#xamirturush
Pirovardi – men yana yolgʻiz,
Senga na yor boʻldim, na gʻanim.
Tuzalmadim, qaytaga qoldi
Bir dardimni ikki qilganim.
Pirovardi – men yana yolgʻiz,
Senga na yor boʻldim, na gʻanim.
Tuzalmadim, qaytaga qoldi
Bir dardimni ikki qilganim.
💔2❤1
Ingliz tilidagi “jaw away ” iborasi o‘zbek tilida “vaysamoq ” ma’nosini beradi. O‘zbek tilida, shuningdek, “jag‘i jag‘iga tegmasdan ” degan ibora ham bor.
❤2👍1
O‘zbek tilida “yemoqning qusmog‘i bor ”, “qilmish - qidirmish ”, “o‘zi pishirgan oshni aylanib ham, o‘rgilib ham yemoq ” kabi iboralar bor. Ingliz tilida esa “face the music ” degan ibora bor. Shu uchta o‘zbekcha iboradan kamida bittasiga mos tushadi.
❤1
Cybertronians 🤖 gathered to celebrate the C-day. ))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Shunchaki...
#bugun
Bugun Prezident maktabining eski jamoasi - sobiq hamkasblar bilan uchrashdik.
Hammamiz turli ta'lim muassasalaridan kelgan bo'lsak-da, suhbatni bir odam qilgani uchunmi, fikrlashi, qadriyatalri o'xshash mutaxassislar yig'ilgan va bittada chiqishib ketgan edik.
Birga ishlagan kezlarimizni, o'quvchilarni, maktabda yuz bergan qiziq hangomalarni esladik..
Men ishlagan jamoalarning turli rahbarlaridan nuqul bir xil gap eshitardim: "nezamenimiy kadr yo'q, tartib yoqmasa, ketavering, o'rningizga boshqa xodim topish qiyin emas!"
Ammo shuncha ishlab bildimki, yaxshi kadr, siz tan olasizmi-yo'qmi, benazirdir! Uning o'rniga kelgani HECH QACHON uning o'rnini bosolmaydi! Yaxshi ustoz - betakror! Uni bo'shatib yuborib olgan mutaxassisingiz aynan o'sha mavzuni o'tishi mumkin, lekin U kabi emas.
Yaxshi rahbar, qanday qilib bo'lmasin, o'z kadrlarini saqlab qolishga tirishadi, chunki maktabni maktab qiladigan avval ustozlar, keyin rahbarlar!
@suvaydo

❤9👍3
Bir kun ham dars o‘tmagan bitiruvchiga 2-malaka toifasini berish - o‘sha bitiruvchi qizil tugul, safsar diplom olgan bo‘lsa ham - mantiqsizlikdan bo‘lak narsa emas.
Faqat mutaxassis degan “toifa” bekor qilinsa, o‘shanda bu “enavatsiya”ni tushunish mumkin. Aks holda bunday g‘alati yondashuv bugungi ta’lim tizimimiz ahvoliga tashxis bo‘lib xizmat qiladi, xolos.
Faqat mutaxassis degan “toifa” bekor qilinsa, o‘shanda bu “enavatsiya”ni tushunish mumkin. Aks holda bunday g‘alati yondashuv bugungi ta’lim tizimimiz ahvoliga tashxis bo‘lib xizmat qiladi, xolos.
👍2❤1
Soat 13:00 atrofida yo‘lga otlangandik. Taksida bir o‘zim. Endi dovondan tushdik.
❤1
***
Қанийди, қор бўлсам – кўксингга қўниб,
Сингиб кета олсам юраккинангга.
Ё айланиб қолсам юзингга иниб
Изғириндан қолган нимпушти рангга.
Майлига, шамолга айланиб қолай,
Ҳар лаҳза сочларинг силаб ўтмоқ-чун.
Қўлда бўлса эзгу орзулардан най,
Бир умр мадҳингни куйлаб ўтмоқ-чун!
Қанийди, қор бўлсам – кўксингга қўниб,
Сингиб кета олсам юраккинангга.
Ё айланиб қолсам юзингга иниб
Изғириндан қолган нимпушти рангга.
Майлига, шамолга айланиб қолай,
Ҳар лаҳза сочларинг силаб ўтмоқ-чун.
Қўлда бўлса эзгу орзулардан най,
Бир умр мадҳингни куйлаб ўтмоқ-чун!
❤6🔥1
Kun.uz | Расмий канал
Пахта ва ғалла фермерлари учун рейтинг жорий этилади
Muharrirlarga qirg‘in kelibdi, shekilli.
❤1