Telegram Web
🌐 26-avgust kuni mamlakatimizning bosh g‘oyasi bo‘lgan ma’rifatli jamiyat barpo etish maqsadida, TMC institutining qo‘shimcha yangi kampusini qurish uchun tamal toshi qo‘yildi.

💬 Unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Yakkasaroy tumani xokimi Nilufar Allabergenova, TMC instituti kuzatuv kengashi raisi Tim Boatswain, TMC instituti asoschisi John Lee hamda institutning barcha professor-o‘qituchilari va xodimlari ishtirok etdilar.

🔖 Bir vaqtning o‘zida 2500 talabani o‘z bag‘riga qamrab olivchi bu bino zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta‘minlangan 54 ta ma‘ruza va amaliy honalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Keng va yorug‘ bol‘gan o‘quv binoda axborot resurs markazi ham mavjud bo‘lib u barcha iqtidorli yoshlarni bilimini oshirishlariga xizmat qiladi.

⚡️ Singapur davlatining TMC akademiyasidan kiritilgan xorijiy investitsiya hisobiga qurilayotgan ushbu bino 2025-yilning 4-choragiga to'liq foydalanishga topshiriladi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel photo updated
🔹TMC Institutida 21.10.2024 yil kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Til – milliy o‘zlik va qadriyatlar belgisi” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

🔶Tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, yozuvchi - Abdurashid Nurmuratov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, yozuvchi, filologiya fanlari doktori professor, Turkolog - Nasimxon Rahmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev va xorijdan kelib TMC institutida dars berayotgan ustozlar Ana Arroyo Sanz (Talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi), Liyakath Al Khan Subaiz Ali (Axborot texnologiyalar bo'yicha ma‘ruza o‘qituvchisi), Ho Hoand (Marketing texnologiyalar bo‘yicha ma‘ruza o‘qituvchisi) taklif etildi.

🔶O‘tkazilgan adabiy-badiiy kechada faol talabalar va taklif qilingan mehmonlar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi kuy, qo‘shiq, she‘r va g‘azallar ijro etildi.

🔗 Telegram | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/19 21:51:10
Back to Top
HTML Embed Code: