Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endokrinologiya sohasiga oid eng oxirgi chiqqan (2024) va butun dunyoda eng ko'p o'qiladigan kitobni kanalga joylashtirishimni xohlasangiz, kommentda + qoldiring, pluslar soni 100 tadan oshsa bonus sifatida yana bir o'zimga yoqqan ajoyib kitobni ham taqdim etaman!
By_DJ,_Williams_Textbook_of_Endocrinology,_15th_Edition,_2024.pdf
290.5 MB
Williams Textbook of Endocrinology, 15th Edition 2024

Eng mashxur va ko'plab tillarga tarjima qilingan endokrinologiya kitobi bo'lib, 1950-yildan beri nashr etiladi

Manba: Medicine with DJ
By_DJ,_DeGroot's_Endocrinology_Basic_Science_and_Clinical_Practice.pdf
211.5 MB
DeGroot's Endocrinology: Basic Science and Clinical Practice 8th Edition 2023

Kitob 1979-yildan beri bosib chiqariladi, endokrinologiya bo'yicha eng yoqtirgan kitobim shu bo'ladi, ochig'ini aytaman bu kitob shu vaqtgacha mani "фишкам" bo'lib kelgan, shuning uchun kanaldan yo'qolib qolish ehtimoli yuqori :)

Manba: Medicine with DJ
Kanalda ChatGPT dan foydalanadiganlar bormi? Qiziqarli eksperiment o'tkazib ko'ramiz :)
Anonymous Poll
70%
Foydalanaman
21%
Foydalanmayman
9%
Nima u?
Medicine with DJ
Kanalda ChatGPT dan foydalanadiganlar bormi? Qiziqarli eksperiment o'tkazib ko'ramiz :)
Vijdonan yondashasiz degan umiddaman!

ChatGPT da yangi sahifa ochasiz va quyidagi yozuvlarni yuborasiz:

Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don’t hold back even a little bit. I can take it all. Write me response in uzbek

Javobni shu post kommentariyasiga yuboring (iltimos faqat o'zingizni aldamang, tabiiylikni buzmang)
Endokrinolog bo'lib ishlayotganimdan beri shuni tushunib yetdimki, endokrinolog uchun o'z sohasidan tashqari DIETOLOGIYA VA NUTRITSIOLOGIYA bilimlarini ham o'zlashtirish boshqa doktorlarga nisbatan katta ustunlik berishi mumkin!

Hozirgi zamonda modaga aylanib borayotgan preventiv tibbiyotning ayrim jihatlarini (ayniqsa O'zbekistonda shu toifadagi doktorlarni) tushunish uchun ham bu bilimlar kerak bo'ladi

Masalan ko'pchilik bemorlarining gomosistein analizini topshirib kelayotganiga guvoh bo'lishgandir allaqachon, bu nima uchun kerakligini bemorga tushuntirib bera olishingiz folat (B9) metabolizmini yaxshi bilishni talab qiladi

Shu sababli yaqinda "ENDOCRINOLOGISTS" loyihasining maxsus guruhida qandli diabetning surunkali asoratlari (mikroangiopatiyalar) ni yakunlab, "VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR" ga oid bilimlarni "ipidan to ignasigacha" o'rganishni boshladik

Loyihaga yanvar oyi uchun qabul boshlandi, qo'shilishni xohlovchilar qo'shimcha ma'lumotlar uchun @dj_secret ga murojaat qiling

Medicine with DJ
Medicine with DJ
Endokrinolog bo'lib ishlayotganimdan beri shuni tushunib yetdimki, endokrinolog uchun o'z sohasidan tashqari DIETOLOGIYA VA NUTRITSIOLOGIYA bilimlarini ham o'zlashtirish boshqa doktorlarga nisbatan katta ustunlik berishi mumkin! Hozirgi zamonda modaga aylanib…
Eslatib o'taman maxsus guruh bilan birga Vitamin D va Folat (sintezi, manbalari, so'rilishi, transporti,metabolizmi,funksiyalari, yetishmovchiligi - sabablari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash prinsplari, dozalari va boshqa kerakli malumotlar) haqida zamonaviy doktor bilishi kerak bo'lgan barchasini gaplashdik, keyingi muhokama qilinadigan mavzu Sink haqida bo'ladi

Diskussiyalardan qolib ketmaslik uchun tezroq qo'shilib olishni tavsiya qilaman, xohlovchilar @dj_secret ga murojaat qilishlari mumkin

Bu yangi yildan boshlab o'z ustida ishlashni reja qilganlar uchun ajoyib imkoniyat, berilayotgan bilimlar sizga amaliy foyda keltira olishiga shubham yo'q (dangasalar keyingi yilni kutishsin)
Saqlab olishga tayyor turing, birozdan keyin NUTRITSIOLOGIYA ga oid siz bilmagan va amaliy bilimlardan iborat oson tilda tushintirilgan post qisqa muddatga joylanadi!
NUTRITSIOLOGIYA: Folat kislota qo'shimchasini dozalashda siz bilmagan ahamiyatli jihat yohud ko'krak bezi saratoni uchun yuqori risk (by DJ)

(Malumotni rus tilida o'qish uchun qo'llanma)

Folat dozalarini o'rnatishda DFE (dietary folate equivalents) birligidan foydalaniladi. DFE - tabiiy folat (oziq ovqat tarkibidagi) va folat kislota (sintetik, BAD) ning o'zlashtirilishidagi farqlarni hisoblash uchun ishlab chiqilgan birlik. Bunga ko'ra 1 mkg tabiiy folat uchun DFE qiymati 1 mkg ga teng, boyitilgan oziq-ovqat sifatida qabul qilinadigan folat kislotaning 1mkg miqdori esa 1.7 mkg DFE, och qoringa qabul qilinadigan folat kislota qo'shimchasi (BAD) uchun 2 mkg DFE ni tashkil etadi.

Bu farqlarga sabab oziq tarkibidagi folat poliglutamat shaklida bo'lib so'rilishi uchun monoglutamatgacha parchalanishni talab etadi, folat kislota esa monoglutamat bo'lganligi sababli tabiiy folatga nisbatan 2 marta samaraliroq so'riladi. Bu shuni anglatadiki bemorga profilaktik maqsadda folat kislota qo'shimchasi berilayotganda dozaga etiborliroq bo'lish lozim!

Kunlik tavsiya etiladigan dozalar (DFE) :
- 14 yoshdan kattalar uchun: kuniga 400 mkg DFE
- Homiladorlar uchun: kuniga 600 mkg DFE
- Emizikli ayollar uchun: kuniga 500 mkg DFE

Siz amalyotda qo'llayotgan 400 mkg folat kislota qo'shimchasi och qoringa qabul qilinganda 800 mkg DFE ga teng bo'ladi. Folat bir nechta xavfli o'smalar rivojlanishini oldini olishi aniqlangan bo'lsada, 55-74 yoshdagi 25400 nafar amerikalik ayollardagi tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ko'krak bezi saratoni bilan kasallanish darajasi kuniga 400 mkg DFE dan ortiq folat qabul qilgan ayollarda 20 % ga yuqoriroqni tashkil etadi

Nutritsiologiyaga oid shunga o'xshash foydali, tesha tegmagan va amaliy bilimlar maxsus diskussiya guruhimizda "ipidan ignasigacha" berib borilmoqda, yanvar oyi uchun qabul 5-yanvargacha davom etadi, guruhga qo'shilish uchun @dj_secret ga murojaat qiling

Malumotdan foydalanganda manba ko'rsatilishini iltimos qilib qolardim, hurmat bilan Endokrinolog Husan Ilxomovich

Manba: Medicine with DJ
Medicine with DJ
NUTRITSIOLOGIYA: Folat kislota qo'shimchasini dozalashda siz bilmagan ahamiyatli jihat yohud ko'krak bezi saratoni uchun yuqori risk (by DJ) (Malumotni rus tilida o'qish uchun qo'llanma) Folat dozalarini o'rnatishda DFE (dietary folate equivalents) birligidan…
Doktorlar tomonidan savollar kelib tushdi:
Unda aptekada sotiladigan 1mg lik folat kislota nimaga bunaqa katta dozada chiqariladi?

Javob: 1mg dan 5 mg gacha bo'lgan folat kislota folat yetishmovchiligi hisobiga rivojlangan pernitsioz (megaloblastik) anemiyani davolashda qo'llaniladi (bu profilaktik doza emas)

Yuqoridagi maqolada insonning kunlik folatga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqqan kunlik adekvat qabul qilish dozasi haqida gap bormoqda!

Medicine with DJ
Saqlab olishga tayyor turing, birozdan keyin pullik kanalimga tegishli oson tilda tushuntirilgan ANDROLOGIYA ga oid post qisqa muddatga joylanadi va tezda kanaldan o'chirib yuboriladi!
Возрастной gipogonadizm nima va uning klinik belgilari deb nomlangan Endocrinology with DJ kanaliga oid post muddati tugaganidan keyin o'chirib yuborildi!

Agar saqlashga ulgurmay qolgan bo'lsangiz kanalni faolroq kuzatishni maslahat beraman

Endokrinologiyaga oid shunga o'xshash oson tilda tushuntirilgan foydali va tesha tegmagan postlarni faqat Endocrinology with DJ kanalida kuzatib borishingiz mumkin. Kanalga qo'shilish uchun @dj_secret ga murojaat qiling!

Hurmat bilan LevelMed klinikasi endokrinologi Husan Ilxomovich

Manba: Medicine with DJ
Medicine with DJ
Возрастной gipogonadizm nima va uning klinik belgilari deb nomlangan Endocrinology with DJ kanaliga oid post muddati tugaganidan keyin o'chirib yuborildi! Agar saqlashga ulgurmay qolgan bo'lsangiz kanalni faolroq kuzatishni maslahat beraman Endokrinologiyaga…
Diqqat ❗️

Bu post kanalda 30 daqiqadan keyin o'chirib tashlanadi, foydali deb topsangiz saqlab olishni tavsiya qilaman

Post pullik kanalga tegishli ammo moliyaviy imkoniyati yo'qlar uchun ham shu tarzda ulashib turishni maqsad qilganman

Shunga o'xshash xabarlarni o'tkazib yubormaslik uchun kanal bildirishnoma (уведомления) sini yoqib qo'yishni maslahat beraman
2025/01/19 06:29:22
Back to Top
HTML Embed Code: