#qisqafakt
Eng uzun inglizcha so'z 189 819 harfdan iborat bo'lib, aytishga 3,5 soat vaqt ketadi.
✅@topfakt100

#yevropa #tarix #dunyo
Dunyodagi eng keksa mamlakat Yevropada joylashgan.
Ko'hna qit'a er yuzidagi eng qadimgi mamlakatlar joylashganligi bilan ajralib turadi: Gretsiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar bunga misol. Lekin dunyodagi eng keksa mamlakat unvoni San-Marinoga tegishli. Faqat 62 kvadrat kilometr maydonni egallagan ushbu kichik mamlakat, milodiy 301 yilda tashkil topgan.

#koinot
Kosmik kemalar har bir sayyoraga tashrif buyurgan.
Olimlar 60 yildan ko'proq vaqt davomida Quyosh sistemamizdagi sayyoralarni o'rganish maqsadida ko'plab kosmik kemalar yuborishdi.
Kosmik kemalar Quyosh sistemamizdagi barcha sayyoralar - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun - Pluton va Ceres(asteroid)ga yetib borib o'nlab sifatli suratlarni Yerga yuborishgan.

#hayvonlar
Greyhaund itlari tezlikda geparddan ham o'zib ketadi.
Barchaga ma'lumki, hayvonlarning ichida eng tez yuguradigani gepard hisoblanadi va ularning tezligi 80-130 km/soat atrofida bo'ladi. It geparddan o'zib ketishi mumkin degan gap biroz erish tuyilishi mumkin, ammo bu haqiqat. Itlarning eng tezkor zoti bu - Greyhaund. Ushbu it 72 km/soat tezlikda yugura oladi.
Xo'sh, Gepardning tezligi greyhaund itining tezligidan yuqori bo'lsa, qanday qilib it undan o'tib ketishi mumkin?
Eng qizig'i shundaki, Gepard maksimal tezligini atigi 30-60 soniya ushlab tura oladi. Greyhaund itlari esa 72 km/soat tezlikda 11 kilometrgacha yugurishi mumkin. Shuning uchun ular gepardlarni tezda ortda qoldirishi mumkin.

#tarix #inson
Chernobil halokatidan so'ng yuz minglab ayollar homilalari abort qilingan.
1986-yildagi Chernobil halokati jahon tarixdagi end daxshatli fojealardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko'ra ushbu halokatdan so'ng radiatsiyaga uchragan 100 000 dan 200 000 gacha ayollar homilalari ko'p yillar davomida abort qilinib kelingan. Bunga asosiy sabab esa, radiatsiya natijasida tug'ma nuqsonli bolalar tug'ilishining oldini olish bo'lgan.

#okean #antiqa
Atlantika va Tinch okeanlari kesishgan nuqtada haqiqiy mo'jiza yuz beradi.
Atlantika va Tinch okeani Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasida kesishadi. U Tierra Del Fuego sohilida joylashgan.
Okeanlar kesishgan ushbu joyda haqiqiy mo'jizaga guvoh bo'lish mumkin. Bu erda ko'k rangli suv yashil rangdagi loyqa suv bilan aralashmaydi, ya'ni Atlantika va Tinch okeanlarining suvlari alohida bo'lib ajralib turadi.

#hayvonlar #sport
Dinozavrning yangi turiga futbolchining nomi berildi.
Ispaniyaning Burgos shahri paleontologlari avval uchramagan dinozarvning qoldiqlariga duch kelishdi. Tadqiqotlarga koʻra yangi dinozavr tanasida noodatiy toʻrt tirnoq boʻlgan. U chaqqon, koʻrkam, ishonchli qadamlar bilan harakatlangan. Ushbu harakatlari sabab, shuningdek noyob ekanligi va Ispaniyada topilgani uchun uni nomlashda Andresning familiyasi qoʻllanilgan. Yangi dinozavrga “Iniestapodus Burgensis” deb nom berildi. Bu “Burgoslik Inyestaoyoq” maʼnosini anglatadi.
Rostdan ham, Andres Iniesta singari futbolchilar dinozavrlar kabi yoʻqolib bormoqda.
Manba: @davron_fayziev

#rekord #tabiat
Yer yuzida kuzatilgan eng tez shamolning tezligi sekundiga 113 metrni tashkil qilgan.
1996-yilda Avstraliyaning Barrou oroliga Olivia nomli tropik bo'ron yoprildi. Ushbu tropik bo'ronning tezligi sekundiga 113 metrni tashkil qildi va 1934-yildagi rekordni yangiladi. O'sha vaqtdagi shamolning tezligi sekundiga 103 metr bo'lgan.

#tarix #texno
Dunyodagi eng birinchi avtomobil haydovchisi ayol kishi bo'lgan
Dunyo avtomobilsozligining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Mercedes-Benz asoschisi Karl Benz 1888-yilda uch g'ildirakli "Motorwagen Model III" nomli avtomobilni patentlaydi.
Uning rafiqasi Berta Benz 1888-yil 5-avgustda erining ruhsatisiz ikki farzandi bilan Model III avtomobilida Mannheimdan Pforsgeimga qarab yo'lga chiqadi va naqt 106 kilometr masofani bosib o'tadi. Yo'lda avtomobil bilan bog'liq ko'plab muammolarni o'zi bartaraf etib manzilga yetib keladi va eriga telegramma orqali xabar beradi.
Shu tariqa Berta Benz avtomobilni uzoq masofaga haydab borgan inson sifatida tarixga kirdi. Keyinchalik Karl Benz Daimler Gotlieb bilan Mercedes-Benz kompaniyasiga asos solgan.
Karl va Berta Benzlar haqida film ham suratga olingan. Ushbu link orqali filmni o'zbek tilida tomosha qilishingiz mumkin:
https://cutt.ly/aTmnqps

Assalomu Alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari, kanalimiz ma'lum sabablarga ko'ra uzoq muddat faoliyat olib bormadi. Buning uchun barchangizdan uzr so'raymiz. Insha'Allah buyog'iga qiziq va foydali ma'lumotlar ulashishda davom etamiz. Bizni qo'llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur!
Hurmat bilan @topfakt100 kanali ma'muriyati!

#rekord #eng
Dunyodagi eng balang haykal "Birlik" haykali hisoblanadi!
"Birlik" haykali Hindiston davlat arbobi va mustaqillik faoli Sardar Vallabhbhai Patel sharafiga qurilgan. U Hindistonning Gujarat shtati, Kevadiya koloniyasidagi Sardar Sarovar to‘g‘oni ro‘parasida joylashgan.
Mazkur haykal Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan 2018-yil 31-oktabr – janob Patel tavalludining 143 yilligi munosabati bilan ochilgan edi.
"Birlik" haykalining balandligi 182 metrni, poydevori bilan esa 240 metrni tashlil qiladi va bu dunyodagi eng baland haykaldir.

#multfilm #tarix #ginnes
Dunyodagi birinchi to'liq metrajli animatsion film Argentinada yaratilgan!
Ko'pincha, dunyodagi birinchi to'liq metrajli badiiy animatsion film Uolt Disneyning 1937-yilda taqdim etilgan "Oppog'oy va yetti gnom" multfilmi deb keltiriladi. Ammo unadan 20 yil avval, aniqrog'i 1917-yil 9-noyabrda Argentinada "El Apostol" nomli toʻliq metrajli animatsion film namoish etilgan edi. Ushbu multfilm 58 000 ta chizmadan iborat bo'lib 70 daqiqa davom etgan.

#dunyo #qurol
Shimoliy Koreya umumiy hisobda 6 marta yadroviy qurollarni sinovdan o'tkazgan.
KXDR 2006-2017-yillar oralig'ida 6 marta murakkablashgan yer osti yadroviy sinovlarni o'tkazgan. Shulardan to'rttasi Kim Chen In davrida sodir bo'ldi. Taxminlarga ko'ra so'nggi 2017-yilgi sinovda termoyadro yoki vodorod bombasi sinovdan o'tkazilgan va portlash kuchi 300 kilotonnani tashkil qilgan. Bu Xirosimaga tashlangan bombadan 20 marta kuchliroq demakdir.
Bugungi kunda Shimoliy Koreyada 50-250 kilotonna kuchga ega 40 ta 13 000 kilometrga ucha oladigan ballistik raketalar mavjud.

Dunyodagi eng baland odam bu Robert Uodlou hisoblanadi!
Hozirgi kunga qadar dunyoda qayd etilgan eng baland bo'yli odam Amerikalik gigant Robert Uodlou hisoblanadi. Robert Uodlou 1918-yilda tug'ilgan. Uning gigant bo'lib ketishiga sabab g'ayritabiiy ravishda kengaygan gipofiz bezi edi. Gipofiz bezi odamning o'sishini ta'minlaydigan somatotropin gormonini ishlab chiqaradi.
Robert Uodlouning bo'yi 272 santimetrni, og'irligi esa 199 kilogramni tashkil qilgan. U 1940-yilda 22 yoshida vafot etgan.

#yer #dunyo
Yerda sayyorani to'liq qoplash uchun yetarlicha oltin bor!
Discover Magazine nashrining xabar berishicha, Yerda tahmin qilinganidan ko'ra ancha ko'proq oltin bor. Oltinlarning 99 foizi Yer yadrosida joylashgan. Agar Yerdagi barcha oltinlarni jamlasa, Yerning butun yuzasini 45 sm oltin bilan qoplash uchun etarli bo'larkan.

#dunyo #siyosat
Dunyo bo'yicha Daniya va Yangi Zelandiyada korrupsiya dayarli yo'q!
Aksariyat mamlakatlarda korrupsiya odatiy holga aylanib qolgan. Amma bu illat deyarli uchramaydigan davlatlar ham bor: Bular Daniya va Yangi Zelandiya bo'lib, xalqaro moliyaviy shaffoflik reytingida uzoq yillardan beri yetakchilikni saqlab kelmoqda.
Reytingga ko'ra dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlar Somali va Janubiy Sudan hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston korrupsiyalashgan davlatlar orasida 15-o'rinni egallab turibdi(reytingda bitta o'rinni 5 tagacha davlat egallagan).

#eng #texno
The Ascent - bu bugungi kundagi eng qimmat o'yin!
Hozirda dunyo bo'ylab ko'plab o'yin do'konlari mavjud va ularda ko'plab bepul va pulli o'yinlar bor. Pulli o'yinlar orasidagi eng qimmat o'yin bu The Ascent o'yini hisoblanib, 999 dollardan sotilmoqda.

#qisqafakt #inson
Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, erkaklar bo'yinbog'ini siqib bog'lab yurish ko'zda glaukoma kasalligini keltirib chiqaradi!

#sport #uzbekistan
O'zbekiston qishki Olimpiya o'yinlarida bitta medalga ega!
Ma'lumki, mamlakatimizda qishki sport turlari yaxshi rivojlanmagan. Shunday bo'lsada, O'zbekiston qishki Olimpiya o'yinlarida bitta oltin medalga ega.
1994-yilda Norvegiyaning Lillehammer shahrida o'tkazilgan XVII qishki Olimpiya o'yinlarida Lina Cheryazova erkin usulda chang'i sporti bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu O'zbekistonning qishki Olimpiadadagi yagona medali hisoblanadi.
Lina Cheryazova 2019-yil 23-mart kuni 50 yoshida Rossiyaning Novosibirsk shahrida uzoq davom etgan kasalliklar natijasida vafot etgan.

#dunyo #aholi
Angolada portugal tilida so‘zlashuvchilar Portugaliyaga qaraganda ko‘proq!
Tarixdan bizga ma'lumki, Angola 1575-1951-yillarda Portugaliya mustamlakasi, 1951-1972-yillarda Portugaliya provinsiyasi, 1972-1975-yillarda Portugaliya imperiyasi davlati sifatida Portugaliya tasarrufida bo'lgan.
Uzoq yillar davomida Portugaliya tarkibida bo'lgan Angolaning bugungi kundagi rasmiy davlat tili portugal tili bo'lib, aholi soni 32,9 million kishini tashkil qiladi. Portugaliya aholisi esa 10,2 million kishi.