Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐍 👶Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bolalar ilonlardan qo'rqmaydi

Tadqiqotchilar ilonlarni bolalar xonaiga olib kirib, ularning reaksiyasini kuzatishdi. Natija hayratlanarli: ular ilonlarni o'yinchoq sifatida qabul qilgan, ba'zilari esa hatto ularni yeb qo'yishga uringan.

Bunday tadqiqotlar odamlar va tabiat o'rtasidagi tabiiy instinktlar va biologik xususiyatlarning qanday bog'liqligini ko'rsatadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
🤯90👍43😁17🤨83👎32🔥1🥱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Huawei Mate70 smartfoni imo-ishoralar yordamida Airdrop texnologiyasidan foydalanib, fayllarni uzatish imkonini beradi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
🤩101👍26🤨8😱7🤯432❤‍🔥2🥱2👎1🔥1
Maktabni va hattoki institutni bitirganimda, o’zimni qayerdadir ishlaydigan yoki hayotga tayyor odam kabi his qilmagan edim. Ancha narsani yana o’rganish kerak edi.

O’zi umuman, maktablarda hayotda kerak bo’ladigan bilimlar ba’zida berilmaydi. Berilsa ham, yuzaki o’tiladi.

Yoki mana anchadan beri aytaman “maktablarda sun’iy intellekt bilan foydalanishni o’rgatish kerak! Hozirdan boshlab!”

Qachon kiritilishini bilmayman, ammo men ularni hozridan qayerdan olishni bilaman:

Midjourney AI Praktikum – AI yordamida ajoyib tasvirlar yaratish (12 dars)

Bepul AI bot, matn tavsiflari asosida aql bovar qilmaydigan tasvirlar yaratish, sun’iy intellekt bo‘yicha tajribali mutaxassis Hikmatilla Ubaydullayevdan AI yordamida tasvir yaratishning asosiy prinsiplari, vizual kontent yaratishda vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish maslahatlari

MyMehnat Praktikum (3 dars)

Bu kurs MyMehnat portali orqali hujjatlarni to‘ldirish, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobotlarni topshirishni o‘rgatadi.

Asosiy Excel Praktikum (3 dars)

Excel dasturining asosiy imkoniyatlari, oddiy jadvallarni yaratishdan tortib formulalar yordamida hisob-kitoblarni avtomatlashtirishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar.

1C Buxgalteriya Praktikum (3 dars)

Dastur birlamchi hujjatlarni kiritish, ish haqi va soliqlarni hisoblash, shuningdek, hisobotlarni shakllantirish kabi jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi. Hozirda O‘zbekistondagi kompaniyalarning 90% dan ortig‘i 1C dasturidan foydalanadi

Figma Praktikum va Tilda Master

Figma dasturida murakkab dizaynlar yaratish, Auto Layout va uslublar bilan ishlash, jamoaviy ishlashni soddalashtirish hamda ilda Zero Block yordamida noyob dizaynlar yaratish, animatsiyalar va multimedia elementlarini qo‘llash, SEO sozlamalarini o'rgatiladi

Eng qiziq va siz uchun foydali bo'lgan tarafi esa yuqoridagi kurslarning barchasini @osnovaedu platformasida 6-dekabrgacha Baraka Friday aksiyasi doirasida 70% gacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Men esa ularning ambassadoriman⚡️

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍469🤩6😁5😍1
Forwarded from Sigma podcast
Podkastimizning navbatdagi mehmoni — iqtisodchi Behzod Hoshimov

Bu podkastimizdan kichik bir lekin muhim lavha, toʻliq podkast tez kunlarda chiqadi

https://youtu.be/yePvBaa41io?si=72jMJYJTmWerBhR9

@sigma_podcast
👍34🏆932🔥2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Hyundai Sonata 2024 pultidan yurgizilar ekan! Mashinani qaytarib topshirib yuboraman degan paytim, shu funksiyani bilib qoldim😂

Yaqinda to’liq obzor chiqadi instagramda. Qiziqmi?

@texnoplov
88👍40😁17🤩6🔥3❤‍🔥2💯2👎1
🌍 Stratosferadan sakrasangiz nima bo'ladi?

Rossiyalik parashyutchilar stratosferadan sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatishdi. Ular An-72 samolyotidan 10 120 metr balandlikdan sakrashdi. Havo harorati esa -57℃ darajagacha tushgan edi. Tezlik — 350 km/soat.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
1👍67🤯29🔥9🤩6😱31
🏹 Daniyaning afsonaviy kamonchisi: Lars Andersen

Daniyada yashovchi kamonchi Lars Andersen o‘zining ajoyib mahorati bilan dunyoni hayratga solmoqda.

Faktlar shunchaki hayratlanarli:

— Lars atigi 4,9 soniyada 10 ta o‘qni nishonga yo‘naltira oladi.
— U kichik teshikdan o‘qni aniq o‘tkaza oladi — yotgan holatda yoki hatto havoda sakragan paytda ham.
— U hatto burchakdan otish texnikasini mukammal egallagan, go‘yo o‘qlari nishonga o‘zi yo‘l topayotgandek.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
🤯107👍365🔥5😱21🌚1😐1
⚡️Oy tugadi va shuning uchun yangi obunachilarni boxabar qilish maqsadida tavsiyalar bilan boʻlishmoqchiman.

Oʻzbek blogosferasining koʻzga koʻrilgan liberal, zamonaviy fikrli blogerlarining kanallariga ulaning. Ularda shaxsiy mulohazalar va yangiliklardan tortib ilmiy-ommabop mavzular va siyosiy tahlillargacha topasiz.

⚡️Quyidagi link orqali barcha kanallarga ulanishingiz mumkin:
https://www.tgoop.com/addlist/Ooa-0GJofrcxODgy

@texnoplov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29👍21🥱84👎1
Forwarded from Sigma podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farovonlikka olib boruvchi qarorlar" – Behzod Hoshimov

Podkastimizning navbatdagi sonida Nyu-York universtiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan O'zbekiston moliyasi, to'g'ri iqtisodiy qarorlar, boylik va muvaffaqiyat, nega hozir eng yaxshi iqtisodiy davr ekani, tug'ilishlar ko'rsatkichining pasayishi hamda Ilon Mask haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/QWZm2qyNV-o?si=C8C49oy4mFlOcpT-

@sigma_podcast
🔥25👍1632😁1
Forwarded from Prizma
Масалан кино ёки футбол ҳақидаги подкастларни ҳамма кўриши мумкин. Чунки уни ҳамма тушуна олади. Бу учун алоҳида билим шарт эмас, шунчаки кино ёки ёқади ёки йўқ. Футбол ҳам деярли шунақа, ўйин сенга ёки ёқади ёки йўқ.

Бошқа турдаги, турли соҳаларга ихтисослашган подкастларнм кўриш бироз қийинроқ. Чунки унда соҳага алоқадор бўлмаган одамлар контекстни тушуниб кетиши қийин. Оддий мисол иқтисодчиларни подкастлари кўп лекин мен бирортасини охиригача кўрмаганман, чунки тушунмайман. Айниқса иккита иқтисодчи гаплашса бу умуман мураккаб нарса. Уни соҳани мутахассислари ва ўша йўналишдаги талабалар кўргани маъқул.

Лекин, мавзуси иқтисод бўлса ҳам мана шу подкаст қизиқ туюлди менг. Чунки бошловчилар ҳам иқтисодиёт борасидаги билими меникидан ортиқмас экан ва улар менга (аслида ўзларига ҳам) қизиқ бўлган саволларни берди иқтисодчи Б.Ҳга. Иқтисодчи ҳам жайдаричасига мисоллар билан тушунтириб берган жавобларини. Деярли ҳаммага тушунарли ва қизиқ подкаст бўлган.

Дудни подкастлари бўларди, қайсидир соҳа мутахассисини меҳмонга чақириб, подкаст номига ўша соҳани номини қўярди: “… ҳақида уятли саволлар”. Бу подкаст ҳам аслида ўша туркумга мос келади “иқтисодиёт ҳақидаги уятли саволлар” деб номласа ҳам хато бўлмасди.

Ўзи умуман шунақа мутахассисларни чақириб “уятли саволлар” туркумини ясаворишса бўларди подкастчилар. Чунки соҳани базовый билимларини билиш ҳеч кимга зарар қилмайди, худди мен бу подкастни кўриб сўмни қадрсизланишини асосий сабабларини мисоллар билан гапириб бера олишни ўрганганим каби.
👍32🔥9🤩52😁2
Panasonic asoschisi Konosuke Matsushita raqamli kloni yaratildi

Yaponiya texno giganti Panasonic o‘zining asoschisi, biznes olamining afsonasi Konosuke Matsushitaning sun’iy intellekt yordamida raqamli klonini yaratdi. Ushbu loyiha Matsushitaning yozuvlari, nutqlari va intervyularidan olingan 3000 dan ortiq yozuvlar asosida amalga oshirildi.

Raqamli klon Matsushitaning ovozini qayta jonlantirib, o‘z davridagi donishmand maslahatlari bilan korporatsiyaga strategik yo‘nalish berishda yordam beradi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
154👍20🔥5😱5🤨41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google’dan yangi innovatsiya: har tomonlama video yaratadigan neyrotarmoq

Google o‘zining yangi sun’iy intellekt texnologiyasini taqdim etdi, u videoni istalgan rakursdan yaratish imkonini beradi. Endi siz videoni ko‘ribgina qolmay, xuddi voqea joyida turgandek, atrofni har tomonlama kuzatishingiz mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
52👍15🤩7🔥53🌭3
Hyundai’dan avtomexaniklar uchun innovatsion ekzoskelet

Hyundai avtomexaniklarning mehnatini osonlashtirish uchun yangi texnologiya – X-ble Shoulder ekzoskeletini yaratdi. Ushbu qurilma yelkalarga tushadigan og‘irlikni 60% gacha kamaytiradi, shuningdek, suyak-mushak tizimiga bo‘lgan bosimni yengillashtiradi.

Ekzoskelet avtomexaniklar ish paytida, ayniqsa mashina ostida ishlaganda, qo‘l mushaklarini kuchaytiradi va ishlash qulayligini oshiradi. Bu nafaqat mexaniklarning sog‘ligini saqlashga yordam beradi, balki ish unumdorligini ham oshiradi.

Siz qanday sohalarda bunday ekzoskeletlar foydali bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram
👍5810🔥5🌚42😱1
2025/07/12 11:53:43
Back to Top
HTML Embed Code: