Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Inglizcha “beat around the bush”, “gapni cho‘zish” iborasini o‘zbekcha “gapni olib qochish” iborasi bilan ifodalash mumkin.
1
Bugun o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabr kuni davlat tili maqomi berilgani eslanadigan kun.

Taqvimdagi qolgan 364 kunda esa o‘zbek tilini xo‘rlaymiz, zo‘rlaymiz, oyoqosti qilamiz.

21-oktabrda esa birdaniga eslab, alqab, ona tilimlab qolamiz.

22-oktabr kuni yana aslimizga qaytamiz va kelasi yil 21-oktabrgacha o‘zbek tili bilan ishimiz ham bo‘lmaydi.

Bir o‘zbek ziyolisi ta’kidlaganidek, o‘zbek tiliga bayram emas, yordam kerak.
👍4
Sad truth.
1
#tarjima

Qarish tanaga ajin tushiradi. Taslim bo‘lish esa qalbga.
1
#iqtibos

“Сиз ифлос виждон билан ғолибсиз, ман соф виждон билан мағлубман”.

© Mirzo Anvar tilidan
🔥2
Forwarded from Shunchaki...
#tilbayrami
Assalomu alaykum, o'zbek tilini ona tili deb biladiganlar!
O'zbekcha o'ylaydiganlar, tuyg'ularini o'zbekcha ifodalaydiganlar!
Bayramingiz muborak bo'lsin!

Aslida ona tilini faqat bir kun (bor ana bir oy) esga olib, qadrlash to'g'ri emas. Ona tilimiz o'zbek tili ekanligi. shu sanadagina emas, hamisha: nutqimizda "uje", "pochti", "vabshe" kabi varvarizmlarni qo'shib gapirayotganimizda; "e, nima farqi bor" deb g'ij-g'ij xatoga to'la matn yozayotganimizda; turli tashkilotlar-u xizmat ko'rsatish shoxobchalarida bizga rus tilida murojaat qilshganida ham yodimizda bo'lishi kerak.

YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra, har ikki haftada bitta til yo'qolib ketyapti ekan, ya;ni o'sha tilda so'zlasha oladigan oxirgi inson dunyodan ko'z yumar ekan.

Shukrki, o'zbek tilida so'zlasha oladiganlar dunyo bo'yicha 50 milliondan ortiq, biroq o'sha insonlar tilimizni qay darajada biladi?
Rus-ingliz-o'zbek tilidagi so'zlarni aralash-quralash qilish tillarni bilish degani emas.

Gruziyaga bordim, ruscha bilsa ham, oliftalik qilmaydigan, milliy tili bilan g'ururlanadigan avlodni ko'rdim.

Turkiyada bo'ldim, turklar uchun ingliz tili sharaf emasligini ng guvohi bo'ldim.

Til yo'qolsa, millat ham yo'qoladi. Dunyoda o'zbek degan millat yo'q bo'lib ketmasligi uchun, keling,
- savodli yozaylik,
- miyamizdagi ruscha so'zlarning o'zbekcha muqobilini ham bilaylik.
- o'z tilimizda ravon va to'g'ri gapira olaylik,
- internetda o'zbek tilidagi manbalar ko'payishiga hissa qo'shaylik.

Toki "o'zbekmisiz?" degan savolga, - da kaneshna, deb javob bermaydigan millat bo'laylik!
@suvaydo
2👍1
Virtual 207🫆
Nemo sinfdosh o‘rtoqlaridan ajralmaslikka intilib, to‘garaklarga qiziqishi pasayib ketdi. Rasm ham chizmay qo‘ydi. Nima qilishga bosh qotdi. Maktabini o‘zgartiraylikmikan...
Anvar Habibullayevich bilan maslahatlashdim. Kerakli tavsiyalarni oldik. Jahl ustida ijodxonasini bo‘shatib, ish qurollarini yerto‘laga olib tushib qo‘ygandim. Hozir kirib, olib chiqishiga ruxsat berdim. Endi ertaga muzeyga olib borishni reja qilyapman.
👏3👍2
Kun.uz | Расмий канал
Николя Саркози қамоқхонага келди

Франциянинг собиқ президенти у ерда беш йиллик қамоқ жазосини ўтайди
Postga ayrimlar tirjayib (😂) munosabat bildirgan. Men 👏 deb munosabat bildirgan bo‘lardim.

Ayrimlarga o‘xshab boyligini olib qochvormapti-yu Rossiyaga.
1
#tarjima #iqtibos

“Oʻqitish sanʼati – kashfiyotlarga assistentlik qilish sanʼatidir”.

©️ Mark van Doren
2
Otning ***gani - itning bayrami. ))
🤣3
😏
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Kun.uz | Расмий канал
Ҳуқуқий баҳо: “жигар” сўзини ҳам, табриклаш хизматини ҳам патентлаб бўлмайди
Bizda qanday, bilmadim-u (bilganimiz bilan ishlasa hisob-da), AQSHda Maykl Baffer o‘zining mashhur “Let’s get ready to rumble” jumlasini savdo belgisi sifatida rasmiylashtirib, litsenziyalab olgan. Shu paytgacha shu bir og‘iz so‘z unga 400M dollardan ziyod daromad keltirgan.
2
Kecha “Olimpiakos”ga nisbatan nohaqlik qilibdi hakam. VARdagilar qand yeganmi shunda?
“O‘ylamay gapirgan og‘rimay o‘lar”.

O‘zbek xalq maqoli
2
“If qal’asining mahbusi” asarida armator Morrel qarzlarini qaytarolmasligini anglab, o‘z joniga qasd qilishga qaror qiladi-yu, oxirgi lahzada ingliz banki vakili qiyofasidagi Edmon Dantes uni ham o‘limdan, ham xonavayronlikdan qutqarib qoladi. O‘sha joyini o‘qiganda bo‘g‘zim achishib ketadi har safar. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
1💯1
Даврон Файзиев
Жамоамиз 14 ноябрь куни 1/2 баҳсини Мисрга қарши ўтказади.
Sovg‘a bo‘larkan-da menga har yilgidek. Bultur Qatar sovg‘a qilganmidi? 2019-yili Saudiya Arabistonidan “Paxtakor” stadionining o‘zida qabul qilib olgandim “sovg‘a”ni.
Forwarded from Virtual 207🫆
14-noyabr sindromi
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Бир савол бўлди: “Домла, нимага мактабдаги ўқувчилар устозларини ҳурмат қилмай қўйишди?”

Дедимки: “Аслида, ўқувчилар эмас, балки уларнинг ота-оналари ўқитувчиларни ҳурмат қилмай қўйишган! Ота-она устозни ҳурмат қилса боласи ҳам ҳурмат қилади.”

Яна савол: “Болалар китоб ўқимай қўйди, уларни қандай қилиб китобга қайтарса бўлади?”

Дедим: “Қуш уясида кўрганини қилади. Уйида китоб ўқилганини кўрмаган бола қандай қилиб китобга қизиқсин?! Энди сал ўйлаб кўрайлик: “уйимизда китоблар ёки кутубхона борми?”
2025/10/22 14:31:32
Back to Top
HTML Embed Code: