharoitlar, xodimlarning mehnat samaradorligi va xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ish samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda faoliyatni raqamlashtirish maqsadida xodimlarni planshetlar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://www.tgoop.com/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/16 02:00:11
Back to Top
HTML Embed Code: