Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3593 - Telegram Web
Telegram Web
🌎 “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

💬 Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida qizlar festivali bo‘lib o‘tdi.

📑 Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, huquqni muhofaza qilish organlari hamda tibbiyot muassasalari vakillari, umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari, bandligi ta’minlanmagan va imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etdi.

💃 Ushbu festivalda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐Тelegram |😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍2🥰1😍1🆒1
#Valeybol

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida 1-bosqich talabalari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil oktyabr oyida Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida 1-bosqich talabalari o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa texnikum rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda talabalar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda barcha yo‘nalishlardan jamoalar faol ishtirok etishdi.
O‘yinlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Talabalar o‘z jamoaviy harakati, sportga bo‘lgan qiziqishi va fidoyiligi bilan ajralib turishdi.


Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|

https://www.tgoop.com/tistinfouz
5🤣5❤‍🔥2🔥1
Forwarded from Bunyod Radjabov
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul boshlandi!

Qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 9-18-oktabr kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Abituriyentlar kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllarida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin.

Qabul kvotalaridan ortiqcha hujjatlar kelib tushgan hollarda yozma imtihon shaklida kirish sinovlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari va “Germaniya tibbiyot akademiyalari” xalqaro ta’lim dasturi doirasida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun ham 2025-yilning 9-oktabrdan 18-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz orqali hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.

telegram | facebook | instagram
3🔥2❤‍🔥1💋1
#qabul

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul boshlandi!


Qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 9-18-oktabr kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Abituriyentlar kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllarida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin.

Elektron platforma orqali quyidagi kasbiy ta'lim darajalari bo'yicha hujjat topshirish mumkin:

Boshlang'ich kasbiy ta'lim dasturlari(3-daraja, 9-sinf bitiruvchilari uchun)
O'rta-maxsus kasbiy ta'lim dasturlari(5-daraja,kamida 11-sinf bitiruvchilari va boshqa o'qish istagini bildirganlar uchun)

Qabul kvotalaridan ortiqcha hujjatlar kelib tushgan hollarda yozma imtihon shaklida kirish sinovlari o‘tkaziladi.

💥 MUHIM! Texnikumni o'rta-maxsus kasbiy ta'lim dasturi(5-daraja) bo'yicha muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlarisiz Oliy ta'lim muassasalariga 2-kursdan suhbat asosida o'qishga qabul qilinadilar.
(Asos: Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-sonli qarori)


Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining rasmiy sahifalari:
| Telegram | Facebook |Instagram|
👍41❤‍🔥1🔥1🥰1🆒1
#seminar

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar davomida o‘quvchilar mavzuni mustaqil tayyorlab, o‘zlari yoritib berishdi. Ochiq dars jarayonida talabalar faol ishtirok etishdi, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon qilishdi. Mazkur seminar mashg‘uloti o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari
| Telegram | Facebook |Instagram|


https://www.tgoop.com/tistinfouz
5🤣4🔥2💘1
Forwarded from OTFIV | Toshkent
📣📣📣Diqqat Tanlov!

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar diqqatiga!

Joriy yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman bosqichlari boshlanganini e’lon qilamiz.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

🔹14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.
Nomzodlar Adabiyot, San’at, Fan, Ta’lim, Madaniyat, Sport, Jamoatchilik va IT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

👉👉👉 Hujjatlar joriy yilning 30-oktabr sanasiga qadar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot
10👍1🔥1
#seminar

📍Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida ingliz tili fanidan 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi.

🖇️Ochiq dars ingliz tili fan o‘qituvchilari tomonidan yuqori saviyada tashkil etilib, uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishdagi faolligini oshirish, nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda dars jarayonida zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llashdan iborat bo‘ldi.
Bunday ochiq darslar texnikumimiz o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, ularda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish hamda ularni zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|

https://www.tgoop.com/tistinfouz
❤‍🔥73👍3🤮1
📚E’lon!

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida har shanba kuni “Kitobxonlar klubi” tashkil etiladi.
Klubning maqsadi — o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar orqali dunyoqarashini kengaytirish hamda fikrlash madaniyatini rivojlantirishdir.
Klubda har bir ishtirokchi o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashish, tavsiyalar berish va bahs-munozaralarda faol qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kitobsevar barcha o‘quvchilarni “Kitobxonlar klubi”ga taklif etamiz!
📖

🕖Har shanba 13:30
📍texnikum kutubxonasi
💬Murojaat uchun: @rmadinakhan


Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|

https://www.tgoop.com/tistinfouz
❤‍🔥74👍3💋1
📢 HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

Bugun, 2025-yil 11-oktyabr kuni, Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi hamda Sergeli tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnoma kasbiy ta’lim o‘quvchilarining o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, shuningdek, davlat attestatsiyasini samarali tashkil etish maqsadida tuzildi.
Ushbu hamkorlik asosida texnikumda tahsil olayotgan “Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi” yo‘nalishi o‘quvchilari amaliyot jarayonlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.🤝

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|



https://www.tgoop.com/tistinfouz
👍5💘3🥰21
📚 Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida kitobxonlar klubi o‘tkazildi
Bugun texnikumda “kitobxonlar klubi”ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar faol ishtirok etib, sevimli yozuvchilari, asarlari va qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
📖 Uchrashuv davomida kitobxonlar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini o‘qishga kelishib oldilar va 25-oktyabr kuni asar yuzasidan bahs-munozara tashkil etishga qaror qilishdi.
Tadbir yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiyotga mehr va erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|



https://www.tgoop.com/tistinfouz
11😍3💋3🤯2💘2🔥1
2025/10/24 10:08:40
Back to Top
HTML Embed Code: