Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tilmoch qiz
Video message
Istanbulga ikki hafta oldin kelganimda qattiq stressga duch kelgan edim. Ruhiyatim shu darajada zoʻriqqan ediki, hatto oʻzim orzu qilib kelgan joyning eshigidan ham kirmasdan ortga qaytishga tayyor edim.

Lekin shoshilmadim, zero shoshilish shaytondan. Ishlarimning eng avvalida Allohdan faqat xayrlisini soʻraganimdek, davomida ham faqat xayrlisini soʻrayverdim. Nafsim ovoziga emas, balki Alloh roziligini istagan qalbim ovoziga quloq tutdim.

Faqat va faqat Alloh taolodan yordam tilab, sabr qilishda davom etdim. Avvalroq turgan joyim masjidga yaqinligi meni juda xursand qilgandi. Buni Alloh taolo menga Oʻzining yaqinligini bildirish belgisi oʻlaroq nasib qildi, deb yaxshi gumonda boʻlgandim. Hozirda vaqtinchalik yashab turgan joyim esa shundoqqina masjidning roʻparasida ekan. Derazamdan qarasam eshiklarini koʻraman. Albatta buni Uning cheksiz lutf-u karamidan boʻlgan bir xayrli rizqim deb hisobladim.

Rustamjon domla: “Alloh taolo sizning gumoningizdadir. Doim U haqida eng goʻzal gumonda boʻling. Alloh meni sevadi, deb yashang”, deb aytadilar doim. Xuddi shunday qilish orqali hayotimga yorugʻlik kirdi. Mashaqqat ichra sabrim ortdi, natijada yengillikka chiqishim ham tezlashdi.

Hozir ham Allohning cheksiz saxovati ichida suzib yuribman-u, lekin baribir shaytondan quloqlanib olgan nafsim norozi boʻlishga sabablar topib turadi. Men bunaqa onlarda har doimgidek faqat va faqat Oʻziga murojaat qilaman. Zero U murojaatlarni javobsiz qoldirmaydigan Zotdir.

@tilmochqiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Halkali’dagi yashil daraxtzor ichida joylashgan millat kutubxonasida mutolaa 🌳📗

Oʻqiyotgan kitobim haqidagi fikrlarimni faqat ayollar uchun ochilgan ingliz tili hududimda boʻlishib bormoqdaman.🎙️

Siz ham qoʻshiling (agar ayol kishi boʻlsangiz, albatta 🎀): www.tgoop.com/+ULKHAzZ3fyY3NjZi
Yorug‘ kunlarni kutib yashash ham ibodat. Sinov davomli bo‘lmaydi.

Ayman Yog‘iy

@tilmochqiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇵🇸 Bugun 7-oktyabr. Falastin genotsidi boshlanganiga bir yil boʻldi. Bir yil ichida rasman 40 mingdan ortiq, norasmiy ma’lumotlarga koʻra 100 mingdan ortiq inson halok boʻldi. Hozirda bir millionga yaqin aholi uy-joysiz, yuz ming aholi ogʻir jarohatlangan ahvolda.

Bunga munosabat bildirish uchun bugun Istanbul Zaim universitetida talabalar va rahbarlar birgalikda “Falastin yurishi” nomli tinch namoyish tashkillashtirishdi. Zero biz voqealarni oʻzgartira olmasak-da, ularga boʻlgan munosabatimiz ila sinalamiz.

Zulm sodir boʻlayotganda uni qoʻlimiz yo tilimiz bilan va hech boʻlmaganda qalbimiz bilan oʻzgartirishga buyurilganmiz. Adolat uchun qoʻlidan kelgancha kurasha olganlar va bu ishlarni qoʻllab-quvvatlaganlar faqat oʻzlariga foyda keltiradilar. Zero bu eng Odil zot huzurida turiladigan kunda bizga manfaat beradigan yagona hujjatdir.

Alloh mazlumlarga najot bersin, adolat kuychilarining ovozi hech soʻnmasin, ularning shijoat va quvvatlarini ziyoda qilsin!

@tilmochqiz
Boshidan oxirigacha qatnashishga bardoshim yetmadi. Qarash ham, tasavvur qilish ham ogʻir. Juda ogʻir. Allohim Oʻzing rahm et!

@tilmochqiz
Darsxonamizdagi partalar ustiga shunday gazetalar tashlab ketishibdi. Bu yerda siyosiy ong nafaqat jamiyatning yuqori intellektual qatlami, balki oddiy omma ichida ham rivojlangani shundoq sezilib turadi. Hamma qaygʻuradi, hamma oʻz imkoniyatidan foydalangancha haq va botil oʻrtasidagi oʻz maqomini belgilaydi.

@tilmochqiz
Arab tilini oʻrganish uchun Saddam Husayn haqida hujjatli film koʻrib oʻtiribman.

Ochigʻi bugun oʻzimga qiziq boʻlgan arab tilidagi kontentni topishim uchun bir necha soat ketdi. Odatiy kerakli mavzular (kitob, sport, kino, multik, tarix) haqidagi videolarni koʻrib yuragim siqilib ketaverdi. Oxiri oʻzim (negadir) sevgan mavzu — diktatorlarning hayot yoʻlini oʻrganishga qiziqishim esimga tushib qoldi va shu meni ekranga qaday oldi.

Til oʻrganishda muhim qoida: eshitganingizda sizni ekranga mixlab qoʻya oladigan, oʻzingiz rostan qiziqqan mavzularda filmlar tomosha qiling, podkastlar eshiting va kitoblar oʻqing. Agar zerikarli lekin “foydali” kontent koʻp koʻraversangiz miyangiz oʻrganilayotgan tilni “zerikarli” deb belgilab qoʻyadi va sizni uni oʻrganishdan toʻsadi. Natijada motivatsiyangiz va oʻrganish qobiliyatingiz tushib ketadi.

@tilmochqiz
Shayx Abdulhamid Kishk rahimahullohning oʻzbek tiliga tarjima qilingan videolarini vanihoyat topdim, alhamdulillah.

Misrlik shayx bolalik chogʻlarida koʻz nurlarini yoʻqotgan boʻlishlariga qaramay islomiy ilmlar yoʻnalishida katta olim boʻlganlar. Umrlari mobaynida koʻplab mashaqqat va tazyiqlarga duch kelishlariga qaramasdan minglab insonlarni Islomga da’vat qilib yashab oʻtganlar.

Arab tili oʻrganuvchilariga YouTube tarmogʻi orqali albatta ushbu shayxning videolarini koʻrishni tavsiya qilaman. Bundan bir necha yil oldin arab tilini zerikkanimdan oʻrganishni boshlagan edim. Hali uncha narsa bilmas, unaqa chuqur kirishga, islomiy ilmlarni egallashga ham qiziqmas edim. Oʻshanda YouTube’da shayxning oʻzbek tiliga tarjima qilingan “Bugun mulk kimniki?” va “Oʻlim farishtasi qanday vafot etadi?” videolarini topib olganman. Shayxning soʻzlari qalbimni tub-tubidan teshib yuborar, videolardan qattiq ta’sirlanib qayta-qayta koʻrar edim. Oʻsha paytda hissiz va tushkun holatimda uchragan ushbu videolar hayotga boʻlgan qiziqishimni orttirgan va arab tilini chuqur oʻrganishga yaxshigini bir turtki boʻlgan edi. Har eshitganimda oʻzimning naqadar yuzaki va faqat madaniy musulmon ekanligimni anglayman, haqiqiy musulmon boʻlib yashagilarim kelib ketadi.

Ushbu tarjimalar YouTube’dan oʻchib ketgan ekanmi, rosa qidirib topa olmadim va oxiri shu yerdan topdim. Alloh shayx Abdulhamid Kishkni oʻz rahmatiga olsin, cheksiz fazl-u marhamati ila siylasin. Videoni tarjima qilganlardan ham Oʻzi rozi boʻlsin.

@tilmochqiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Some people are like trees. When you’re tired on the road, you want to sit by them. Just sitting — without even speaking will give you enough rest and energy for you to move forward.

@tilmochqiz
Oshxonaga choy damlagani borib, kashmirlik qiz bilan uch soat gaplashib qolib ketdim. Dunyoyim ostin-ustun bo‘lib ketdi. Naqadar katta ne’matlar ichida yashayotgan bo‘lishimizga qaramay, g‘aflat botqog‘iga botib ketganimizni angladim. Kashmirdagi oddiy insonning hayoti bizning hayotdan farq qiladi. O‘ylash ham bizda qo‘rqinch uyg‘otadigan hodisalar ularning kundalik tashvishlari ekanini bilish yanada dahshatliroq.

Atrof-olamdan yopilib olib, o‘z qulayligi uchungina yashagan, ibrat olishdan bosh tortgan jamiyatlar bir kun kelib albatta yaxshigina "dars" oladilar.

O‘zbekistonda hamma menga "siyosatga haddan ortiq qiziqasan" derdi. Bu yerga kelib bildimki, siyosatga yetarlicha qiziqmas ekanman. Shunchaki bizda siyosiy ong darajasi juda past ekan. "Qornim to‘q, boshim but bo‘lsa bo‘ldi" deb yerto‘ladagi ko‘rsichqon kabi timirskilanib yashab yuraverar ekanmiz. Xuddi o‘zim kabi inson bo‘lgan, lekin tinch yashash huquqidan mahrum qilingan boshqa birodarlarimning holi, hayoti qanday kechyapti deb o‘z vijdonimizni horitib o‘tirmas ekanmiz. Bir kun kelib bu ixtiyoriy g‘ofilligimiz tufayli qattiq sinalmasak bo‘ldi. Alloh bizni ibrat oluvchilardan qilsin, g‘ofil bo‘lgan holida G‘azabiga uchraguvchilardan emas.

@tilmochqiz
​​Yolgʻizlik

Xonadoshim hamshiralik yoʻnalishidia toʻrtinchi kursda oʻqiydi va hozirda psixiatriya markazida tajriba oʻtamoqda. U bilan markazdagi ruhiyati qattiq buzilgan, oʻz aqlini yoʻqotib turli holatlarga tushgan bemorlar haqida tez-tez gaplashib turamiz.

Uning aytishicha bemorlarning bu holatga tushishiga shunchaki stress omili emas, balki oʻsha stressga duch kelganda yolgʻiz boʻlgani sabab boʻlar ekan. Ya’ni bemorlar suyanadigan va dardini boʻlishib, ruhiyatini yengillatadigan kishisi boʻlmagani, barcha salbiy hislarni ichiga yutavergani, stressni yolgʻiz boshidan kechirgan tufayli shunaqa ogʻir holatlarga tushib qolishar ekan.

Men oʻzga yurtga kelib birinchi marta ota-onam va yaqinlarimdan uzoqda yashashni boshlaganimda buning naqadar achchiqligini his qildim. “Oʻzim pishirgan osh” boʻlgani uchun qiyinchiliklardan shikoyat ham qila olmadim. Oʻsha onda Allohga suyanish va dardlarimni toʻkib-solish orqaligina stresslarni yengib oʻta oldim. Har holatimiz uchun Allohga hamdlar boʻlsin!

Aytmoqchimanki, bu dunyo jannat emas. Doim ham yonimizda bizni qoʻllaydigan, eshitadigan va tushunadigan odamlar topilavermaydi. Lekin eng yaxshi Qoʻllovchi, Eshituvchi va Biluvchi zot har dam yonimizda, jon tomirimizdan ham yaqinroq joyda. Shunday ekan, siz aslida hech qachon yolgʻiz qolmaysiz, buni aslo unutmang. Qalbingizni Oʻz egasiga topshirib tavakkul qiling, moʻjizalar sodir boʻlishini koʻrasiz.

@tilmochqiz
Valid ibn Mug‘iyra haqida matnlar o‘qib, dahshatga tushib o‘tiribman. U Islomga shu darajada yaqin kelgan va deyarli iymon lazzatini totgan joyida bir kunlik dunyo obro‘sini yo‘qotishdan qo‘rqib, ortga o‘girilib ketgan kimsadir. Bejizga payg‘ambar bo‘lmish Yusuf alayhissalomning ham Qur’ondagi duolari "Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qoshgin" so‘zlari bo‘lmagan ekan. Chunki bu nafs shunaqangi o‘zgaruvchan, ayyor va gunohlarga moyilki, Abu Bakr Siddiqdek zot ham bir oyoqlari jannatda, birisi tashqarida bo‘lganda ham nafslariga aldanishdan qo‘rqqanlar.

Valid ibn Mug‘iyra ilk bora Qur’onni eshitganda aytgan so‘zlari shunday bo‘lgan:
"Allohga qasamki, men undan (Muhammaddan) shunday so‘zlarni eshitdimki, ular na ins va na jinning so‘zlari bo‘lishi mumkin emas. Unda shunday bir halovat, shunday bir latofat bor. U shoxlari serhosil, ildizlari esa chambarchas bog‘langan (bir daraxt kabidir). Hech kim bundan oliy so‘zlarni aytishi mumkin emas, darhaqiqat bu so‘z basharniki emasdir."

U qalbi va ongi ila yaratilish haqiqati bo‘lmish haq din – Islomni va yaratuvchi Allohni idrok eta olgan bo‘lsa-da, obro‘si va mol-mulkini yo‘qotishdan qo‘rqib payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ochiqchasiga yolg‘on to‘qishdan tap tortmaydi. Qur’onda Alloh taolo uni mol-mulk ila siylagani, biroq u noshukurlik keltirib tug‘yonga ketgani va Alloh uni do‘zaxda qanday azoblashi haqida oyatlar bor. Bu Muddassir surasining sharhlarida batafsil bayon qilingan. Allohim, O‘zing bizga chin iymon, sodiq qalb va go‘zal xotimani nasib etgin!

"Albatta, u tafakkur qildi va chamalab ko‘rdi. La’nat bo‘lsin unga, qandoq ham chamaladi! So‘ngra yana la’nat bo‘lsin unga, qandoq ham chamaladi. So‘ngra nazar soldi. So‘ngra yuzini burishtirdi va qovog‘ini soldi. So‘ngra yuz o‘girdi va takabburlik qildi." (Muddassir surasi, 18-23-oyatlar, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tarjimasi)

@tilmochqiz
Yillar oldin bir dardim boʻlardi: miyamdagi fikr. Ertayu kech oʻylardim, biror lahza miyam oʻylashdan toʻxtamasdi. Bu oʻy ruhimni ezar, lekin undan qutilish yoʻli yoʻq edi. Bu yillarcha davom etdi. Bir kuni hammasidan qattiq charchab Alloh taologa duo qildim: “Robbim menga bir soatgina, hech boʻlmasa soatning choragicha vaqt boʻlsa ham bu oʻylardan najot ber! Ruhim dam olsin”. Shundan keyin fikrlar oʻz-oʻzidan toʻxtadi. Bir soat davomida men yillarcha his qilmagan sokinlikni tuydim. Ruhim orom oldi. Bir soat tugadi hamki, ichimdagi sokinlik tugamadi. Bu holat bir haftadan oshiqroq davom etdi. Keyin eski holatim qaytdi. Lekin endi nima qilishni bilardim: duo qildim, bu dardni mendan soatning choragicha emas, balki umrbodga xalos etishini soʻradim. Avvaliga bir oyda bir, keyin ikki oyda bir oʻsha fikrlar qaytib kelardi. Sekin-asta yoʻq boʻlib ketdi. Hozir esa u oʻylarimdan asar ham yoʻq, alhamdulillah.

Qiziq, Allohdan nimalarni soʻray olmayapmiz ekanki, bunchalar yiroq va miskin bir hayotni boshdan kechirmoqdamiz. Shunchaki soʻray olmaganimiz uchun, bosh egib oʻz vazifamiz, asl mohiyatimiz — qulligimizni ado etolmaganimiz uchun. Robbimiz! Bizni bu dunyo kishanlaridan ozod et va Senga qullik qilish toji ila mukarram qil! Sendan qullaring ega boʻlishi mumkin boʻlgan eng oliy darajalarni, huzuringdagi qurbatni, muhabbatni, doʻstlikni, rozilikni, ma’rifat va Oliy Rafiqni soʻraymiz! Har birimizga nasib et! Soʻrashni bilmaganlarimizga soʻrashni oʻrgat, Robbimiz, biz ojizmiz, soʻrashdan-da ojizmiz!

@tilmochqiz
2024/11/05 12:33:41
Back to Top
HTML Embed Code: