Telegram Web
Hozirgina klikdanmiz deb tel qilishdi. Operator qilib ko'rsatdi o'zini. O'zbekcha gapiradigan operator bering deganimda, bizdagi hamma o'zbek operatorlari band, man esa faqat ruscha bilaman, degan joyidan ushladim. Firibgarlarga kodizni bermangdan boshlarkan gapni va yana ovozli qidiruvga kirib nimanidir blok qilishim kerakligini so'radi. Operator hech qachon buni talab qilmaydi. Klikka telefon qilib, raqamlarini xavfsizlikka topshirivordik. Aldanmanglar, do'stlar! Agar o'zingiz rasmiy ariza qoldirmasangiz, klik sizga hech qachon telefon qilmas ekan! Shunga klikdanmiz deyishsa, avtomatik, klikni o"ziga ulanib, raqamlarni berivoring.
"Bitmas xazina" festivalini qiyqiriqlar bilan yakunlab berdik
18-sentabr shoir, tarjimon -Gulnoz Mo'minova tug'ilgan kun! Umringiz uzoq, so'zingiz Mangu bo'lsin!

F.F.O - nimani anglatishini shoiramizning o'zi yaxshi biladi
☺️



ОЙНИНГ ОРҚА ТОМОНИ

қалбим –
Ойнинг орқа томони
уни ҳеч ким кўра олмагай
ҳатто мен жондан севган кимсалар ҳам
улар бир ишда хўп моҳирлигин
тан олмоқ даркор –
қалбимга тупурган чоғларида
мўлжалдан адашишмас сира
яхшики, Тангри менга
жуфт денгиз ато этган
қачонлардир
Ойнинг орқа томонидаги
денгизлардай
сувлари дунёга кўринмас
икки денгиз
шу денгизларнинг шўр оқимлари
муттасил ювиб турар
қалбим юзидаги тупукларни

2023, ноябрь
Г.М.
Forwarded from Guljamol Asqarova
ГУЛНОЗ! 🙏

Сени туғилган кунингда доим нима деб табриклашни билардим, бугун билмаяпман.

Бағримга босиб "Муборак бўсин, соғ бўл. Кечир... "  дегим келяпти холос.

Чунки, шу қадар ҳарирлик борки руҳингда, капалак ҳайрон бўларлик, шу қадар  наъра ва ўкирик борки ичингда, она арслон тугул, ота арслон ҳам жим қоларлик...

Мен 30 йилки кўриб, лекин ҳеч қачон артиб қўйолмаганим кўз ёш бор кўзингда,   малҳам қўя олмаганим бир яра бор қалбингда...

😉Дил берганим баъзи қадрлилар айтишича, мен одамни тушунолмасканман.Ростданам  чуқур қайғукаш эмасман, шекилли. Кечир. 🤗🙏😔🫢

Аслида сенга юрагим уйғунлиги, қайғуларинг илдизи руҳимга туташлиги учун ҳам қаршингда жим ва ожизман. Зиддиятни қараки, давраларингда шўху хандон, яқинларинг ҳузурида доим ҳузурлиман.

🙏Ҳа, катта қизлар бўб қолдик. Зато, энди яшаш тажрибамиз бор.(Шу ўринда болалигимда батинкамни ипини боғлашни ўрганганимда хурсанд бўлганимни эсладим😔🤗)

Энди ўз юрагимизни ўзимиз, ҳа фақат ўзимиз кўтариб юра оламиз.(Сени билмадиму, мен ҳамдарду ҳамроҳларга эҳтиёжсиз бўб қолдим)...

🙏Хуллас, табрикламоқчиман. Тақдир ёзувлари, ким ким учун яралгани каби баҳсли мавзуларни бир четга суриб айтоламанки, Сени биз учун, мен учун Яратган.
Дўст, жигар, қалбдош қилиб яратган Худойимга раҳмат, шукр! 🙏

🤗Қара, Худо ташқари бахтнинг ҳамма шаклларини жо қилган тақдирингга. Оналик, бувилик мақоми,  тўрт кўз тугаллик, улкан шоирлик юраги, атрофингда ҳаёт барқ уриб тургани...🙏(Ичкари бахт бўйича фалсафа сўқишга ақлим етмайди,узр)😄

Бахтимга соғ бўл, Гулнозжон🙏
Яна 46 йил табриклаб юраманов, бу кетишда😉😄🙏

🤗Мажлисда ўтириб ёзяпман. Ҳам кулгим келяпти, ҳам буғзим ачишиб, кетяпти...😔
Ўзинг ёзганингдек:  Асли йиғлаш керак, сен эса, ўзни тутолмайсан кулгудан😔🤗

😉Қисқаси, ўзинг айтмоқчи, "шеър ёзадиган прокурор"чилик буёғи😄🫢😉

Соғ саломат бўл, Гулнозжон🙏

Гулжамолинг🙏

18.09.20224 йил

@Guljamol_Asqarova
Taqdimotda kutamiz barchani!
Hid Gallyutsinatsiyasi
https://youtu.be/oYBIkmXavHk?si=fUXio8e2tX54mym2 Do'stlar, videoni ko'ring, fikrlarni qoldiring, kanallarda ulashing. Bu noyob kitob o'z egalariga yetib borsin
"Bu kitob ayollar haqidami, ayollar o'qib qo'ysa, yetarli ekanda, ayniqsa shoiralar, yozuvchilar o'qiyversin", deydiganlar shunchaki totalitar tuzumning navbatdagi qurboni. Nega bundayligini intervyuda aytganman
Forwarded from Mendagi mendaliklar (Tursunoy Eshmamatova)
Hammamizga "Shaxsiy xona" kerak

Ayollar haqida koʻplab asarlar yaratilgan: katta-kichik she'rlardan tortib yirik romanlargacha. Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" esse-qissasi oʻzining nafaqat janr nuqtayi nazaridan ahamiyatli, balki inkor etib boʻlmas faktlarga asoslangan xulosalari bilan sizni oʻylashga majbur qiladi, achchiq haqiqati bilan ayollarning yuziga tarsaki tortadi, har bir ayolni uygʻonishga, ko'zini ochishga, dunyo ayvonida faqat bola tugʻishdan bundan-da balandroq ishlarni amalga oshirishga va shu orqali "ayol"likdan mustaqil va erkin SHAXS maqomiga koʻtarilishga chaqiradi. Buning uchun esa ayolga eng avval pul va shaxsiy xona boʻlishi kerak deydi Vulf: "Ayol ijodkor yozishi uchun hamma vaqt pul hamda yolgʻizlik kerak".
Shu oʻrinda aytish joizki, nafaqat ayolning rivojlanishi, balki jamiyatda jinsidan qatʼiy nazar, har bir insonning oʻz ustida ishlashi, rivojlanishi uchun moddiy taʼminot juda muhim. Doim shunday boʻlgan, hozir ham bu qonuniyat oʻzgarmagan. Zero: "Toki qornimiz toʻq boʻlmaguncha, yaxshi fikrlay ham olmaymiz, miriqib uxlay ham olmaymiz yoki boshqa ishlarga ham qoʻlimiz bormaydi".
Asar davomida Vulf oʻz fikrlarining ahamiyati va qiymati naqadar zarur ekanini tarixiy hodisalar bilan isbotlaydi. Oʻn oltinchi asrdan to yigirmanchi asarning boshlariga qadar yashab oʻtgan ayol ijodkorlarning shaxsiy hayoti hamda buning ijodiga qanchalik taʼsir etganini tahlil qiladi. Bu yoʻlda xayolan "Shekspirning singlisi" obrazini yaratadi. Vulfning fikricha, agar Shekspirning singlisi ham xuddi akasidek mantiq, grammatika, falsafa kabi bilimlarni o'rganish uchun imkoniyat mavjud boʻlganida u ham Shekspir darajasiga koʻtarila olgan boʻlar edi. Ammo Shekspir davrida hech bir ayol bunaqa darajaga chiqa olmas edi. Negaki tugʻilganidan kimgadir unashtirilgan, voyaga yetar-yetmas umrida koʻrmagan erkakka turmushga chiqish va butun umr farzand tugʻish, paypoq toʻqish, ovqat pishirishdan bir qadam ham ham oʻtmagan ayol uchun qoʻlga qalam olib, dunyoni zabt etishni oʻylash baliqning daraxtga tirmashib chiqishiga umid qilishdek gap.
Erkaklar-chi? Tugʻilganidan "yuqori jins" vakili ekani miyasining tomir-tomirlarigacha singdirilgan va hayotlari davomida "quyi jins" vakillaridan huquq va imkoniyatlari behad koʻp boʻlgan erkaklar dunyoni qalam bilan olishdi, koʻplab ixtiro-yu kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasini yangi bosqichga koʻtarishdi, jang qilib, dunyoni boshqarishdi va hokazo. Bularning barchasi iqtisodiy erkinlik va keng imkoniyatlarning mevasi deb hisoblaydi Vulf. Agarda ayollar ham xuddi erkaklar kabi muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqchi boʻlsa, ularga hech kim bu eshik kalitini qoʻshqo'llab tutqazib qoʻymaydi: "Ularni himoyasiz qoldiring, barcha ishda erkaklar bilan tenglashtiring - ulardan askar, maros, mashinist, kemasoz yasang - bir kun kelib kimdir xuddi " Men samolyot koʻrdim" degandek, "Men bugun ayolni koʻrdim" deydigan dahshatli sur'atda oʻzgarib, yoʻqolib ketmaydi. Ayol oʻz ayollik qiyofasini yoʻqotsagina hamma narsa roʻy berishi mumkin".
Umuman olganda, esse-qissaning boshidan oxirigacha ayollarning yuksalishi uchun eng muhim omil - pul, moliyaviy mustaqillik suv va havodek zarur ekani, ayniqsa ijodkor ayol uchun ikki karra zarurligi haqida bong uriladi. Zero "Ruhiy erkinlik moddiyatga bogʻliq. She'riyat esa ruhiy erkinlikka bogʻliqdir".
Asarni yakunlar ekanman, har qanday davlat va jamiyatda nafaqat ayollarning ijodiy barkamolligi, balki butun bir millat san'at va madaniyatining taraqqiyoti eng birinchi iqtisodiy yetuklikka va rivojlanishga et va tirnoqdek bog'liq ekani va bu ikkov baravar yuksalishi, oʻsib borishini tarixdan to bugunga qadar oʻz tasdig'ini yoʻqotmagan haqiqat ekaniga amin boʻldim.
Bundan tashqari, asarda Virjiniya Vulf adabiyot va sanʼat toʻgʻrida ham oʻz mulohazalarini bayon etadi. Quyida shulardan iqtiboslar:
Sanʼatning yetukligi - har birimizga bera oladigan haqiqat hissida.

Adabiyot oʻzgalar qarash-fikrlaridan ozor chekkan, qalbi vayronalar bilan toʻla.
Forwarded from Mendagi mendaliklar (Tursunoy Eshmamatova)
Avval tarixchilarni, keyin shoirlarni oʻqisangiz - xuddi burgut qanotli qurt, oshxonada goʻsht maydalayotgan nurli va goʻzal farishtani koʻrgandek gʻalati his tuyasiz.

Xayolot mahsuli boʻlgan badiiy adabiyot ilmiy haqiqatga asoslanmay yuzaga kelmaydi.

Adabiyot oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi, uning tolalari yengil, ammo toʻrtta tarafi ham hayotga bogʻlangan.

Tursunoy
https://www.tgoop.com/mendagi_mendaliklar
Endi mening o'z shaxsiy kutubxonamda eng kerakli asar "Shaxsiy xona" bor.

Asarni o'qib bo'lib, o'z fikrlarimni sizlarga ulashaman. Bizga shunday asar kerak edi, ayniqsa ayollarimiz uchun.

@farangizkhan_murodova
Forwarded from BOOK.UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Noma'lum yozuvchi yangi hikoya yozibdi. Mana bu yerda tahlili boshlangan. O'qinglarchi, ifodada Qahhor darajasiga yetolganmi yo hali ishlashi kerakmi? Yo Qahhorona yo'lni inkor etib yangi ifoda topganmi? O'zbek nasrida ifoda ustida ishlanmay qo'yilgan bir paytda bu hikoyani pishiq desa bo'ladimi yo hali xommi?

Fikrlarni o'sha guruhda izohida qoldiringlar.
Шунинг учун ҳам миллионлаб одамлар севмасликни танлаганлар. Агар сиз эго фойдасига қарор қабул қилсангаз, унда севгисиз яшашингизга тўғри келади. Севги ва эго биргаликда яшай олмайди, буни иложи йўқ. Билим ва эго жуда ҳам мос келишади, севги ва эго эса ҳеч қачон.


OSHO
Саъдий - машҳур файласуф. Саъдийни “машҳур файласуф” деганда,билингки, бу худди “машҳур файласуф Дж. Э. Мур” деган маънода эмас. Буерда худди “машҳур файласуф Исо”, “машҳур файласуф Будда” деган маънода.“Файласуф” сўзининг маъноси “дошишманд” бўлади ва бу sopia сўзидан –донишмандликни севувчи киши, маъносини билдиради. Саъдий шунингдек машҳуршоир. Ҳамма даврларда ҳам худди шундай бўлган, донишмандлик бўлган жойда,ўзидан ўзи шоирлик пайдо бўлган. Поэзия - бу донишмандлик маҳсули. Менасло, ҳар бир шоир донишманд бўлади демоқчи эмасман. Ҳар бир ҳақиқийдонишманднинг ҳаёти буткул поэзияга айланади. Агар сиз Исо пайғамбарними,Муҳаммад пайғамбар (Саллаллоҳу алайҳи вассалам)ними ёд этган бўлсангиз, сизгап нимада эканлигини биласиз. Исо шиоир эмас, гап шундаки унинг ҳаётинингҳар лаҳзаси поэзия. Ҳатто унинг ҳожда осилиб туриб оллоҳга қилганмурожаати: “ (Яратган) Ота, уларни кечир, улар нима қилаётганларинибилмайдилар” - бу поэзия. Фақат шоиргина шундай раҳидил bo'lishi mumkin.


OSHO
"Шахсий хона" тақдимотига албатта келинглар. Модомики, жаҳон адабиёти тарихида ўчмас из қолдирган адиба Виржиния Вулфнинг теша тегмаган фикрлари билан танишмоқни, фикр ҳурлиги ва руҳ озодлиги деган тансиқ неъматлардан баҳрамандликни истар экансиз, бу тадбир айнан СИЗ учун!
Hid Gallyutsinatsiyasi
“Йигитларни ўлимнинг оғзига олиб боришган” – М25 конида ҳалок бўлганларнинг яқинлари https://kun.uz/kr/news/2024/09/20/yigitlarni-olimning-ogziga-olib-borishgan-m25-konida-halok-bolganlarning-yaqinlari?fbclid=IwY2xjawFbQ9VleHRuA2FlbQIxMQABHXByQR3H74YzsBY1…
Boysunda odamlar o'ldi. Zaharlanyapti. Biz esa jim turibmiz. Kunimiz ekofaollarni nega sen jimsan drb talashga qolgan. Lekin o'zimiz jimmiz. Jim bo'l deyishgan. Shov-shuv ko'tarma deyishgan. Hozir jim bo'lsak, ertaga Aes qurilsa, bundan battar bo'lishidan qo'rqaman.

Keskin qarshiman Aes qurilishiga.
Dastur:
Ekranda Virjiniya Vulfning katta rasmi va "Sizni fikrlarimnimg butun labirintidan olib o'taman" sitatasi.

15.05 - boshlanish. Vulf haqida 3 daqiqalik lavha.
15.10 - moderator so'zi. Kitobni tanishtirish.
15.12. - ilk spiker - Nodira Musa Ismail. (Siyosiy tahlilchi, ayollar huquqi faol)
15.25 - Eldar Asanov nutqi.

15.35 - Kitob tarjimoni Nodira Ibrohimova nutqi.

15.45. Moderator kitob muharrirlarini tanishtiradi, so'z ga chaqiradi.

15.50. "Hozir yoki hech qachon" qo'shig"i. Ayolning o"rni haqida. Ijrochi qo"shiq mualliflaridan biri Xalqaro tanlovlar g"olibasi - Muyassar Davletboyeva.

15.55. Yopilish, kofe breakka taklif.

16.dan 16.30 gacha - kofe brek.

Tashqi foyeda Vulf surati tushirilgan stend va kitoblari savdosi tashkillanadi.


Bugungi dasturda sizni shular kutadi. Keling, benasib qolmang!
2024/09/21 07:51:33
Back to Top
HTML Embed Code: